I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali


Download 36.37 Kb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi36.37 Kb.
#1013100
1   2   3   4   5   6   7   8   9
27 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov o‘z nutqida Qashqadaryo zaminida voyaga yetgan Amir Temur va Abu Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimiz bilan xalqimiz haqli ravishda faxrlanishini ta’kidladi. O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning 88, neftning 93 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Sho‘rtan, Muborak va Ko‘kdumaloqda ishga tushgan yirik ishlab chiqarish korxonalari viloyatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi hissasini yanada oshirishga xizmat qildi.
28 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 28 noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov Navoiy viloyati O‘zbekistonning yirik sanoat mintaqasi ekanligini, bu yerdagi ulkan sanoat korxonalari mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Viloyatda aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yerlar unumdorligini oshirish, qishloqqa sanoat va servisni olib kirish borasida, madaniy-ma’rifiy sohalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
29 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 29 noyabr kuni Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Islom Karimov Buxoro insoniyat sivizilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari buyuk mutafakkirlar vatanidir, deb ta’kidladi. Ularning vorislari bugun ham ko‘plab sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda – oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi test sinovlari natijalari bo‘yicha buxorolik yigit-qizlar yetakchilik qiladi, Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashgan maktab-internat o‘quvchilari xalqaro ilmiy olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling