Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Download 130.81 Kb.
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi130.81 Kb.
#1634070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Parpiyev Sherzod Maxammadjon o’g’li

Amaliyot o‘tash joyi rahbari __________________
(ismi-sharifi) (imzo)

muhr
2-mavzu. «O’zsanoatqurilishbank” ATB ning asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, belgilangan vazifalarni bajarish, bankning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha izchil choralar amalga oshirildi.
B ankning moliyaviy barqarorligini baholovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan aktivlar 2021 yilning 1 noyabr holatiga 37 219 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 5 989 mlrd. so‘mga yoki 119 foizga oshdi. Jami aktivlar tarkibida daromad keltiradigan aktivlar 32 763 mlrd. so‘mni yoki 88 foizni va daromad keltirmaydigan aktivlar 4 455 mlrd. so‘mni yoki 12 foizni tashkil etdi.
Hisobot sanasiga bank kredit qo‘yilmalari 31 112 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 6 116 mlrd. so‘mga (124%) oshdi. Kredit qo‘yilmalarining 5 125 mlrd. so‘mi (16,5%) jismoniy shaxslar hamda 25 987 mlrd. so‘mi (83,5%) yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, kredit portfelining 46,0 foizini (14 320 mlrd. so‘m) qishloq xo‘jaligi, 23,2 foizini (7 208 mlrd. so‘m) sanoat tarmog‘iga ajratilgan kreditlar tashkil etmoqda.
Bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli aktivlarning salmog‘i hisobot sanasida 7,5 foizni yoki 2 806 mlrd. so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1 484 mlrd. so‘mga kamaygan. Bank likvidligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida Bazel-3 talablari bo‘yicha joriy etilgan me’yorlardan likvidlikni qoplash koefitsienti 125,3 foizni (me’yor min. 100%) hamda sof barqaror moliyalashtirish me’yori 108,6 foizni (me’yor min. 100%) tashkil etdi.

O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4071-sonli Qaroriga hamda 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bankning kapitallashuvini oshirish, resurs bazani mustahkamlash, faoliyatni xalqaro me’yorlarga muvofiq tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.
Natijada, 2021 yilning 1 noyabr holatiga bankning umumiy kapitali 6 148 mlrd. so‘m, ustav kapitali 5 608 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan umumiy kapital 1 032 mlrd. so‘m (120,2%) ga o‘sdi. Hisobot sanasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy me’yorlar bajarilishi ta’minlandi. Xususan, kapital yetarlilik ko‘rsatkichi 16,1 foiz (me’yor min. 13,0%) miqdorida shakllandi. Bank resurs bazasi 36 700 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yil boshiga nisbatan 5 854 mlrd. so‘mga (119%) ko‘paydi. Bank resurs bazasidagi aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlaridan jalb qilingan depozitlar miqdori 11 052 mlrd. so‘mni yoki 30 foizini tashkil etmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilishni kengaytirish maqsadida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan depozit sertifikatlarning mijozlar o‘rtasida joylashtirilgan qoldig‘i joriy yilning o‘tgan davrida 136,9 mlrd. so‘mga (256%) oshdi. Hisobot sanasiga joylashtirilgan depozit sertifikatlar qoldig‘i 224,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bank tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, jalb etilgan kredit liniyalar hisobidan umumiy 225,7 mln.
AQSh dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirildi. Joriy yilda Xelaba bank (Germaniya) 104,9 mln. AQSh dollari, Promsvyazbank (Rossiya) 68,2 mln. AQSh dollari, Kredit Suis (Shveysariya) 13,3 mln. AQSh dollari, Landesbank (Germaniya) 12,2 mln. AQSh dollari, Sovkom bank (Rossiya) 7,6 mln. AQSh dollari, Trastkapitalbank (Rossiya) 5,0 mln. AQSh dollari, Xalqaro savdoni moliyalashtirish islom korporatsiyasidan 4,8 mln. AQSh dollari, Landesbank Shparkassadan 4,5 mln. AQSh dollari, Xitoy rivojlanish bankidan 2,3 mln. AQSh dollari, Kommersbank (Germaniya) 1,9 mln. AQSh dollari, AKA bank (Germaniya) 0,9 mln. AQSh dollari, Kargil tashkilotidan 0,1 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari jalb qilindi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bankning jami olgan daromadlari 6 279 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 180 mlrd. so‘mga yoki 153,2 foizga oshdi. Shuningdek, jami 6 127 mlrd. so‘m miqdorda xarajatlar amalga oshirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 153,5 foizga yoki 2 135 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Natijada, 2021 yil 1 noyabr holatiga bank bo‘yicha olingan foyda 152 mlrd. so‘mni tashkil etdi.



Download 130.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling