I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


2007-yil (Ijtimoiy himoya yili)

  • 12-yanvar — Toshkent shahrida I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali tashkil etildi

  • 17-aprel — Ruslan Chagayev Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlandi[52]

  • 23-iyul — Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlandi

  • 13-sentyabr — Toshkent shahrida Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini oʻrnatish toʻgʻrisida prezident qarori[54]

  • 26-oktyabr — Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasidan foydalanish tashkil etildi[55]

  • 7-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oliy oʻquv kurslari tashkil etildi[56]

  • 22-noyabr — Oʻzbekiston nogironlar milliy futbol terma jamoasi aʼzolarining bir guruhi mukofotlandilar[57]

  • 12-dekabr — UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Muhammad Rizo Xussayni „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlandi[58]



2007 yil - O`zbekistonda “Ijtimoiy himoya yili”

2007 yil O`zbekistonda "Ijtimoiy himoya yili" deb e`lon qilindi. Mustaqil kuzatuvchilar nazarida mamlakatda ijtimoiy vaziyatning o`nglanishi qiyin, yilning nomlanishi esa ko`proq saylov kampaniyasi bilan bog'liq.


2006 yil O`zbekistonda "Shifokorlar va homiylar yili" deb nomlangan edi. O`tgan yil sarhisobi haqidagi rasmiy ma`lumotlarda turli shifoxonalarning ta`mirdan chiqarilgani va tibbiy punktlarning ishga tushirilgani tilga olingan.
2006 yil mobaynida aholi uchun tibbiy xizmat darajasi, xususan bepul tibbiy xizmat muammosi, kuzatuvchilarga ko`ra, o`zgarishsiz qolgan.
Bundan tashqari shifoxonalar ta`miri ham asosan tadbirkorlar va fermerlar zimmasiga yuklangani e'tirof etiladi.

O`zbekiston aholisining 60 foizdan ko`prog`i qishloqlarda istiqomat qiladi. Fermerlar uchun o`tgan yil og`ir kelgan. Davlat tomonidan belgilanagan paxta rejasi bajarilmasligi oqibatida qo`shib-yozishlarga yo'l qo'yilgan, paxta o`rniga naqd pul to`langan.


"Shifokorlar va homiylar yili" munosabati bilan fermerlar qo`shimcha xarajatga - joylardagi shifoxonalar ta`miri uchun mablag` ajratishga majbur qilingan.
Kuzatuvchilarga ko`ra, yillarning nomlanishi aslida davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan ijtimoiy muammolarga qo`shimcha mablag` jalb qilish usuli bo`lib qolmoqda.
2007 yilning "Ijtimoiy himoya yili" deb e'lon qilinishidan maqsad - bu borada maruza qilgan O`zbekiston prezidentiga ko`ra nogironlar, yolg`iz qariyalar va kam ta'minlangan ijtimoiy qatlamga e'tibor qaratish. Prezident 2007 yil budjetida ijtimoiy himoyaning shu tomonlari e`tibor olinishini aytgan.
Qishloqda dehqonchilik bilan shug'ullanayotgan bir ayolga ko'ra, odamalarda yilga ichonch qolmagan. "2006 yilni yaxshi bo`ladi deyishgandi, odamlar kunini ko`rolmadi, daromad qilolmadi, 2007 yilning ham yaxshi bo'lishi hech xayolga kelmaydi," deydi u.
Bu ayolga ko`ra, bugungi kundagi asosiy ijtimoiy muammo bu ishsizlik.
Mustaqil kuzatuvchilar "Ijtimoy himoya yili" sababini O`zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlari bilan ham bog'lashmoqda.
Jamiyatshunos Komron Aliyevga ko`ra, O`zbekistonda o`rta qatlamdagi aholi ham nihoyatda kamchilikni tashkil etadi, asosiy qatlam esa kambag`al, qashshoq aholiga to`g'ri keladi, bu esa saylovchilarning asosiy qismini tashkil qiladi.
Komron Aliyev ijtimoiy himoyani tashkil etish uchun ish o`rinlarini yaratish kerak, nogiron va nochorlar ta'minoti esa odatiy ishdir, deydi.
Kuzatuvchilarga ko`ra, bugungi kunda O`zbekiston aholisining ko`pchiligi mamlakatdagi og'ir iqtisodiy-ijtimoiy ahvol tufayli dunyoning tuli davlatlarida majburiy mehnat muhojirlariga aylangan o'zbekistonliklar hisobiga ham yashamoqda.



Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling