Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Download 130.81 Kb.
bet9/11
Sana20.06.2023
Hajmi130.81 Kb.
#1634070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Parpiyev Sherzod Maxammadjon o’g’li

Amaliyot o‘tash joyi rahbari __________________
(ismi-sharifi) (imzo)

muhr


5-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o’rganish
Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yilning aprel oyida asosiy e’tibor tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari hamda to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar, shuningdek, prudensial me’yorlarga hamda qonunchilik talablariga rioya qilinishiga qaratildi.
Xususan, hisobot oyida Qo‘mitaning 8 ta yig‘ilishi o‘tkazildi va ularda jami 31 ta masala muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ruxsat berish tartiboti yo‘nalishida 12 ta banklar kelishish uchun rahbarlik lavozimlariga taqdim etgan nomzodlarni ko‘rib chiqish, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Banklarning moliyaviy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha muhokamalarda 8 ta tijorat banklari tomonidan prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi, 2 ta banklar, mikromoliya tashkilotlari hamda 5 ta to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari, banklarda iqtisodiy sanksiyalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir talablarga rioya etilishi holati yuzasidan hamda to‘lov tashkilotlarining amaldagi qonunchilik talablari doirasida faoliyat yuritishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalalar tahlil etildi.
O‘tkazilgan yig‘ilishlar yakuni bo‘yicha 15 ta tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlariga nisbatan o‘rganish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi, to‘lov tashkilotlari shubhali amaliyotlarni amalga oshirganligi sababli ogohlantirildi hamda 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan kreditlash va faktoring operatsiyalarini amalga oshirishni uch oy muddatga taqiqlash chorasi qo‘llanildi.
Shu bilan birga, ayrim tijorat banklari boshqaruvlari zimmalariga mijozlardan ortiqcha undirilgan komission haqlarni bank mijozlariga qaytarish, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuzatuv kengashini, boshqaruv a’zolarini va muhim ahamiyatga ega xodimlar tarkibini butlash hamda tashqi savdo shartnomalarini sanksiya va taqiqlar talablariga muvofiqligi yuzasidan to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifalari yuklatildi.
Bundan tashqari, Qo‘mita qarorlari bilan yuklatilgan vazifalar ijrosiga doir tahliliy ma’lumotlar yig‘ilishlarda muhokama qilindi va topshiriqlarni o‘z muddatida bajarilishini qat’iy nazoratga olish yuzasidan Markaziy bankning tarkibiy tuzilma rahbarlariga topshiriq berildi.
Bank nazorati oldida turgan asosiy vazifa butun bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘lsada, lekin aloxida olingan bank duch kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy muammolarni va inqirozlarni oldini olish maqsadga erishishdagi eng yaxshi yo‘ldir. Omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan maqsad, ular o‘z mablag‘laridan foydalanayotgan banklar tomonidan qanday xavf-xatarli operatsiyalar bajarilayotganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega emaslar.
Bu borada respublikamizda amalga oshirilgan ishlardan biri 1997 yil mart oyidan boshlab jahon andozalariga mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini beradigan tijo-rat banklari hisob-varaqlari yangi rejasi amalga joriy qilin-gani bo‘ldi. Yangi xisob-varaqlar rejasini joriy qilinishi bank-lar faoliyati "oshkoraligini" sarmoyadorlar, bank mijozlari va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash imko-nini berdi.
Bank faoliyatini nazorat qilishning zarurligi amalga oshi-riladigan monetar siyosatning asosini tashkil etish bilan birga-liqsa respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi o‘ziga xos yo‘li bilan ham bog‘likdir.
Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilinishining asosiy maqsadi tijorat bank-lariga biron bir iqtisodiy chora ko‘rish emas, balki bank faoliya-tida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etib, bank tizimi-ning barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini ximoya qilishdan iboratdir.
Shu o‘rinda Markaziy bankning tijorat banklarini litsenziya-lash borasidagi siyosatini aloxida ta’kidlab o‘tish lozim. Bank-larni litsenziyalash va ular faoliyatini tartibga solish, ya’ni bank nazorati bank tizimining barqarorligini saqlash, yangi moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan banklarning bozorga kiritilishini nazorat etish yo‘llaridan biridir. Banklarni ro‘yxatga olish va litsenziyalash jarayonini takomillashuvi, avvalambor, litsenziyalash andozalarini, ya’ni bank muassasalarining moliyaviy axvoli, bank rahbarlari malakasi va obro‘siga qo‘yiladigan talablarni oshi-rishdan iboratdir.
Shuni aloxida qayd etish lozimki, respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini sonini ko‘payishga yo‘l qo‘ygan MDH davlatlaridan farqli o‘laroq, banklarning sonidan ham ko‘ra sifatiga aloxida e’tibor qaratilmokda. Bu esa, ko‘plab davlatlarda yuz bergan moliyaviy inqirozlarni respublikamiz bank tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaganligi Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini litsenziyalash va bank nazo-ratini tashkil etishda olib borayotgan siyosatini to‘g‘riligini yana bir bor isbotladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan o‘z kapitali yetarliligini ta’minlanishi, Markaziy bank tomonidan o‘rnatil-gan iqtisodiy me’yorlarga rioya etilishi, iqtisodiyotning real sohasiga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari o‘sishini va riskning oqilona diversifikatsiyalanishini ta’minlanishi, kreditlar be-rish shartlarini, shuningdek, bank kredit portfelining holatini aksiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda nazorat qilinishi bank nazorati-ning mohiyatini bildiradi.



Download 130.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling