Moliya-kredit tizimi statistikasi reja
Download 190.85 Kb.
|
fINANS BAZAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari
Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: I. Joriy sarflar – davlat budjeti sarflarining katta qismini tashkil etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy xarajatlari kiradi. II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) xarajatlar kiritiladi.
Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari Davlat budjeti defitsiti (taqchilligi) deganda budjet daromadlaridan xarajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham budjet defitsiti kuzatiladi. Davlat budjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Budjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Tashqi manbalar ham mamlakat budjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir.
Download 190.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling