I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
15 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qishloq xo‘jaligi tizimida yuz berayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatlarida bo‘ldi.
Prezidentimiz rekonstruksiya va modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilayotgan Navoiy shahar aeroporti bilan tanishuvdan boshlandi. Davlatimiz rahbari muhim strategik obyekt hisoblangan aeroportning ahamiyati haqida gapirar ekan, o‘tgan yili may oyida Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirgan tanqidiy fikrlari asosida bu yerda salmoqli ishlar bajarilganini ta’kidladi. Jumladan, xalqaro andozalarga mos to‘rt kilometrdan ziyod uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazildi. Zamonaviy boshqarish tizimi bunyod etildi. Aeroportda murakkab ob-havo sharoitida ham turli darajadagi og‘irlikdagi havo kemalarini qabul qilish va uchirish imkoniyati yaratildi.
21 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Namangan va Andijon viloyatlariga tashrif buyurdi.
Yurtboshimiz rekonstruksiya qilinayotgan Namangan aeroportida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, shahar havo porti xalqaro aeroport maqomini oladi. Shu kunga qadar kutish zallari to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Havo harakatini boshqarish tizimi yangilandi.
Prezidentimiz Islom Karimov kunning ikkinchi yarmida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
24 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 avgust kuni “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘lining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan dunyo bozoriga yangi yo‘llar ochish, yurtimizni boshqa davlatlar, mintaqalar bilan bog‘laydigan transport kommunikatsiyalari barpo etish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Temir yo‘l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblanadi. O‘zbekiston uchun esa u yanada katta ahamiyatga ega. E’tiborga sazovor jihati shundaki, bugungi kunda 4 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi temir yo‘limiz xalqaro talablarga javob beradigan darajaga ko‘tarildi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk tashishning qariyb 70 foizi, eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmining esa 80 foizi temir yo‘l orqali amalga oshirilayotir.
25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrining 2750 yillik qutlug‘ to‘yi bayramida ishtirok etdi.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling