I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali
Download 36.37 Kb.
|
7 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 15 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Yurtboshimiz huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida qanday natija va yutuqlarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasi mamlakatimiz Konstitutsiyasiga asoslanishini alohida ta’kidladi. Insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada farovonlashuviga, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlashga, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz bu boradagi ezgu ishlarimizni keng ko‘lamda davom ettirishda mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi alohida o‘rin tutishini, xalqimizning faolligi, siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qilayotgan ishlarimizning samaradorligini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi. 10 dekabr. Mamlakatimizda muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi qizg‘in davom etmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 10 dekabr kuni Namangan va Andijon viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi. 11 dekabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 11 dekabr kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Farg‘ona o‘zining betakror tabiati, boy tarixi, buyuk allomalari, yuksak iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida alohida o‘rin tutadi. Farg‘ona deganda, qadimiy sivilizatsiya va madaniyatni o‘zida mujassam etgan Marg‘ilon, Qo‘qon, Quva singari qadimiy shaharlar, yurtimiz shuhratini dunyoga yoygan Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy singari buyuk allomalar siymosi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi, dedi Islom Karimov. Joriy yilda Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi keng nishonlangani mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Download 36.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling