Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Download 151.81 Kb.
bet9/10
Sana04.07.2020
Hajmi151.81 Kb.
#122889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. 1.1. 1-mavzu


O‘qituvchi va o‘quvchilar maktabda telefondan foydalanmaydi. Mabodo o‘qituvchiga juda zarur bo‘lib qolsa, direktor ruxsati bilan maxsus joyga kirib gaplashib, yana o‘qituvchlar xonasiga telefonini qo‘yadi. Har bir maktabning kirish qismida poyabzal almashtirish uchun maxsus joylar bo‘lib, kelgan odam oyoq kiyimini shippakka almashtiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maxsus bosh kiyimlari joriy qilingani­ning ham sababi bor. Bunday qalpoqdagi o‘quv­chiga ko‘chadagi barcha avtoulovlar yo‘l beradi.

Har bir o‘quvchi 1-sinfdan boshlab biror cholg‘u asbobi chalishni o‘rgana boshlaydi. Musiqa asboblari har bir o‘quvchiga yetadi. Boshlang‘ich sinfni bitirgunga qadar kamida bir yoki ikkita cholg‘u asbobini chalishni o‘rganishi shart. Bolalar nota bilan bemalol ishlay oladi. Sport va musiqaga qiziqish yuqori bo‘lgani sababli, bu fanlardan to‘garaklar muntazam olib boriladi.

Nakanoda 22 ta boshlang‘ich va 10 ta o‘rta maktab, 2 ta bog‘cha faoliyat yurita­di. Maktab o‘qituvchilari uchun malaka oshirish institutlari yo‘q. O‘qituv­chi o‘z ustida mustaqil ishlaydi. Har 10 yilda imtihon o‘tkazilib, muallimlar sertifikatini himoya qiladi. Agar sinovdan o‘tolmasa, boshqa o‘qituvchilik qila olmaydi. Shu­ning uchun yaponiyalik pedagog izlanishdan, rivojlanishdan to‘xtamaydi. Davlat ta’lim standarti har 10 yilda o‘zgartiriladi. Har bir ta’lim muassasasining o‘z ta’lim standarti mavjud. DTSning asosiy maqsadi ta’lim bilan birga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdir. DTS orqali nimaga erisha olaman, qanday o‘rganaman, qanday o‘rgataman kabi savollarga javob olish mumkin.
O‘qituvchilarni ishga olish hududiy ta’lim boshqaruvi organi tomonidan amalga oshirilib, nomzod imtihondan o‘tadi va ta’limning rivoji uchun fikr ham beradi. Yangi pedagoglar dars kuzatish uchun kirib, tajriba oshiradi. Ish stajiga qarab oylik maoshi ko‘tarilib boradi.

Dunyo e’tirof yetgan Shvetsarcha ta’lim

Tabiiy resurslarga boy bo‘lmagan aksariyat mamlakatlarda ta’lim asosiy va eng muhim boylikka aylanganiga tarix guvoh. O‘z o‘rnida bunday resurs bilan ularning barchasi yerosti va yerusti boyliklari mo‘l-ko‘l bo‘lgan davlatlardan taraqqiyot borasida ilgarilab ketgani ham haqiqat. Shveytsariya xuddi mana shunday davlatlardan biridir. Dunyoga o‘zining eng samarali ta’lim tizimi bilan mashhur bo‘lgan bu o‘lka bugun ko‘plab internet saytlarida e’lon qilinayotgan reytinglarda kuchli o‘ntalikda sakkizinchi o‘rinni band etib turibdi. Bunday muvaffaqiyatning sabablari­dan biri mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi bilan bog‘liq. Davlatning 26 kantoni(viloyat) o‘ziga xos ta’lim tizimiga ega bo‘lib, hududdagi bog‘chalar, maktab va universitetlar uchun katta mas’uliyat va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Ularda o‘qitishga xizmat ko‘rsatishning bir yo‘nalishi sifatida qaralib, ta’limiy xizmat deb ataladi. Bunday munosabat esa o‘z-o‘zidan sog‘lom raqobatni, uning zamirida samarali va zamonaviy ta’limni ta’minlaydi. Har bir kanton bu sohada o‘zi ma’qul deb bilgan islohotlarni amalga oshirishi va moliyalashtirishi mumkin. Masalan, bir kantonda chet tilini o‘qitish to‘rtinchi, boshqasida yettinchi sinfdan boshlanadi.

Ko‘plab Yevropa davlatlaridagi kabi Shveytsariyada ham maktab yoshidagilar­ning katta qismi davlat maktablari­ga qatnaydi. Xususiy maktablarda o‘qi­tish esa ota-onalardan katta mablag‘ talab etadi. Davlat maktablari boshlang‘ich va o‘rta bosqichlardan iborat. O‘rta maktab bosqichi esa yana ikkiga — quyi hamda yuqori bosqichga bo‘linadi. Shveytsariyalik bolalar 4–6 yoshda bog‘chaga, 6–12 yoshda boshlang‘ich, 12–15 yoshda quyi, 15–18 yoshda esa yuqori maktabga borishadi. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim tili ham kantonlarda turlicha tanlangan, fransuz yoki nemis tilida so‘zlashuvchi kantonlarda ta’limning boshlang‘ich davri shu tillar bilan qo‘shib olib boriladi. Shveytsariyada 11 ta universitet mavjud va ularning 9 tasi kantonlar, 2 tasi esa mamlakat ta’lim konfederatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Shveytsariya oliy ta’lim tizimining takrorlanmas yutuqlaridan biri bu xalqaro baka­lav­riatning joriy etilganidir.

Ayni paytgacha ilm-fan sohasidagi nufuzli Nobel mukofotiga Shveytsariyaga turli tomondan aloqador 113 nafar olim loyiq ko‘rilgan.
Shveytsariyadagi ilk universitetga 1460-yili asos solingan. Bazeldagi mazkur oliy ta’lim muassasasining o‘sha paytlarda faqatgina meditsina fakulteti bo‘lgan, xolos. Bugungi kunda ham bu universitet kimyo va tibbiyot sohasida tadqiqotlarni olib borish bo‘yicha o‘zining uzoq asrlik an’analariga ega. Aksariyat kantonlarda bog‘cha yoshi 2 yosh etib belgilangan, faqat Tisinoda bolalar 3 yoshdan bog‘chaga qabul qilinadi. Xalqaro maktablar birlashmasining ma’lumotida qayd etilishicha, 2015-yili-yanvar holatiga ko‘ra Shveytsariyada 105 ta xalqaro maktab faoliyat yuritadi. Ular orasida ingliz, AQSh va hatto yapon maktablari ham bor. Bunday muassasalarda ta’lim 2 yoki 3 tilda olib boriladi, ushbu mamlakatga turli sabablar bilan kelgan chet ellik oilalarning farzandlari o‘qitiladi. Shuningdek, diniy maktablar faoliyati­ga ham ruxsat berilgan.


Bundan tashqari, Shveytsariya mukammal biznes ta’lim tizimi bilan ham e’tirof etiladi. Bu sohadagi deyarli barcha universitetlar “Financial Times”ning reyting ro‘yxatlarida qayd etiladi. Bu kabi natijalar har yili mamlakatda xorijiy talabalar sonining oshishiga xizmat qiladi. Jeneva, Bern, Bazel, Zurich universitetlari bu borada mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. 16,9 foiz natija bilan Shveytsariya xorijlik talabalarni jalb etish bo‘yicha Avstriyadan (16,8) oldinda, Buyuk Britaniyadan (17,5) bir qadam orqada. Mazkur mamlakatda ta’lim olishga ishtiyoqmandlarning 27 foizi magistratura, 52 foizi esa turli nomzodlik dasturlariga qamrab olingan. Oliy ta’lim tizimida mustaqil izlanishlarga keng o‘rin ajratilgan. Talaba asosiy ishtirokchi deb qaraladigan metodlardan, ya’ni dars jarayonida o‘qituvchi faqat yo‘naltiruvchi, talaba esa bosh rolda bo‘ladigan usullardan keng foydalanyapti. Bu mamlakatda uzundan uzoq ma’ruzalar, faqat o‘qituvchi asosiy vazifada bo‘ladigan metodlardan butunlay voz kechilgan. Amaliy tajriba oshirishga alohida e’tibor qaratilgani bo‘lajak mutaxassisning haqqoniy vaziyat bilan ishga joylashganidan keyin emas, balki o‘qish jarayonining o‘zida yuzlashishga imkon beradi. 2014-yili o‘z fuqarolari orasidan 2,98 foiz fan doktorlarini tayyorlab, jahon reytingining eng yuqori o‘rnini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan Shveytsariya keyingi yillarda ham bu ko‘rsatkichlarni yaxshilab kelmoqda. Bunday natijaning zamirida esa davlatning ilmiy izlanuvchilarga yaratgan keng imkoniyatlari, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, samarali ta’lim va jahon ilm-fani yutuqlarini bir daqiqa ham kechiktirmay, amaliyotga tatbiq etish siyosati yotadi.

O‘qituvchilik kasbi bu davlatda eng yuksak qadrlanadigan va eng ko‘p maosh to‘lanadigan faoliyat turi sanaladi. Ammo bu maqomga erishish oson emas. O‘qituv­chilikka nomzodlardan bakalavr darajasi, Shveytsariya ko‘p tilli mamlakat bo‘lgani uchun asosiy tildan tashqari 2-3 tilni bi­lish va buni tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish talab etiladi. Suhbat jarayonida o‘qituvchining shaxsiy sifatlari ham alohida e’tiborga olinadi. Bugungi kunda Shveytsariya maktablarida erkak o‘qituvchilar kamayib borayotgani hukumatni xavotirga solmoqda. Chunki tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Shveytsariyada o‘qituvchilik asosan erkaklar faoliyat yuritadigan soha bo‘lgan. 1964-yildan keyin ayol o‘qituvchilar sonining keskin oshishi natijasida hozir erkak pedagoglar faqat maktab rahbarligi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Ammo ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, maktablarda erkak o‘qituvchilarni ko‘paytirish lozim. Chunki maktab nafaqat bilim maskani, balki tarbiya o‘chog‘i hamdir. Bola tarbiyasida onaning o‘rni qanchalar muhim bo‘lsa, otaniki ham shunchalar ahamiyatlidir, deb hisoblaydi ular.

O‘qituvchilar dars jarayonida turli metodlarni qo‘llashga va kerak payt­da yangilarini yaratishga odatlangan. An’anaviy darslar ular uchun allaqachon tarixga aylanib ulgurgan. Hozir Reto Toni tomonidan yaratilgan “The chur model” usuli butun mamlakatga yoyilgan. Bunda sinfdagi doskadan butunlay voz kechiladi. Dars xuddi bog‘chadagi kabi erkin holat­da tashkil etiladi, o‘quvchilar xohlagan joyida o‘tirishi mumkin, hatto partalarsiz ­polda ham. Yangi mavzu taqdimotidan so‘ng mus­tahkamlovchi mashqlar bajariladi, o‘quvchilarga yaratilgan erkinlik ularda ijodkorlik va yangi g‘oyalar tug‘ili­shini ta’minlaydi. Metodning asosiy maqsadi ham shunda. Chunki yangi fikrlar erkin muhitda dunyoga keladi. Shveytsariya o‘quvchilari uchun ­yagona va majburiy maktab formasi yo‘lga qo‘yilmagan.

Mazkur mamlakat ta’lim tizimida monolingualizmga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, kantonlarda fransuz, nemis, italyan tillari davlat tili bilan birga ta’lim tili hisoblanadi.

Bog‘chadagi ta’lim asosan o‘yinlar asosidagi musiqa, rasm chizish, o‘qish, yozish va hisob-kitob darslaridan iborat bo‘lib, ayni shu davrda bolalarning ijtimoiy qobiliyatini shakllantirish boshlanadi. Bog‘cha davri bolalar uchun mamlakat madaniyati va tarixini o‘rganish uchun ham juda muhim sanaladi.
O‘rta maktabda esa bilimlar miqyosi ancha kengayadi, o‘quvchilar tabiiy, aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori psixo­logiya va salomatlik bo‘yicha ham boshlang‘ich bilimga ega bo‘ladi. Ular­ning bilimini baholab borish tizimi turli kantonlarda har xil bo‘lsa ham, umumiy o‘xshashligi shundaki, o‘quvchilar bir o‘quv yilida 2 marta test orqali baholanadi. Yil yakunida esa kerakli balni to‘plab olmaganlar sinfdan qoldiriladi.

Mamlakat ta’lim tizimining o‘ziga xosliklaridan yana biri shuki, boshlang‘ich maktabni tugatgan o‘quvchilar akademik salohiyati va qiziqishiga ko‘ra yuqori sinf­larga qamrab olinadi. Bu ularning kelajakdagi kasbi va yo‘nalishini belgilash­da juda muhim qadam hisoblanadi. Shu bois yuqori maktablarga kirish oldidan imtihon o‘tkazilib, o‘quvchining qaysi sohaga ko‘proq layoqatli ekani aniqlanadi. Bu kelajakda kuchli mutaxassislar tayyorlash uchun zamin hozirlanadi degani. To‘g‘ri-da, maktabni tugatayotib ham kim bo‘lishni aniqlab olmagan, diplom olsam bo‘ldi, deya duch kelgan universitetga kirgan yoshlardan chiqadigan “istar-istamas” mutaxassisdan ko‘ra bolaligidan muayyan maqsad sari intilgan kadr mamlakat taraqqiyoti uchun hissa qo‘sha oladi. Yuqori maktabda fanlar bir qadar murakkablashadi. Bu bosqichda o‘quvchilar nafaqat bilim oladi, balki kasbga yo‘naltiriladi. Tekstil dizaynerligi, texnika yaratuvchiligi, oilaviy iqtisodiyot, muvaffaqiyatli karera borasidagi bilimlar yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Bakalavriat bosqichida ta’limni davom ettirish uchun o‘quvchilar yozma yoki og‘zaki imtihon topshiradi. Birinchi til, ikkinchi til (chet tili), matematika va ixtisoslik fanlaridan kirish imtihonlarida abiturientlarning bilimi tekshirib ko‘riladi. Mamlakatda kam sonli bakalavr va magistrlargina ta’lim granti va stipendiyaga ega bo‘ladi. Aksariyati esa darsdan keyingi mehnat faoliyatidan olinadigan daromad hisobidan o‘zini va o‘qishini moliyalashtiradi.

Shveytsariyaning deyarli barcha kantonlarida uyda ta’lim berishga ruxsat etilmaydi. Bolaga uyda ta’lim beradigan alohida o‘qituvchi jalb qilish qonun bilan taqiqlanadi. Bizningcha, Shveytsariya ta’lim tizimi­ning yutuqlariga mana shu omil ham ta’sir etadi. Chunki maktab aso­siy bilim maskani sifatida qadrlanadi va undan tashqarida bilim berish va bilim ­olish­ga hojat yo‘q. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida bir xil va o‘zgarmas baho­lash standartlari joriy etilgan: 6 - a’lo, 5,5 -juda yaxshi, 5- yaxshi, 4,5- qanoatlantiradi, 4- qoniqar­li, 3,5- qoniqarsiz, 3- yomon, 2,5-1- juda yomon.

Shveytsarcha ta’lim olish istagidagi xorijlik talabalar uchun juda keng imkoniyatlar mavjud. Masofaviy ta’lim, qisqa muddatli malaka oshirish, tajriba almashish va bakalavr hamda magistratura bosqichida o‘qish uchun nomzodlardan ingliz tili­ni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat talab etiladi. Har yili universitetlar xorijiy talabalar uchun grant dasturlari e’lon qiladi va munosib ko‘rilgan nomzodlarning barcha xarajatlari taklif qiluvchi universitet tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari va davlat mablag‘lari hisobidan shveytsariyalik tala­balarning xorijda ta’lim olishi uchun ham mablag‘lar ajratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, shveytsariyaliklar ta’limga investitsiya kiritishni rivoj­lanishning kaliti deb biladi va shu yo‘lda jadal harakat qiladi.

Ta’lim islohotining avstraliyacha modeli

Avstraliya aholisining katta qismi emigrantlar hissasiga to‘g‘ri kelganligi sababli u yerda turli millat vakillari yashaydi. Gonski universitetining ijrochi direktori va pedagogika fanlari professori Pasl Salberg mazkur mamlakatda o‘tgan bir necha yillik faoliyati haqida shunday deydi: “Maktab yoshidagi ikki o‘g‘lim Otto va Noaning yangi maktabga joylashishida ba’zi muammolarga duch kelganmiz. Chunki bu mamlakatda ta’lim tizimi biroz o‘zgacha”.



Avstraliya ta’lim tizimi olti sektordan iborat. Ular: maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va turli til o‘rgatuvchi kurslardir.

Bolalar bog‘chalarga uch yoshdan qabul qilinadi. Ta’limning ushbu bosqichi ixtiyoriy. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatini alohida e’tibor qaratiladi. Turli ijodiy mashg‘ulotlar yordamida ular kreativ fikrlashga o‘rgatiladi. Qo‘l motorikasini rivojlantirish orqali bolalarning bosh miya faoliyatini faollashtirishga alohida urg‘u beriladi. Bolani aynan bog‘cha yoshidan boshlab kasbiy faoliyatga yo‘naltirish ta’limning mazkur bosqichi oldida turgan asosiy vazifa etib belgilangan.

Avstraliya maktab ta’limi o‘n ikki yillik. O‘quvchilar besh yoshdan o‘n bir yoshgacha, ya’ni olti yil boshlang‘ich, keyin olti yil o‘rta maktabda ta’lim oladi. O‘rta maktabning oxirgi ikki o‘quv yilida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlar ta’limning bakalavriat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘qitish tizimidagi bu islohot mamlakatning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va turli imtihonlar qo‘rquvidan xalos etish orqali o‘quvchilarda kelajakka ishonchni shakllantirishga qaratilgan.

Bu qit’ada davlatga qarashli maktablar bilan birga xususiy umumta’lim muassasalari ham bo‘lib, ular o‘g‘il va qiz bolalar maktabi, shuningdek, katolik va islom diniga e’tiqod qiluvchilar maktabiga bo‘linadi. Xususiy maktablarda yillik o‘quv miqdori muassasa joylashgan hududga qarab olti mingdan o‘ttiz ming Avstraliya dollariga yetadi. Maqomiga qarab mazkur maktablarda fanlar va darsliklar maktab rahbariyati tomonidan tanlanadi. Kollej va universitetlarda o‘qiydigan xorijlik talabalardan ingliz tilini bilish talab etiladi. Til o‘qitish kurslariga qatnash uchun chet elliklar o‘n ikki-o‘n to‘qqiz ming Avstraliya dollari sarflanishiga to‘g‘ri keladi.

Ta’lim muassasalarining hech birida yagona forma joriy etilmagan. Hukumat doiralarining yondashuviga ko‘ra, bir xillik rivojlanishga to‘siq bo‘ladi. Ijodiy fikrlash va yangi g‘oyalar tug‘ulishi uchun rang-baranglik va erkinlik nihoyatda muhim. O‘quv yili fevralda boshlanib, dekabrda tugaydi. Imtihonlar yiliga ikki marotaba o‘tkaziladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan o‘quvchilar sinfda qoldiriladi. Dars jadvalidan ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq fanlar bilan birga san’at, texnika, savodxonlik va sog‘lomlashtiruvchi fanlar ham o‘rin olgan. O‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun “Gifted and Talented programs” va “High Achievement programs” dasturlari mavjud. Lekin Pasi Salberging so‘zlariga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalari bor ota-onalarning oldida davlat maktablaridan qoniqmaslik va xususiy maktablar uchun moliyaviy jihatdan imkoniyati cheklanganlik muammosi ko‘ndalang turadi.

Chindan ham , 2010-2012-yillar statistikasiga murojaat qilinadigan bo‘lsa, mamlakat ta’lim tizimida bir qator kamchilik ko‘zga tashlanadi. “ABC News” olib borgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, Avstraliyadagi davlat maktablarining ta’lim samaradorligi va moddiy texnik bazasi xususiy maktablarga qaraganda ancha cheklangan. Bu fikrlarni professor Pasi Salbergning gaplarida iqtibos keltirish bilan asoslash to‘g‘ri bo‘ladi:

“Ta’lim olish insonning huquqlaridan biridir. Bu yerdagi ota-onalarning farzandlari uchun eng yaxshi maktablarni qidirishi bizga yot holat. Men avval yashagan Shimoliy Yevropa davlatlarida bolalar uchun eng yaxshi o‘quv muassasalari davlatga qarashli mahalliy maktablar bo‘lgan. Ta’lim-tarbiyaga tijoriy emas, insoniy nuqtayi nazardan qarash kerak. Avstraliyada davlatga qarashli yuzlab maktablarning va moddiy texnik holati xususiy maktablarniki bilan solishtirganda unchalik qoniqarli emas. Boy va rivojlangan mamlakatlarda budjet mavlag‘larining katta qismi maktablar uchun sarflanadi. Shimoliy Yevropa davlatlarida ta’limga sarflanadigan xarajatlarning 99 foiz soliqlardan tushadigan mablag‘ hisobiga qoplansa, bu ko‘rsatkich Avstraliyada 81 foizni tashkil etadi. Avstraliyadagi to‘rtta yuqori qatlam xususiy maktabi sarflaydigan mablag‘ga 1800 ta maktabning moddiy-texnik holatini yaxshilash mumkin. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo AQSh, Fransiya, Germaniya va Turkiya kabi davlatlarda har besh bolaning to‘rtovi davlat maktablariga qatnasa, avstraliyalik har besh bolaning ikki nafari xususiy maktabda o‘qiydi. Buning yagona sababi ota-onalarining o‘qitish tizimiga yuqori talab qo‘yishidir. Tashkilot 2000-yillarda muvaffaqiyatli maktablar tarmog‘ini shakllantirishning bosh mezon tenglik va yuqori sifat ekanini targ‘ib qila boshladi. Xalqaro talablarni baholash dasturi 2000-yillarda olib borgan izlanishlarga asoslanib aytishi mumkinki, Avstraliyada ta’lim tizimi bolalarning ta’limiy ehtiyojini qondirishdan ko‘ra ko‘proq maktablarning ijtimoiy-iqtisodiy mijini moliyalashtirishga e’tibor qaratilgan. 2012-yili Avstraliya nashrlaridan birida chop etilgan “Ta’limda sifat va tenglik: nochor o‘quvchilar va maktablarni qo‘llab-quvvatlash” sarlavhali maqolada shunday jumlalar bor. “Maktablar borasida tanlov imkoniyatini kengaytirish kambag‘al o‘quvchilar va nochor maktablarga qatnovchilar uchun yechim emas. Chunki tanlov imkoniyati va bozor mexanizimlari ayirmachilikni kuchaytiradi”.

Iqtisodiy hamkorlik rivojlanish tashkilotiga a’zo mamlakatlarning qisqa vaqtda puxta o‘ylangan va adolatli yo‘l bilan ta’lim samaradorligiga erishish borasida tajribalaridan kelib chiqib, Avstraliya hukumati oldiga maktablar sonini ko‘paytirishdan ko‘ra, ta’limdagi tenglikka erishish uchun tizimli islohotlar olib borish taklif etiladi. Chindan ham, maktablar sonining ko‘pligi ota-onalar tanlovidagina barqarorlikni ta’minlaydi. Maktablar orasidagi nosog‘lom raqobat bolalarning kamsitilishi va boshqa qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Ta’lim sohasida Avstraliya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo mamlakatlar reytingida quyi o‘rinlardan birini band qilib turibdi. Aslida “ota-onalar tanlovi” tushunchasi 1950-yillarda Milton Fraydmenning iqtisodiy nazaryasi natijasida ommalashgan. Fraydmenning fikricha, ota-onalarning farzandlarning ta’lim olishi borasidagi har qanday qarorini qo‘llab-quvvatlash va maktablarda oilalarning talablariga javob beradigan, bir-biridan yaxshi xizmatlarni taklif etishga undaydigan sharoit yaratib berish shart. Avstraliya hukumati bu borada Chili va Shveytsariya ta’lim muasasalari, AQShdagi xayriya maktablari, Angliya akademiyalaridan o‘rnak olishi maqsadga muvofiq”.

O‘tgan qariyb yarim asr mobaynida kutilgan natijalar ko‘zga ko‘rinmagach, 2013-yili Avstraliyaning Grattan universiteti ta’lim sohasining holati bo‘yicha yakuniy xulosani e’lon qildi. Unga ko‘ra, raqobatni rivojlantirish iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida samaradorlikni oshiradi. Biroq ta’lim sohasi ular qatoriga kirmaydi. Yillar o‘tib, ta’lim tizimiga yangicha yondashuv o‘z natijasini ko‘rsata boshladi. Fikrimizni dalillash maqsadida raqamlarga murojaat etsak: oxirgi to‘qqiz yil ichida birinchi marta Avstraliyaning 11 ta universiteti “The Times Higher Education” dunyo universitetlarining Top- 200 talik reytingidan o‘rin oldi. Ushbu ro‘yxat dunyo bo‘ylab 92 mamlakatning 1400 universiteti orasidan besh mezon : o‘qitish, tadqiqotlar olib borish samaradorligi, OAV da faoliyati yoritilganligi, xalqaro maydondagi o‘rni, sanoatga keltirgan foydasi miqdoriga ko‘ra shakllantirilgan. Ro‘yxatda Sidney texnologiya universiteti 194-, Kuvinslned universiteti 60-, Avstraliya milliy universiteti 50 o‘rinni egallagan. Melburn universiteti 32 o‘rin bilan Avstraliyaning boshqa universitetlari orasida yetakchilik qiladi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 2009 yili Avstraliya ta’lim dasturini baholash tashkiloti (ASARA) ta’sis etildi. U faoliyati davomida talabalar erishgan yutuqlarni muntazam e’lon qilib boradi. Ushbu ma’lumotlar hududiy va talabalarning darajalangan guruhlariga qarab Milliy baholash dasturida va “Mening maktabim” (my school) veb saytida chop etiladi.

Darslar yangicha o‘qitish metodlarida, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi sifatida olib boriladi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning mustaqil ilm olishini ta’minlash maqsadida "talaba tadqiqotchi”, taqdimotlar, onlayn o‘rganish metodlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim tizimi xalq taqdiri va kelajagining omili hisoblanadi. Uning inqirozi davlat hokimiyati va xalq manfaatlari inqirozidir. Avstraliya hukumati oldida turgan mana shu muammolarni bartaraf eta oladi. Bugungi kunda yuqori natijalar ko‘rsatish bilan birga xorijlik ilimga chanqoq yoshlarni ham o‘ziga jalb etmoqda.



AQSh ta’lim tizimi

Amerikaliklar davlatning eng muhim tayanch nuqtasi ta’lim tizimi ekanini allaqachon tushunib yetgan, shuning uchun ta’lim tizimiga juda kata e’tibor qaratishadi. Shunga qaramay, tizimda bir qator muammolar mavjud. AQSh ta’lim tizimi ham maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’rta va oily ta’lim bosqichlariga bo’linadi va u uch organ tomonidan  nazorat qilinadi va moliyalashtiriladi: federal, davlat va mahalliy hokimiyat.

AQShda 50 ta shtat bo’lsa, har birining  o`ziga xos ta’lim tizimi mavjud. Davlat maktablaridagi o’quvchilar yil davomida o’zlari yoqtirgan fanlarni tanlashlari va aynan o’sha fanlardan chuqurroq ta’lim olish imkoniyatiga egalar. Masalan: jismoniy tarbiya fanidan o’quvchi o’zi uchun qiziq bo’lgan sport turini tanlaydi va maktabda tashkil qilingan jamoa a’zosiga aylanadi. Yuqori sinfda ham o’quvchi o’zi o’rganishi uchun fanlarni tanlay oladi, lekin unga tanlash uchun ko’proq fanlar taqdim etiladi. Baho qo’yish masalasida esa amerikalik o’quvchilar A, B, C, D ko’rinishida baholanadi. O`qituvchilar o’quvchilarning baholarini barchaning oldida e’lon qilmas ekanlar. Ota - onalarga farzandlarining natijalari bir o’quv yilida 4 marotaba tabelda ko’rsatiladi. Olingan baholar o’quvchi uchun ball hisoblanib, u o’sha ball asnosida institutga imtihon topshirishi mumkin. AQShda ota – onalar maktab tashkiliy ishlarida faol ishtirok etadilar. O’quvchilar darslardan so’ng, asosan, sport mashg’ulotlariga jalb qilinadilar. O’qituvchilar darslarda ko’proq o’qituvchi markazlashgan usullardan emas, balki o’quvchi markazlashgan usullardan foydalanib o’quvchilarga o’z ustilarida ishlashlari uchun qator loyihalar beradilar.

Amerikada maktablarga deyarli tekshiruv jo’natilmaydi. AQSH da maktab o’quvchilarining bilimini tekshirishga mo’ljallangan maxsus bo’lim bo’lib, u har semestr o’quvchilarga test jo’natadi. Olingan natijalar esa davlat ta’lim bo’limiga taqdim etiladi. Eng past reyting olgan maktabga maxsus tekshiruv jo’natilib o’sha maktabdagi muammo o’rganilib chiqiladi va muassasaga amaliy yordam ko’rsatiladi. Eng muhimi, bu kabi tekshiruv usuli faqat maktab va o’quvchilarga yordam berish uchun amalga oshirilar ekan.

Montana shtatining Mizzula shahrida joylashgan “The big high school” maktabida ayrim fanlardan dars jarayonini kuzatgan hamyurtimiz fikrlari e’tiborimizni tortadi: Geografiya darsida biz  turli  davlat  vakillari  sifatida qatnashdik va 6 ta partaga bo’lindik. O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda navbatma – navbat bizning oldimizga o’tirishib, bizga davlatimiz haqida savollar bera boshladilar. Masalan, davlatning poytaxti, dini, madaniyati, aholisi haqida. Olingan ma’lumotlarga qarab, guruhlar biz yashaydigan davlatni topishlari lozim edi. Dars jarayonida meni hayron qoldirgan holat bu- har bir o’quvchining erkin muloqot qila olishi bo’ldi. O’quvchi o’zining  fikrini keng yoritib bera olishi, oldidagi notanish odam bilan kulib, bamaylixotir aloqaga kirisha  olishi menga juda yoqdi. Buning sababi esa darslarda o’qituvchilar o’quvchilarga erkinlik va mustaqil fikrini tushuntirib bera olishga  sharoit yaratib berganliklari bo’lsa kerak. Amerikaliklar oilasida yashash mobaynida  shuni bildimki, o’quvchilarning muloqotda erkinligiga yana bir sabab  AQSH oilalarida ota – onalar farzandlarining  go`daklik davridan boshlab ular bilan huddi kattalardek suhbat qurushidir. Menga mezbonlik qilgan Amerikalik ota - onaning aytishicha, ular o’z farzandlarini turli xil oilaviy bazmlarga, kecha va dasturlarga olib borib ,u yerdagi odamlar bilan  muloqot qildirar ekanlar va bu holat ham bolada ko`pchilik orasida ham bemalol o`z fikrini bayon eta olish,o`zaro suhbat jarayonida o`zini tuta bilish,notanish insonlar bilan bemalol til topishib keta olish,o`z pozitsiyasiga ega bo`lish kabi ko`nikmalarning shakllanishiga yordam berar ekan.

 “Men jamiyat a’zosiman, men jamiyatga kerakman va men ozgina bo’lsa-da ,shu jamiyatning gullab – yashnashiga hissa qo’shishim kerak” degan tushuncha hozirgi kunda ko’pgina amerikalik o’quvchilarning ongiga singdirilgan. Bolalar kichikligidan boshlab jamoat ishlariga ko’ngilli sifatida jalb etiladilar. Jamoat ishlariga qatnashishga bolalarni nafaqat maktab, balki ota – ona ham targ’ib qiladi. Ota-onalar nafaqat bolasining jamoat ishlarida faolligini ta’minlaydilar, balki o’zlari ham qo’llaridan kelgancha maktabning takliflariga xayrixoh bo’lishadi va lozim bo’lsa, moliyaviy tomondan ham ko’mak beradi. Masalan, qaysidir maktab o’quvchilari o’zlari xohlagan holda qandaydir xayriya ishiga borib, u yerda birgalikda faol bo’lib mehnat qiladilar.

Bolalar kichik yoshligidan boshlab volontyor sifatida faol bo’ladilar. Safar davomida bizni muhtojlar uchun tashkil qilingan “foodbank” nomli katta do’konga olib bordilar. U yerda esa turli yoshdagi odamlar muhtojlar uchun ovqat tayyorlardilar. Barchamizni lol qoldirgan holat “foodbank” da bog’cha yoshidagi ikki bolakayning onalariga  mevalarni plastik idishlarga joylashga yordamlashib, xayriya ishlarida qatnashayotgani bo`ldi. Hayot tashvishlari, kundalik ish, o’qish, majburiyatlardan vaqt orttirib bunday tadbirlarda ota-onalar va farzandlarning chin ko’ngildan ishtirok etishi, oila a’zolarini bir-biriga yaqinlashtirib va ko’ngilda insonparvarlik tuyg’ularining yanada ulg’ayishiga turtki beradi,- deb o’ylaymiz.

Yana bir e`tiborli jihat shuki, Amerika maktablari devorlarida faqat maktab va o’quvchilar ijodi bilan bog’liq qiziqarli materiallarni topishingiz mumkin. Masalan: maktabni eng yaxshi baholarga bitirgan, maktab faxriga aylangan o’quvchilar, maktab bayrog’i, maktab shiori, maktab logotipi, o’quvchilar yaratgan loyihalar shular jumlasidan.

Maktab kutubxonalari ham maktab hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lib, kutubxona xodimlarining o’quvchilarni kitob o’qishga qiziqtirish uchun sa`yi harakatlari e’tirofga loyiq. Masalan, kutubxona xodimlari o’quvchilarning kitoblarga diqqatini tortish uchun kitob javonlari yuqorisiga eng ommabop va qiziqarli kitoblarni namoyish qilib qo’yisharkan. Yoki kitoblarni ro’yxatdan o’tkazish stolida katta jumboqli mashqlarni topishingiz mumkin. Kutubxonaga kelgan bola, albatta, bu jumboqli mashqlarning oldidan bee’tibor o’tib keta olmaydi va 500-1000 bo’lakchalardan iborat jumboqni o’zi istaganicha davom ettirib, ulardan katta shakl chiqarishga harakat qiladi. Yana bir qiziq holat shuki, kutubxonada ota – onalar yoki boshqa xayriya jamg’armalari tomonidan tashkil qilingan maxsus kitoblar javoni bo’lib, unda xayriya tariqasida maktabga sovg’a qilingan kitoblar o’quvchilar tomonidan o’z shaxsiy kutubxonalari uchun olib ketilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar va xulosalarni hayotga tadbiq etish O’zbekistonda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga ko’maklashadi .



Download 151.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling