Moliya Kurs ishi Mavzu: Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanish. Tekshirdi Aytmuratova Ulbika Bajardi: Annayev Sardor Toshkent 202 reja
Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanayotgan xorijiy davlatlar tajribalari
Download 1.49 Mb.
|
Moliya Kurs ishi
Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanayotgan xorijiy davlatlar tajribalari.
Biz Amerika Qo`shma Shtatlarining moliya tizimini ko`rib chiqamiz. AQSh moliya tizimi mamlakat ichida va xalqaro maydonda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi davlar organlari, banklar hamda korporatsiyalardan tashkil topgan. Soha yalpi daromadi mamlakat YaIM nisbatan 429.3%ni tashkil qiladi (virtual iqtisodiyot – fond bozorlari daromadlari judayam katta). Ushbu sohaning asosiy harakatlantiruvchisi mamlakatning Markaziy Banki hisoblanmish Federal Rezerv Sistemasi (FRS) hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh davlat budjetidagi o`zgarishlar ham mamlakat moliya sohasiga sezilarli ta’sir ko`rsatadi: davlat xarajatlarining sohaga yo`naltirilishi bevosita firma va korporatsiyalar, banklar hamda davlat muassasalarining moliya bozorlaridagi holatini o`zgartirib yuboradi. Mamlakatning Markaziy Banki sifatida FRS tijorat banklariga kreditlar beradi, hisob stavkasini, rezerv hajmini o`rnatadi, mamlakatning pul-kredit siyosatidi ta’minlaydi, tijorat banklarining faoliyatini hamda ochiq bozordagi pul massasini nazorat qiladi, davlat qimmatbaho qog`ozlari bo`yicha operatsiyalarni jahon bozorlarida amalga oshiradi. Masalan, Buyuk Depressiya, 1933-35 yillar modaynida T. Ruzvelt o`z islohotlarini moliya tizimida o`zgartirishlar qilishdan boshladi va FRS yordamida hisob stavkasini tushirdi, imtiyozli kreditlar berdi) pul-kerdit budjet-soliq siyosati). 2008 yil yilgi moliyaviy inqiroz davrida ham FRS mamlakat moliya sohasini jonlantirishda asosiy rolni o`ynadi. 7 AQSh valyutasi dollarni bosib chiqarish ham FRS zimmasida ekanligini hisobga olsak, valyutahajmini oshirish yoki kamaytirish orqali jahon bozoriga o`z ta’sirini o`tkazishi mumkin. AQSh moliya tizimini fond birjalari va fond bozorlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Davlat va xususiy sector qimmatbaho qog`ozlari aynan shu yerda savdo qilinadi. Davlat organlari, jumladan moliya vazirligi, veksellar, o`rta va uzoq muddatli obligatsiyalr chiqarish orqali fond bozorlariga ta’sir o`tkazadi, chunki ular boshqa korporatsiyalarga nisbatan raqobatga chidamliroq hisoblanadi (odatda davlat obligatsiyalari riski deyarli nolga teng). Moliya tizimi, fond birjalari va bozorlari faoliyatini boshqarish maqsadida bir qancha nazorat organlari (7 ta asosiy organ mavjud, ulardan 4 tasi federal) tashkil qilingan. 2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishida AQSh moliya tizimining hissasi ancha yuqoriligini aytib o`tishimiz joizdir. Chunki 1933 yilda qabul qilingan Glas-Stigl aktiga ko`ra, AQSh banklari investitsion va tijorat banklariga ajratilgan edi. 1999 yilda bu aktning bekor qilinishi yuqoridagi banklar faoliyatini aralashtirib yubordi. Uol-strit investitsion banklari tijorat banklari depozitlarini investitsiya qila boshladi. Natijada deyarli hamma mablag` muomalaga jalb qilindi. Ipoteka kreditlarida boshlangan inqiroz banklar depozitida mavjud pulning juda kamligi uchun tezda tarqalib, nafaqat AQSh, balki butun jahon iqtisodiyotining katta yo`qotishlariga sabab bo`ldi. Moliya tizimini tahlil qilish mobaynida, mamlakat valyutasi tizimini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakat valyuta tizimi ahamiyati nafaqat AQShning o`zida, balki xalqaro maydonda ham beqiyos. Chunki AQSh valyutasi dollarning butun jahon savdo aloqalarida keng qo`llanilishi mamlakatning xalqaro munosabatlarida, xususan xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi o`rnini nihoyatda katta darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda ko`pgina davlatlarning valyuta rezervalaridagi asosiy ulushini AQSh dollari tashkil qilmoqda. Birgina Xitoyning rezervlarida 2.9 trln dollar miqdoridagi mablag` mavjud. Xalqaro Valyuta Fondi AQSh va dunyo moliya tizimida yuqori o`ringa ega. XVF kapitalining katta qismi AQSh tomonidan ta’minlanadi. XVF qiyin iqtisodiy ahvolga tushib qolgan mamlakatlar uchun imtiyozli kreditlar, moliyaviy yordamlar taqdim etadi. Tashkilot tuzilgandan boshlab mamlakatlar savdo balansidagi defitsitlarni yopish, salbiy saldoni qoplash va yanada tezroq sur’atlarda rivojlanish uchun XVF yordamidan foydalana boshlaydi. Lekin bu miqdorlarning oshib ktishi 90-yillardan boshlab davlatlar tashqi qarzlarining o`sishiga sabab bo`la boshladi. Aynan hozirgi kunlarda ushbu muammo Yevropa davlatlarining haqiqiy bosh og`rig`iga aylangan: Gretsiya (142.8%), Italiya (119%), Irlandiya (96.2%), Portugaliya (93%)kabi davlatlarning tashqi qarzlari hajmi allaqachon YaIM hajmiga nisbatan katta miqdorda yiriklashgan. AQSh o`z iqtisodiyotini butun jahon iqtisodiyoti bilan chambatchas bog`lab qo`ygan. Bunda aynan ko`pgina xalqaro tashkilotlar foydalanayotgan richaglar, xususan moliyaviy richaglar muhim rol o`ynashini ko`rib chiqdik. Xalqaro savdoda dollarni ishlatilishi va ko`pgina davlatlarning oltin-valyuta rezervida katta miqdorda dollarning bo`lishi ular ham dollarning barqarorligini saqlanib qolishidan manfaaatdor ekanliklarini ko`rsatadi. Agar AQSh FRS yordamida katta miqdorda pul bosib chiqarib muomalaga qo`yib yuborsa, dollar qadri tushishi evaziga dunyo iqtisodiyoti zarar ko`ra boshlaydi. Shuning uchun ham bunday bir qancha richaglar mavjudligi AQShning jahon arenalarida ham iqtisodit, ham siyosiy jihatdan ustunligini ta’minlamoqda desak mubolag`a bo`lmaydi. XULOSA Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o`tishimiz joizki, innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy innovatsion loyihalar, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo`lavermasligini hisobga olish zarur. Innovatsion loyiha etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo`lajak investor loyiha bilan tanishganda mo`ljallanayotgan dastur haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim. Innovatsion loyihani qay darajada detallashtirish va uning tarkibi bo`lajak dastur va u tegishli soha hajmlariga bog`liq. Masalan, qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyani joriy etishni yo`lga qo`yish ko`zda tutilayotgan bo`lsa, juda batafsil reja ishlab chiqilishi lozim, uning qanchalik batafsilligi innovatsion dasturning yakuniy mahsuloti murakkabligiga va mazkur mahsulot bozorining murakkabligiga bog`liq. Moliya tizimiga ham innovatsiyalarni, innovatsion loyihalarni olib kirish uchun juda aniq rejalar va strategiya kerak bo`ladi. Moliya tizimiga innovatsiyalarning olib kirilishi inson mehnati bilan qilinayotgan ishlarning minglab marotaba osonlashishi va tezligining ham oshishiga olib keladi. Ammo bu tizim ichidagi maxfiy ma’lumotlarning esa yuzaga chiqishi ham osonlashib qolishi mumkin. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimini rivojlantirish moliyaviy boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. Moliyaviy boshqaruv korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishidir. Bunda pul oqimlari har bir korxona uchun asosiy faoliyat omili bo’lgani uni jarayon obyekti sifatida tanlashni taqozo qilgan.Uning tizimli va alohida maxsuslashtirilgan funkiyalari uni korporativ tuzilma faoliyatidagi o’rnini, qanday tashkil etilish jarayonini ifodalaydi. Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko„p jihatdan innovatsion faoliyatga bog„liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan. Innovasion faoliyat boshqaruvi to’xtovsiz, to’ldiruvchan, murakkab jarayon bo’lib, u doimiy rivojlanishda, yangi imkoniyatlar va vaziyatlarni vujudga keltiruvchi muxim vosita bo’lib xisoblanadi. Moliya tizimi ko’lamida belgilangan strategiya doimiy baxolashni, taxlil qilishni va aksi aloqani talab etuvchi murakkab jarayon sifatida namoyon bo ’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning Oliy Majlisga 2020 yil 24 yanvardagi Murojaatnomasi. www.prezident.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi 4947-farmoni. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi “Davlat ishtiroki-dagi korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1013-sonli qaroriga 2-ilova: Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqti-sodiy holati tahlilini o'tkazish reglamenti. O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “davlatiy moliya” kafedrasi “moliya” Fanidan O’quv-uslubiy Majmua Raximov M. O’zbekiston Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. Toshkent, “IQTISODMOLIYA”, 2013 yil, “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали., 2020 йил февраль, №1. www.interfinance.uz/en/ Джейкоб Дж. Фостер, Андрей Ржетскийи Джеймс А. Эванс. Традиция и инновация в исследовательских стратегиях ученых. American Sociological Review, октябрь 2015 г. Revitalizing the U.S. Economy //Business week. N.Y., 1980, June 30, № 2643 Архипов А.П., Гомелля В.Б., Туленты Д.С. Страхование. Современный курс. “Финансы и статистика”, 2006 год. http://www.president.uz/uz/2703– O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning moliya tizimini isloh qilish masalalari bo'yicha so'zlagan nutqi. 2019 yil 10 iyul`. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi https://stat.uz Biznes Eksport ilmiy jurnali WWW.mf.uz moliya vazirligi rasmiy sayti 2 Stat.uz statistika qo`mitasi rasmiy sayti 3 www.uza.uz O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 4 Biznes eksport. Respublika ilmiy jurnali 5 Stat.uz statistika qo`mitasi rasmiy sayti. 7 Biznes ekspressi. Ilmiy jurnal Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling