Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja
Download 151.81 Kb.
|
1. 1.1. 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istardikki, biror yangi universitet yo ki filial ochish taklifini berishdan oldin mas’ul mutasaddilar shu yo‘nalishni ochishga haqiqatan ham
- 2019-yilning 26-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilind
- Uch yil davomida bu maqsadlarga deyarli 4,1 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.
- Xalqaro va milliy mezonlarga javob beradigan zamonaviy maktab sizningcha qanday bo‘ladi
- Janubiy Afrika Respublikasidagi Stellenbos universiteti peshtoqiga yozib qo‘yilgan ibora
- Ta’limning inqirozi-millat inqirozidir” O’zbekistonda ta’lim tizimi jadal rivojlanmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim
- Tinglovchilarga oilaviy muhit –ta’lim-tarbiya asosi ekanligini tushuntirish maqsadida Prezident maktabiga qabul qilingan o’quvchilarning ota-onalari fikrlaridan misollar keltirish zarur
2020-yilda 5 ta yangi hududda Prezident maktablarining ochilishi rejalashtirilgan. Ijod maktablarining mazmuniga alohida e’tibor qaratiladi. Yangi fanlar - notiqlik san’ti, dramaturgiya, xalq og‘zaki ijodi, publitsistika, tarjima qoidalari, mantiqshunoslik fanlarini kiritish belgilangan. Ijod maktablaridagi pedagoglar salohiyatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. 2020 yil Toshkent davlat stomatologiya instituti Qozog‘istonda qo‘shma fakultet ochadi. Bu borada Toshkent davlat stomatologiya instituti Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi bilan qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Mazkur fakultet 2020-2021-o‘quv yilidan Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida faoliyatini boshlaydi va ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Kelgusida hamkorlik doirasida institut pedagoglari Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi pedagoglari uchun mahorat darslari o‘tishi, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam berishi, shuningdek, talabalarning ham o‘quv-ilmiy dasturlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Mazkur kelishuvga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxan universiteti filiali ish boshlaydi.Birinchi bosqichda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi (hamshiralik ishi, xalqaro turizm menejmenti, yangi to‘qimachilik materiallari texnologiyasi). Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qo‘shni davlatlar, xususan, markaziy osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari ko‘riladi. 2020 yilda yurtimizda Rossiyaning yana 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Astraxan davlat texnika universiteti va Sankt-Peterburg tog‘ universiteti ham bor. Bundan tashqari, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura universiteti va Pushkin nomidagi rus tili instituti filiallari ham ochilishi mumkin. Shuningdek, 2020-yilda Samarqand davlat chet tillar institutida jurnalistika fakultetini ochish, iqtisodiyot tarmoqlarining talablari asosida 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi va 1 ta yangi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 2019-2020-o‘quv yilida Toshkentda Janubiy Koreyaning Xalqaro ayollar universiteti (Kyung-in Women’s University) filiali ochilishi ko‘zda tutilgan edi. Bu to‘g‘rida 2019-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksavdo” uyushmasi o‘rtasida universitet ochishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolangan. Yangi universitetda to‘qimachilik, dizayn, moda, aviatsiya va turizm, go‘zallik sanoati, sog‘liqni saqlash va koreyashunoslik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Kyung-in Women’s University Janubiy Koreyadagi xalqaro almashinuv dasturiga ega davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unda 300 nafardan ortiq o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi, talabalar esa 2000 nafardan ortiq. Toshkentda mazkur universitet filialini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan edi. Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali ham ochilmay qoldi. Vaholanki, 2019-yil 8-may kuni Prezidentimiz tomonidan “Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida” gi qaror imzolangan edi. Xorazmda esa Malayziya universiteti filiali ochilishi kerak edi. Malayziya texnologiya universitetining (“Universiti Teknologi Malaysia” — UTM) bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha filialida injiniring, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi, deya xabar qilingan edi. Xorazm viloyat hokimligi va universitet rektori bilan uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va talabalar almashish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olingan. Shuningdek, Xorazm viloyatidagi tegishli oliy ta’lim muassasasi negizida franchayzing modeli bo‘yicha Malayziya oliy ta’lim muassasasi dasturlarini joriy etish, kelgusida UTM filialini ochish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Yangi filiallarning ochilmay qolganini quyidagicha izohlash mumkin: yo ularning zimmasiga bir yil uchun juda ko‘p vazifa yuklatilgan yoki shunchaki ulgurilmagan! Istardikki, biror yangi universitet yoki filial ochish taklifini berishdan oldin mas’ul mutasaddilar shu yo‘nalishni ochishga haqiqatan ham ehtiyoj sezilyaptimi, uni yo‘lga qo‘yish uchun moddiy-texnik baza etarlimi, shu yo‘nalishda ta’lim beradigan kadrlar bormi kabi savollarga javob izlasalar, barcha uchun foydali bo‘lar edi. Har qanday yurtning kelajagi yorug‘ligini uning maktablariga qarab bilish mumkin. Zero, bu maskanda mamlakatning istiqbolini hal qiluvchi yangi avlod kamolga yetadi. Maktablarimizda o‘quvchilarning har tomonlama chuqur bilim olishi uchun sharoit yetarlimi? Bilim berish darajasi qanday? Bu savollar davrimizning eng dolzarb masalasi. Yurtimizda maktablarning shart-sharoiti, moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator davlat dasturlari amalga oshirilyapti: bosqichma-bosqich yangi maktablar qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi. 2019-yilning 26-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu keng jamoatchilikda endi yurtimizda yangi davr maktablari paydo bo‘ladi, degan umid uyg‘otdi. Avvalo, ushbu qarorning maqsadi, mazmun-mohiyati bilan tinglovchilarni kengroq tanishtirish zarur. Qabul qilingan hujjat mamlakatimizda yangi turdagi umumta’lim muassasalarini barpo etish va muqaddam qurilgan binolarni bosqichma-bosqich zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan. Qaror asosida kelasi uch yil davomida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. Uch yil davomida bu maqsadlarga deyarli 4,1 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. 2020-yilning 1-martiga qadar xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi. Shuningdek, 2020-yilning 1-martiga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya uskunalari, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia hamda videokuzatuv vositalari bilan ta’minlashning yangi me’yorlari ishlab chiqiladi. Qaror qabul qilinishi oldidan respublikadagi barcha maktablardagi holat o‘rganib chiqildimi? Ahvol va mavjud xulosalar qanday edi? Ushbu qarorni ishlab chiqishdan oldin respublikadagi barcha maktablarning moddiy-texnik ta’minoti, holati joylarga chiqib o‘rganildi. Natijada 3 ming (30 foiz)dan ortiq maktablar ta’mir talabligi ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlaganimdek, qaror asosida 2020–2022-yillarda “Zamonaviy maktab” mezonlari asosida umumta’lim muassasalarini barpo etish dasturi va umumta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dasturning asosiy parametrlari tasdiqlandi. Dastur doirasida 48 ta yangi maktab quriladi, 452 tasi rekonstruksiya qilinadi, 299 tasi mukammal ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. 796 ta ta’lim dargohi 241 mln so‘m hisobiga yangi o‘quv mebellari bilan jihozlanadi. Shuningdek, ushbu dastur 2020–2022-yillardagi Investitsiya dasturlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilanganligi sababli qaror ilovalaridagi maktablar soni ko‘payishi kutilmoqda. Shunga ko‘ra, 2020–2022-yillar davomida dasturga kiritilgan maktablar soni mingdan ortmoqda. Xususan, 76 ta yangi maktab qurilib, buning natijasida 32449 ta yangi o‘quv o‘rni, 2400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. 535 ta maktab rekonstruksiya qilinib, ularda 212329 ta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi. 411 ta maktab mukammal ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi. Shuningdek, mingdan ortiq maktablar 457,1 mln so‘m hisobiga yangi zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi. Jami 1022 maktab qamrab olinayotgan bo‘lsa, ularning 196 tasi shahar, 826 tasi qishloq va olis hududlarda joylashgan maktablardir. Bundan ko‘rinib turibdiki, qishloq joylardagi maktablar ko‘proq qamrab olingan bo‘lib, maqsad qishloq va shahar maktablari o‘rtasidagi tafovutning qisqarishiga erishishdir. Bundan tashqari, qarorda yana bir muhim topshiriq belgilanmoqda. Unga ko‘ra, qaror manzilli ro‘yxatlarida ko‘zda tutilmagan, biroq moddiy-texnik bazasi nochor bo‘lgan maktablarni “Zamonaviy maktab” darajasiga keltirish uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilish topshirilgan. Bu nima degani? Yaqin uch yilda nafaqat respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan, balki xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilish orqali bundan ham ko‘proq maktablarda “Zamonaviy maktab” namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Xalqaro va milliy mezonlarga javob beradigan zamonaviy maktab sizningcha qanday bo‘ladi? Zamonaviy maktab shart-sharoitlari va ta’lim sifati bo‘yicha minimal talablarga javob berishi kerak. Maktablarda yetarli o‘quv xonalari, texnika va jihozlar bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar ham bilimli bo‘lishi, maktabda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalangan holda bolalarga puxta bilim berishi kerak. Zamonaviy maktabda darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etilishi va bola muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kerakli bilimlar berilishi zarur. Hozirgi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari faoliyatini “Zamonaviy maktab” mezonlari asosida baholash shartlari va tartibi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjatda zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talablar aniq qilib belgilandi.
Bu o‘z navbatida barcha maktablar pedagogik jamoasini “Zamonaviy maktab” maqomini olish uchun bir jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydi. 2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida ham mamlakatimizda ko‘plab maktablar kapital ta’mirlanib, rekonstruksiya qilingan edi. Undan keyin Investitsiya, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari bo‘yicha ham yangi, zamonaviy maktablar qurildi. Bu dasturlar bo‘yicha respublikadagi maktablarni qamrab olish darajasi qanday bo‘lgan edi? Va bu dastur doirasida amalga oshirilgan ishlardan “Zamonaviy maktab” loyihasi doirasida qilinadigan ishlarning qanday farqi bor? Davlat dasturlari doirasida 2004–2019-yillar mobaynida 9454 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlarga o‘tgan 15 yil davomida jami 5,7 trln so‘m mablag‘ sarflangan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan davr mobaynida 4200 dan ortiq maktabda rekonstruksiya (qo‘shimcha bino qurish) ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ushbu maqsadda ajratilgan mablag‘lar faqatgina xomg‘isht, paxsa, yog‘och va loydan qurilgan maktablarga namunaviy loyiha asosida o‘quv binolari qurishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maktablarda o‘quvchi soni oshib ketishi natijasida qo‘shimcha binolar qurilgan. Biroq, asosiy muammo shundaki, 2004–2019-yillar mobaynida ajratilgan mablag‘lar faqatgina o‘quv binosining sinf xonalari uchun sarflangan. Maktab faollar zali, kutubxona, oshxona, qiz va o‘g‘il bolalar uchun alohida o‘quv mehnat xonalari,o‘qituvchilar,psixolog xonalari va boshqa qo‘shimcha binolar deyarli qurilmagan. Mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida ham ko‘plab maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq bu ishlar joylarda turlicha bajarilyapti. Ba’zilarida faqatgina qurilib, jihozlash ko‘zda tutilmasdan qolmoqda. Shu munosabat bilan ushbu qarorning ahamiyatli joyi shundaki, 2020-yildan boshlab moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, respublikaning barcha hududida maktablarni qurish-ta’mirlashda ularni to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash qat’iy belgilanmoqda. “Zamonaviy maktablar”ning xalqaro talablarga muvofiq ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida qurilib, jihozlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib, Xalq ta’limi vazirligida Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yilning 1-martiga qadar xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi. 2020-yildan boshlab maktablar ushbu “Zamonaviy maktab” namunaviy loyihasi asosida quriladi va tasdiqlanadigan yangi jihozlash me’yorlariga muvofiq jihozlanadi. Zamonaviy maktab shart-sharoitlari va ta’lim sifati bo‘yicha minimal talablarga javob berishi kerak. Maktablarda yetarli o‘quv xonalari, texnika va jihozlar bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar ham bilimli bo‘lishi, maktabda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalangan holda bolalarga puxta bilim berishi kerak. Zamonaviy maktabda darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etilishi va bola muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kerakli bilimlar berilishi zarur.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati. Janubiy Afrika Respublikasidagi Stellenbos universiteti peshtoqiga yozib qo‘yilgan ibora: “Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofaga uchuvchi raketa shart emas. Buning uchun ta’lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov aralashtirishning o‘zi kifoyadir. Bu tarzda ta’lim olgan shifokorlar qo‘lidan bemorlar o‘lim topadi, quruvchilar qurgan uy va binolar vayron bo‘ladi, iqtisodchi va hisobchilar qo‘lidan moliyaviy resurslar sovuriladi, adolat ham shunday huquqshunos sudyalar qo‘lida zavol topadi. “Ta’limning inqirozi-millat inqirozidir”
Yurtimizda uchinchi Prezident maktabi Namanganda ochildi. Ushbu ta’lim muassasasining taqdimoti marosimi 144 nafar iste’dodli o‘quvchi va ota-onalarning unitilmas bayram shodiyonasiga aylandi. Namangandagi Prezident maktabiga shu yil bahorda tamal toshi qo‘yilgan edi. Maktab uchun viloyat markazidagi eng ko‘rkam va bahavo Dovlatobod dahasining Islom Karimov nomli shohko‘chasidan joy tanlangan. Viloyatda qurilish sohasida katta tajriba orttirgan “Zafarqurilishservis” MChJ bunyodkorlari qisqa fursatda salmoqli hajmdagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirdi. Mazkur inshootni sifatli va eng zamonaviy qiyofada tiklash uchun xorijiy texnologiyalardan keng foydalanildi. Shu yilning aprelida birinchi g‘ishti qo‘yilgan mazkur dargohga 80 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. 300 dan ziyod bunyodkor bor kuch-g‘ayratini safarbar etdi. Namanganlik 144 nafar qobiliyatli o‘quvchi katta imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Zamon talablarigi mos tarzda qurilgan, jihozlangan o‘quv binosi, o‘quv –amaliy va nazariy mashg‘ulotlar xonalari, kutubxona, sport zali, oshxona va umuman olganda, barcha maishiy va madaniy binolarda zarur qulaylik va shinamlik mavjud. Maktabda Cambridge Assesment International Education vakillari tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun Cambridje o‘quv dasturlari asosida maxsus treninglar o‘tkazilib, Cambridge o‘quv dasturini amalga oshirishning ijobiy tajribasini o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga o‘quvchilari eng ko‘p qabul qilingan maktablar aniqlanib, Sergeli tumanidagi 300- IDUMdan 8, Chilonzor tumanidagi 178- IDUMdan 6, Sergeli tumanidagi 6- IDUMdan 5 hamda Sergeli tumanidagi 301-maktab, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-IDUM, XTV tasarrufidagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidan 4 nafardan o‘quvchining nufuzli bilim dargohidan ta’lim olayotgani e’tirof yetildi Tinglovchilarga oilaviy muhit –ta’lim-tarbiya asosi ekanligini tushuntirish maqsadida Prezident maktabiga qabul qilingan o’quvchilarning ota-onalari fikrlaridan misollar keltirish zarur: Prezident maktabiga qabul boshlangan ilk kunlarda sinov jarayonlari haqida turli mish-mishlar quloqqa chalingandi,- deydi toshkentlik Nilufar Rixsieva . Shu bois farzandim a’lo baholarga o‘qishiga qaramay, hujjat topshirishda ikkilandik. Uning 7000 nafar boladan o‘zib, mana shu maktabda o‘qishga ishongim kelmagandi. Biroq imtihonlar chog‘i haqiqiy va adolatli bellashuvning kuzatuvchisi bo‘ldik. O‘g‘limning bilim olishga ishtiyoqi, astoydil say-harakatlari o‘z natijasini ko‘rsatdi. O‘zim hamshiraman, turmush o‘rtog‘im ham oddiy ishchi bo‘lsa-da, oilada toza muhit yaratishga doim intilganmiz. Farzandimga bolalikdan ishonch bildirganman. Hayotda ham eng muhimi- shu. Menimcha, bolalarga ishonch bilan qarash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash lozim. “Sen zehinlisan, bajara olasan, kelajaging porloq bo‘ladi”, deyman hamisha. Mana shu ishonchning ilk mahsulini ko‘rib turibman. Maktabdan uyga berilgan vazifalarni birgalashib tayyorlardik. Farzandlarimga kichikligidan kitob o‘qib beraman.Endi ular Oybek, O‘.Hoshimov, S.Ahmad romanlarini tushunib o‘qiydi. Poytaxtimizdagi 178-IDUMdan 6 nafar o‘quvchi Prezident maktabida ta’lim-tarbiya olmoqda. E’tiborlisi, ushbu ta’lim maskanidan boshqa ijod maktablariga ham o‘qishga qabul qilingan o‘g‘il-qizlar bor. Bu yil maktabning 151 nafar bitiruvchisidan 127 nafari oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘lgani ham e’tirofga loyiq. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun muassasaning pedogogik jamoasi sa’y-harakatini o‘quvchining ilk qadamlaridanoq boshlashdi.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bolalarga matematika, ingliz tili va o‘qish fanidan puxta bilim berishga intilishadi. 1-sinfdan 2- sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar bilimi imtihon qilinib, ixtisoslashtirilgan maxsus va oddiy guruhlarga ajratiladi. Sinov jarayonida bolalar test, mantiq, diktant, matematika bo‘yicha salohiyatini namoyish etadi. Bu yil 2 ta o‘zbek, 4 ta rus sinfi ochiladi. Ayni paytda maktabda 101 ta sinf bo‘lib, shundan 51 tasi ixtisoslashtirilgan. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab bu sinflarga o‘tish sinovlari 5-sinfdan boshlanadi. O‘quvchilar yuqori sinf bo‘lgunga qadar talab darajasida o‘qishi kerak. Chunki bu sinflarda ingliz-tili fani haftasiga 5 soat, qo‘shimcha til sifatida nemis yoki fransuz-tili ham o‘rgatiladi. Prezident maktabiga kirgan o‘quvchilarning aksariyati oilada yaxshi tarbiya va e’tibor ko‘rgan bolalardir,- deydi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulbika Tangirova . Bu bolalarning ota-onalari ham eiyoli insonlar, ular uyda bolalarning yaxshi ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoit yaratishgan. O‘qituvchilarimiz har 45 daqiqani unumli tashkil etishga harakat qilishadi. Qo‘shimcha repititorlik soatlari o‘tilmaydi, buning uchun ikki smenali o‘quv jarayonida ortiqcha sinfxonalar-u vaqt topilmaydi. Yashnobod tumanidagi 61-maktabda ham o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishi uchun o‘qituvchilar tinmay mehnat qiladi. Ushbu ta’lm maskanining 2 nafar o‘quvchisi ham Prezident maktabi o‘qituvchisi bo‘ldi. Maktab direktori Gulnora Islomovaning aytishicha, o‘quv yili boshida maktabda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun 23 nafar ilg‘or tajribaga ega pedagog ishga qabul qilingan. Jonkuyar va malakali o‘qituvchilarni rag‘batlantirish uchun direktor fondidan pul mukofotlari berib boriladi. Ayni paytda “Zamonaviy maktab” loyihasi asosida ta’mirlash ishlari boshlangan, maktabda qo‘shimcha bino qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘quv binosida darslarda fanni sust o‘zlashtirgan o‘quvchilar uchun alohida qo‘shimcha mashg‘ulot xonalari tashkil etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Maktab yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviy asoslarni shakllantiruvchi asosiy maskan”. Davlatimiz maktabning inson taqdiridagi beqiyos o‘rnini to‘g‘ri baholagan holda ta’lim sohasiga kata e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, shu yil mamlakatimiz ta’lim tizimi uchun yangilanish davri bo‘ldi. Tizimda bir necha o‘n yillar davomida to‘planib qolgan muammolar ochiq tilga olinib, ularni bartaraf etish uchun aniq chora tadbirlar belgilanadi. Prezidentimiz 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga talim-tarbiya berish tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2018-yil 28-fevraldagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida pedagog xodimlar qator imtiyoz va qulayliklarga ega bo‘ldi. Xususan, 2018 yil 1 sentabrdan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik maoshlari 1,1, yuqori sinf o‘qituvchilariniki o‘rtacha 1,24, direktor va uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirildi. Yana 2019 yil 1 yanvardan oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravar, birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravar, ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravar, mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga, direktor va uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 barvarga oshirilishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan pensiya yoshidagi o‘qituvchilar ish faoliyatini davom etirrgan taqdirda ham pensiyani to‘liq olishi belgilab qo‘yildi. Qarorga binoan o‘qituvchilarni tuman va shahar hududlarini obodlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi ishlarga jalb etishning taqiqlangani katta yangilik bo‘ldi. Endi pedagoglar kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga ham jalb qilinmaydi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish bekor qilingani, o‘qituvchidan dars va to‘garak mashg‘ulotlarni tashkil etish, sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishga chek qo‘yilgani muallimlarni zimmasidagi ortiqcha yukdan xalos qiladi. Hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish rejalashtirildi. Pedagog xodimlarga qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylar, avtokredit va iste’mol kreditlarini imtiyozli ravishda berish tartibi ishlab chiqilmoqda. Shu bilan bir qatorda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqei va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar” xiyobonlarini barpo etish rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilgani, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiyaviy jarayonga zamonaviy uslublar joriy etilayotgani bu islohotlarning uzviy bo‘lagidir. Prezidentimizning “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi asosida 2018 yil 1 martdan maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, tarbiyachi, metodist, o‘qituvchi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari hamda tarbiyachi yordamchilarning bazaviy tarif stafkalari 30 foizga, 1 sentabrdan esa tayyorgarlik guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkasi umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirgan holda 30 foizga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori asosida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilarning maoshlari oshirildi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘qituvchi-pedagoglar kayfiyatiga, ish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Kuni kecha erta tongdan Mustaqillik maydonidagi hurriyatimiz va ozodligimiz timsoli bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida qartnashgan ta’lim faollarining yuz ko‘zidagi quvonchdan buni anglash qiyin emas.
Download 151.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling