Mavzu. Fransiya operasining shakllanishi haqaida Kirish
Download 67.92 Kb.
|
10.fransuz operasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- OPERA JANRINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI XVII
Mavzu. Fransiya operasining shakllanishi haqaida Kirish Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishining tarixiy shart- sharoitlari 2. Parij operasi 3. Fransiz operasi rivojiga hissa qo’shgan kompozitorlar. 4. Fransuz operasining yirik namoyandasi Jan Batist Lul-li Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Istiqlol yillarida yurtimizda san’atning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ezgu ishlar yoshlar ma’naviyatini asrab-avaylash, ularni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda. Yurtimiz teatr san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida yangi san’at maskanlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda, mavjudlari zamon talablari darajasida ta’mirlanmoqda. Ayni paytda sohadagi yangi ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, san’atkorlar mehnatini e’zozlash, teatr sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash – doimiy e’tiborda. San’atni bor jozibasi bilan his qiladigan nozik didli tomoshabinlar huzurida konsert qo‘yish, spektakllar namoyish etish juda zavqli. Keyingi yillarda mamlakatimizda san’at va madaniyat, xususan, klassik opera va balet san’atiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek operachilari jahonning qator nufuzli tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish barobarida, o‘zlarining yuksak san’atlari va mahoratlarini namoyish etib, e’tirofga sazovor bo‘lib kelishmoqda. Bugungi kunga kelib yurtimizda xalqaro opera san’ati festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu esa milliy opera san’atini rivojlantirish yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan san’at muxlislarini kengroq tanishtirish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ijodiy muloqotni yanada kengaytirish imkonini beradi OPERA JANRINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI XVII asrga qadar uzoq davom etgan dunyoviy va cherkov musiqasi bilan chegaralanish jarayoni yakunlanib, opera vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi. Opera — bu teatr, she'riyat, raqs va musiqani birlashtiruvchi sintetik janr. Uning badiiy ta'sir vositalari chegarasiz va shuning uchun ham u musiqa sohasida yetakchi o’rinni egallaydi. Opera ta'siri XVII va XVIII asrlar musiqa san'atining ko’plab sohalariga o’z ta'sirini ko’rsatdi. Opera tufayli cholg’u musiqasining yangi janrlari vujudga keldi: uvertura, orkestr, balet suitasi va boshqalar. Oratoriya va kantata kabi cherkov musiqasi janrlariga operaning kompozitsiya tamoyillari, vokal uslublari xususiyatlari kirib keladi. Operaning katta sahna uchun, keng auditoriya bilan mu-loqot qilish uchun mo’ljallanganligida uning alohida ijtimoiy ahamiyati namoyon bo’ladi. Operaning vatani Italiya bo’lib, opera paydo bo’lishidan awal, musiqa ijrochiligining rivojlangan dunyoviy shakllari, musiqiy-teatr pastoral janrning tarqalishi, qo’shiq janriga bo’lgan qizi-qishning ortishi bilan tavsiflanuvchi XVI asr musiqiy hayoti hukm surgan. Opera san'atining dastlabki o’chog’i Florensiya hisobla-nadi. Shoirlar, musiqachilar va san'at ixlosmandlarini birlashtir-gan to’garakda (kamerata) mazkur san'at turi tamoyillari ishlab chiqilgan va asosiy qoidalari shakllantirilgan. Florensiya operasining asoschilari shoir Ottavio Rinuchchini (Torkvato Tassoning o’quvchisi), musiqachilar Yakopo Peri va Julio Kachchinilar edi. Rinuchchini matni va Peri musiqasi bilan yozilgan birinchi Florensiya operasi — «Dafna» 1594-yil Korsi uyida namoyish etilgan. Ikkinchi Florensiya operasi Ottavio Ri-nuchchini va Yakopo Perining Orfey haqidagi antik afsonasi aso-sida yaratilgan «Evredika» operasi hisoblanadi. Mazkur operaning yaratilishi fransuz qiroli Genrix IV ning Mariya Medichi bilan 1600-yilda bo’lib o’tgan nikoh marosimiga bag’ishlangan. Xuddi shu sujet asosida 1600-yilda Julio Kachchinining «Ev-redika» operasi yozilgan. Italiya operasining yana bir markazi Rim edi. Rimda opera teatri Rim Papasi Urbanom VIII ning yaqin qarindoshlari bo’lgan Barberinilar oilasi tomonidan bunyod etildi, shuning uchun Rim-katolik vatanida opera klerikal xarakterga ega bo’lgan. Rim opera-lari sujetida xristianlik dini g’oyalari targ’ib etilar, katolik cherkov arboblari ulugianardi. «Muqaddas Aleksey» operasini yaratgan Stefano Landining ijodi o’z davrida juda mashhur edi. Ushbu opera xristian itoatgo’yligi va diyonatliligini madh etardi. Rim maktabining eng yaxshi asarlaridan biri Loretto Vittorio-ning (1588—1670) «Galateya» operasi hisoblanadi. Download 67.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling