Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Download 151.81 Kb.
bet1/10
Sana04.07.2020
Hajmi151.81 Kb.
#122889
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. 1.1. 1-mavzu


Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi.

Reja:

1. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning mazmun-mohiyati. Xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yechimi.

2. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari.

4. Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati.

5. O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va yangi imkoniyatlar.



Tayanch iboralar: dekmokratik jamiyat, erkin bozor iqtisodiyoti, xalqaro hamkorlik, xalq bilan muloqot, Harakatlar Strategiyasi, yoshlarga oid davlat siyosati, islohat, modernizasiya, integrasiya, taraqqiyot kafolati, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, akademik ilm-fan.

1. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning mazmun-mohiyati. Xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yechimi.

Ona Vatanimiz O‘zbekiston keyingi yillarda shiddatli islohotlar davrini boshdan kechirmoqda. Barcha jabxalarda haqiqiy uyg‘onish va taraqqiyot davri boshlandi . Bu davrni “Yangi O’zbekiston tarixi” deb atash mumkin Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi jaxon hamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Ana shu shiddatli islohotlar va o‘zgarishlar bilan bir qatorda el-yurt, xalqning porloq kelajagi kafolati bo‘lgan barkamol avlod tarbiyasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda Islom Karimov davrida boshlangan islohotlarni qat’iy davom ettirishga kirishdi. 2016 yil 8 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” mavzusidagi nutqida bu haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar va 6 ta ustuvor vazifalarni belgilab berdilar:



  • Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va keyingi yillardagi iqtisodiy o‘sish suratlarni saqlab qolish, milliy valyutamiz barqarorligini ta’minlash, bank tizimini mustahkamlash, byudjet barqarorligini ta’minlash hamda chetdan qarz olish bo‘yicha konservativ yondashuv siyosatini davom ettirish , davlatning tashqi qarzi haddan ziyod oshib ketishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • Nodir va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash, oziq – ovqat va kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish ;

  • Tashqi bozorda raqobat va beqarorlik kuchayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan bir qatorda mamlakatimiz hududlarida ham raqobatdosh maxsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirish ;

  • Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari manfatlarini mustaxkam himoya qilish, turli byurokratik to‘siqlar va asossiz tekshiruvlarni bundan buyon ham qat’iyat bilan cheklash;

  • Eng muxim ijtimoiy – iqtisodiy vazifa-Oliy Majlis palatalari, tomonidan tasdiqlangan aholining mehnat bilan bandligini oshirish dasturini bajarishdan iborat;

  • Xalqaro kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan zamonaviy yo‘l- transport va muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek, milliy axborot kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. 1 Shavkat Mirziyoyevning ushbu nutqi O‘zbekistonda demokratik islohotlarning izchil davom ettirishning yorqin dalili edi.

2016 yil 8 sentyabrda Shavkat Mirziyoyev vaqtincha Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti boshlab bergan demokratik islohotlar yo‘lini qatiyat bilan davom ettirishga kirishganligini ma’lum qildi va “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” -deya ma’lum qildi. 2030 yilga qadar O‘zbekistonda yalpi ichki maxsulotni ikki barobardan ortiq oshirishdan iborat strategik rejani amalga oshirishga kirishildi.

O‘zbekistonda demokratik islohotlarni izchil davom ettirishning yana bir yorqin dalili - 2016 yil 24 sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi ochilishi bo‘ldi. Bosh vazirning virtual qabulxonasi ochilishi murojatlar bilan ishlash tizimini bugungi -shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan -to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.

Ko‘p o‘tmay, ushbu noyob tuzilma mamlakatimiz aholisining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Negaki, barchamiz guvoh bo‘lganimizdek, aksariyat muammolarni nisbatan qisqa vaqt ichida samarali, eng muhimi, qonun doirasida hal qilsa bo‘lar ekan. Buning uchun xohish va iroda, hayotdagi o‘tkir muammolarga tik qaray olish, ularni bartaraf etishning ta’sirchan yo‘llarini topish talab qilinadi.

Ta’kidlash lozimki, har qanday davlat rahbari ham adolatsizlik holatlari, halqni qiynab kelayotgan og‘ir muammolarni ro‘y-rost kun tartibiga qo‘yib, ularni bartaraf etish yo‘llarini qat’iyat bilan ko‘rsatib, bunda avvalo o‘zi o‘rnak va namuna bo‘lib, jon jahdi bilan bu ishga kirishavermaydi.

Buning uchun insonda katta yurak, o‘z halqi, o‘z vatani taqdiri uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish tuyg‘usi kuchli bo‘lishi kerak. Shavkat Mirziyoyev esa ana shunday noyob xislatlarni dastlabki davrdan boshlab namoyon etdilar .

Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining “Ishonch telefoni”, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilishgan. Lekin, ming afsuski, bu qonun amalda to‘la ishlamaganini, uning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganini, aniqrog‘i bu masalaga ikkinchi darajali bir ish sifatida qaralganini bugun ochiq tan olishga majburmiz.

“Ishonch telefoni” yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborilgan murojaatlar aksariyat hollarda yana kelgan joyiga-quyi bo‘g‘indagi idora va rahbarlarga qaytarib yuborilardi, gapning qisqasi- xalq, jamiyat qanday nafas olayotganini yaqqol namoyon etadigan qaysar indekator bo‘lgan xalq murojaati, ariza va shikoyatlari javobsiz qolib ketaverardi.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 19 oktyabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining VIII- s’ezdidagi “Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darjasini yaratish-barqaror taraqqiyot kafolatidir” nomli ma’ruzasida: “ Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari, xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi ... Bundan keyin joylardagi raxbarlar faolyatiga baho berish birinchi navbatda o‘z hududidagi aholi murojaatlari soniga qarab, ularning amaliy echimiga qarab va xalq ichida yurishiga qarab belgilanadi. Qisqa qilib aytganda, ularga xalqning o‘zi baho beradi”2 –deb ta’kidladilar.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan saylovoldi uchrashuvlarini o‘tkazdi. Saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitoblariga kiritilgan. (Toshkent, “O‘zbekiston” nashiryoti , 2017 yil, 488 bet )

Saylovoldi uchrashuvlari Andijon viloyatidan boshlandi. Bo‘z tumanida o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida “ Zamon bilan hamnafas diyor” mavzusida nutq so‘zladilar



Saylovoldi uchrashuvlarida Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqlari:


Saylovoldi uchrashuvi o‘tkazilgan viloyat

Uchrashuvdagi nutq mavzusi

O‘tkazilgan vaqti va joyi

Andijon viloyati

Zamon bilan hamnafas diyor

2016 yil 1 noyabr. Bo‘z tumani

Farg‘ona viloyati

Oltin vodiy durdonasi

Rishton tumani, 2016 yil 1 noyabr

Namangan viloyati

Go‘zal va betakror o‘lka

Uchqo‘rg‘on tumani. 2016 yil 2 noyabr

Navoiy viloyati

Mamlakatimizning javoxir xazinasi

Nurota tumani. 2016 yil 4 noyabr

Buxoro viloyati

Ilmu ma’rifat, dinu diyonat, bunyodkorlik bilan nom qozongan xalq

G‘ijduvon tumani, 2016 yil 4 noyabr

Samarqand viloyati

Samarqand er yuzining sayqali

Kattaqo‘rg‘on shahri,2016 yil 8 noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yuragimga, qalbimga yaqin insonlar

Shumanay tumani, 2016 yil 10 noyabr

Xorazm viloyati

Oqqan daryo aslo to‘xtamas

Shovot tumani, 2016 yil 11 noyabr

Surxondaryo viloyati

Oq ko‘ngil, oriyatli va mehnatkash insonlar yurti

Qumqo‘rg‘on tumani 2016 yil 15 noyabr


Qashqadaryo viloyati

Har qanday sinovlarni engishga qodir xalq

Shahrisabz tumani, 2016 yil 16 noyabr

Jizzax viloyati

“ Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin”

Arnasoy tumani, 2016 yil 18 noyabr

Sirdaryo viloyati

Sahro bag‘rida mo‘jizalar yaratayotgan el

Sardoba tumani, 2016 yil 19 noyabr

Toshkent viloyati

Yuksak ta’riflarga munosib zamin

Oqqo‘rg‘on tumani, 2016 yil 22 noyabr

Toshkent shahri

Toshkent barchamiz uchun onadek ulug‘ va mo‘tabardir

Simpoziumlar saroyi,2016 yil 24 noyabr

Saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlarida Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida mavjud muammolar va ularning echimi bir necha yo‘nalishlarda tahlil qilindi.

Shu boisdan ham saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan dolzarb vazifalar ham “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi”ga asos qilib olindi. Saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan kontseptual vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarni izchil davom ettirishga ham asos bo‘ldi, deyish mumkin.

Ma’lumki, 2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekistondagi boshqa siyosiy partiyalardan ilgari surilgan nomzodlar bilan muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bunda Shavkat Mirziyoyev mutlaq (15 million 906 ming 724 kishi ) 88,61 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrdan boshlab Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” nomli ma’ruzalarida (2016yil 14dekbr) bugungi davrning muhim vazifalarini va ularni hal etishning konstruktiv yo‘llarni belgilab berdilar.

Davlatimiz rahbari Konstituttsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi” nomli ma’ruzasida inson manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu -tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishlari kerakligini ta’kidlar ekan, xalqimiz dilidagi, jamiyatimizdagi og‘riqli bir muammoni kun tartibiga qo‘ydi: “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik.” Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi”3

Shu bois ikki-uch yil oldin aksariyat odamlar o‘zi yashayotgan hududlardagi mahalliy hokimyat idoralari rahbarlarini, vazirlarni deyarli tanimas edi. Ularni xalqqa yaqinlashtirishda oshkora muloqot bilan birgalikda virtual qabulxonaning o‘rni ham beqiyos bo‘ldi. Afsuski, O‘zbekiston taraqqiyotini ko‘rolmaydigan muxoliflarimiz bu masalaga ham o‘zgacha yondashdilar. Xorijdagi va ichkaridagi ayrim “do‘st“larimiz Virtual qabulxona tashkil etilgach , bu “Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi “piar”i deb talqin etdilar. Bu tizim Prezident saylovidan so‘ng o‘z-o‘zidan unutiladi”,deb “bashorat” ham qildilar. Biroq amalda buning aksi bo‘ldi. “Bashoratchilar”lar uyalib qolishdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz”deb nomlangan ma’ruzasida xalq ichiga kirib borish, xalqni rozi qilib yashash, xalqning arzu-dodini eshitish, insonlarning dardu- tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligi to‘g‘risidagi kontseptual g‘oyalarni ilgari surdilar: “Hammamizni tarbiyalagan, voyaga etkazgan-shu xalq. Barchamizga tuz- nasiba bergan ham-shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak-odamlarimiz bilan.

Kim bilan bamaslaxat ish tutishimiz kerak-avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.

Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi.

Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi”.4 Mamlakatimiz rahbari Konstituttsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari yili” deb e’lon qilar ekan: “...Davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarni joriy etishimiz darkor”,5 deb uqtirib o‘tdi. Mana ko‘p o‘tmay, xalqimiz bu g‘oya va tashabbuslarning amaliy natijalarini o‘z hayotida ko‘rmoqda, sezmoqda: Davlatimiz rahbarining o‘zi barchaga o‘rnak ko‘rsatib, hududlarga safarlari davomida chekka qishloq va ovullarga kirib borib, ijtimoiy soha ob’ektlari, oddiy odamlar xonadonlarida bo‘lib, yuzaga kelgan real vaziyat, aholining turmush sharoiti bilan yaqindan tanisha boshladilar. Muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar .

Bugunga kelib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senatorlar, davlat organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ham joylarga chiqib, asl holatni o‘rganmoqda, mavjud xato va kamchiliklardan kelib chiqib, o‘z faolyatini tahliliy–tanqidiy ko‘rib chiqishga urunmoqda. Barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining xalq oldida hisobot berish tizimi joriy etildi.



Bu uchrashuvlardan dastlabki xulosalar nima? Tinglovchilar tushinib etishlari kerakki,avvalo, odamlar ongida mudrab yotgan tafakkur uyg‘onmoqda, tadbirkorlik va bunyodkorlik ishtiyoqi yanada kuchaymoqda. Ular o‘z fikr-mulohazalari, o‘ylari, dardu –tashvishlari, orzu – armonlari hatto Prezident darajasida muhim va ahamiyatli ekanligini anglab etmoqdalar. Hammamiz anglab etdikki, endi bir idorada rahbar bo‘lishning mohiyat-maqsadi masalalarni qog‘ozda hal etish yoki faqat raqamlardan iborat hisobotlar to‘ldirish emas, balki hayotning mavjud achchiq haqiqatlariga yuzma –yuz kelib, real voqeylikning shiddatli to‘lqinida yonib –kuyib ishlash ekanini barcha to‘la tushinib olishi kerak. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2017 yilning yurtimizda ”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi bu boradagi salmoqli qadam bo‘ldi. Xalq bilan muloqot qilish, uning turmush sharoitlari bilan tanishish hamda mavjud muammolar echimini topishda amaliy yordam ko‘rsatish, bir so‘z bilan aytganda, xalqning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish hamisha ustuvor vazifaga aylandi.

Haqiqatda ham rahbar, avvalo xalq bilan muloqot qilsa, odamlarning qalbiga yo‘l topib, ularning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini bilsa, jamiyatda adolat muhiti qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda ko‘zga ko‘rinarli yangiliklar yuzaga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrda imzolagan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni davlat va xalq o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Xalq qabulxonalari” ishini tashkil etish va yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalq qabulxonalari” tashkil etish haqidagi tashabbusi bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. “Xalq qabulxonalari” xalq bilan davlat o‘rtasidagi haqiqiy ko‘prikka aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari viloyatlar, Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda tashkil etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatishi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” – degan tamoyillarining amalda qaror topganini ko‘rsatib berdi.

Xalq qabulxonalari xalqimizga quyidagi imkoniyatlarni yaratib berdi:


  • Mavjud kamchilik va muammolarni dalil ko‘tarib chiqish;

  • Fuqarolarning o‘z muammolarini bildirishgina emas, balki muammolarning echimi haqidagi turli taklif va fikr-mulohazalar bildirish;

  • Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish;

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘la qonli himoya qilishga erishish;

  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;

  • Fuqarolardan tushgan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy amal qilgan holda tezkor, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda echimini topish;

  • Fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olish imkoniyatlari o‘z navbtida mahalliy davlat organlari, mansabdor shaxslarning ortiqcha qog‘ozbozliksiz, diqqat bilan yondashgan holda quyida hal etilishini ta’minlaydi;

  • Xalq fuqarolardan tushgan murojaatlarning davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi va echimini topilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirishga erishiladi.. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmasida jismoniy va yuridik shaslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining hissasi katta bo‘ladi;

  • Fuqarolarning Xalq qabulxonalariga har qanday murojaatini paysalga solmay, o‘z vaqtida ko‘rib chiqishning qat’iy nazoratga olinishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish orqali nazorat qilish yo‘lga qo‘yildi.

Shular orqali Xalq qabulxonasiga tushgan murojaatlar bilan ishlash yanada takomillashtiriladi, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar kengaytiriladi, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi ham mamlakatimizda Xalq qabulxonalarining davlat va xalq o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatib turibdi.

Haqiqatda ham Xalq qabulxonalari xalqning davlatga ishonchini oshirmoqda. Mansabdor shaxslarning mas’uliyati qay darajada ekanligini ko‘rsatib bermoqda va endilikda turli bo‘g‘indagi rahbarlarning o‘z ishiga zamon talablari asosida yondashishini talab etmoqda.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib, yurtimizda xalqimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash, xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishishini muhim vazifa qilib qo‘ymoqdalar: “Jadal va barqaror rivojlanishiga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi” ,-deya ta’kidladi Prezidentimiz. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarning –bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosari bo‘ladimi, hukumat a’zosimi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.6

Har bir rahbar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari fuqarolarning murojaatlari, talab va ehtiyojlari mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etsa va ularni bajarish bo‘yicha tezkor faoliyat ko‘rsatish amaliyotiga ega bo‘lsa, bu boraddagi o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qila olsa, qat’iy tartib-intizom hamda shaxsiy javobgarlikni yuragidan o‘tkazib ishlasa xalqning davlat va hayotdan roziligini ta’minlash mumkin.

Xalq qabulxonalari esa xalq ichiga kirib borish, xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini to‘la ta’minlashda xalqning davlat idoralariga ishonchini oshirishda mustahkam omil bo‘lib xizmat qilaveradi.



Download 151.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling