Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja
Download 151.81 Kb.
|
1. 1.1. 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2018 yili 28 dekab) YOshlar masalasida yana quyidagi vazifalarni ilgari surdilar
- -2019 yilda jamg‘arma uchun 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish lozim;
- Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma’lumot olishning asosiy manbai Internet ekani hech kimga sir emas.
- Kuzatuv kengashi a’zolari 3 yilga saylanib, ular kamida 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak: 2 ota-ona, 2 bitiruvchi, 1 nafaqadagi o‘qituvchi, shuningdek kamida 2 homiy.
- English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT)
- Qo‘shimcha fan olimpiadalari
- Xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofoti
- Qo‘shimcha respublika fan olimpiadalari g‘oliblariga
- Qurilish
Savol tug‘iladi: “Nima uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotini oluvchilar yoshi 30 yoshgacha uzaytirildi? Bunda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan qizlarimiz o‘z tadqiqotlari natijalarini 30 yoshgacha ro‘yobga chiqara olish imkoniyati yaratilgani haqiqiy javob bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh yigitlar uchun “Mard o‘g‘lon” unvonining ta’sis etilganligi ham mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor natijalarini yaqqol ko‘rsatmoqda, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan Muhammadjon Haydarovning “Mard o‘g‘lon” unvoni bilan taqdirlangani viloyatdoshlarimiz yoshlariga katta g‘urur bag‘ishlaydi. Mamlakatimizda ishchi kuchining erkin aylanishi uchun turli hududlarda ro‘yxatda turmasdan ham ishga qabul qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi qonunchilikning yaratilishi yoshlarga yaratilgan keng imkonyatlardan biridir. Shu paytgacha O‘zbekiston fuqarosi sifatida o‘z pasportiga ega bo‘lmagan insonlar, shu jumladan yoshlarning O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishi yoshlarga katta kuch - kuvvat bag‘ishladi. Adashib yod g‘oyalarga ergashgan , ekstremistik kuchlarga qo‘shilib qolgan yoshlarga avf berilishi, ularning jamiyatga qaytarilishi hamda qayta tarbiyalanishi ham yoshlarga berilayotgan e’tiborining samarasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarni, hatto Markaziy Osiyo doirasida emas, balki Jahon miqyosida hamkorlikka chaqirdilar. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo yoshlari forumini tashkil etish, uning faoliyatiga xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonlik yoshlarni ham jalb etish haqidagi konstruktiv taklif-mulohazalarni bildirdilar. 2018 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi bu borada dastlabki qadam bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Muhtaram Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambeleyasining 72 - sessiyasida (Nyu York shahrida 2017 yil 19 sentabrda) so‘zlagan nutqida bugungi dunyo yoshlari muammolarini hal etishga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganligi dunyo ahli tomonidan e’tirof etildi. Dunyoda 2 milliardni tashkil etadigan jaxon yoshlari muammolari echimini topishga xalqaro maydonda hamkorlikda harakat qilishga da’vat etdilar hamda yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyani ishlab chiqishni taklif etdilar: “Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, uning huquq va manfatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat-BMTning YOshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni taklif etadi”,- deb Xalqaro Hamjamiyatga murojat qildilar.26 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini buyuk Imom Buxoriyning “Al Jome’ as Sahih” asarining boshlanishidayoq keltirilgan “Barcha ezgu amallar niyatga bog‘liq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadisni keltirish bilan boshlaganliklari bejiz emas. Negaki, 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ham mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2018 yili 28 dekab) YOshlar masalasida yana quyidagi vazifalarni ilgari surdilar: -YOshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida “YOshlar kelajagimiz” jamg‘armasi faolyatini kengaytirish zarur; -2019 yilda jamg‘arma uchun 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish va shu orqali 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish lozim; -Farzandlarimizning turli radikal va zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik- asosiy vazifamizdir. Bu boradagi ishlarni yangicha yondashuvlar bilan davom ettirishimiz kerak; - Jumladan, davlat xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog‘larini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini ko‘rish zarur. Ushbu bog‘lar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, “ Kitob kafelari” bo‘lishi lozim; Bugungi kunda yoshlarimizning bilim va ma’lumot olishning asosiy manbai Internet ekani hech kimga sir emas. Shu sababli tadbirkorlarni qo‘llab- quvatlagan holda, jamoat joylarida bepul “vay-fay” hududlarini tashkil etish choralarini ko‘rishimiz kerak.27 Xulosa qilib aytganda, yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasida davlat siyosatining ustuvor vazifasi bo‘lib qolaveradi. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini to’liq anglab yetgan tinglovchilar o’z ish jarayonlarida o’rganganlarini qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida belgilangan ta’lim-tarbiya sohasidagi vazifalarni bajarish uchun, avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar ularning mazmun-mohiyati bilan tanish bo’lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2016 yil 29-dekabrdagi PQ- 2707- son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PF- 5198-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4296-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini boshlab berdi. Natijada bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish 2017 yildagi 27 foizdan 2019-yilga kelib 52 foizga ko’tarildi. Maktabgacha ta’limga qamrab olish bir yilda 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. 2020 yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 60 foizga yetkaziladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi 2020 yildan boshlab tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi, bunga budjetdan 130 miliard so‘m ajratiladi, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4342-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4444-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4537-son Qarori umumiy o’rta ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, 2018-yil 10-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 823-sonli Qarorlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirishda dasturulamal vazifasini bajardi. 2020 yilda budjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi. Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz. Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur. 2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi. Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz. Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish to‘lov kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur. Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz? Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Biz bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur. Misol uchun, ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi. Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiramiz. Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi. Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilishni boshlaymiz. Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak. Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart. Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish, 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilish imkoniyatlari yaratildi. Joriy o‘quv yildan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. 2019 yilda Xalq ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar tinglovchilarga bayon etilishi lozim: 2019-yilda xalq ta’limi tizimida davlat budjetidan jami 18,1 trln so‘m ajratildi. Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 13,6 trln so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlariga 3,4 trln so‘m, boshqa xarajatlarga 1,1 trln so‘m ajratildi. 2019-2020 o‘quv yil boshidan Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shahrida Prezident maktabi ochildi. 27471 nafar iqtidorli o‘quvchi saralash imtihonida ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, har bir maktabga 144 o‘quvchi qabul qilindi. Maktabda o‘quv jarayoni “STEAM” (Science – ta’lim, Technology – texnologiyalar, Engineering- texnik ijodkorlik, Art- san’at, Mathematic- matematika) dasturi asosida olib boriladi. Bu iqtidorli yoshlarning fikrlash qobilyati, iroda va ijodiy salohiyatini oshirishga imkon beradi. Ushbu fanlar bo‘yicha darslar ingliz tilida olib borilmoqda. Tarix ona-tili adabiyot darslari tajribali pedagoglar tomonidan o‘zbek tilida o‘tiladi. Joriy yil boshida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi asosan maktab o‘quvchilarining faolligini oshirish, ularning musiqa, adabiyot, sport va san’atga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, yoshlar orasida kitobxonlik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi. 29-aprel kuni “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi“ tasdiqlandi. PISA- xalqaro baholash tadqiqotlari amaliyotga joriy etila boshladi. “Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” ko‘rik- tanlovi tashkil etilib, 2019-yilgi darsliklarni tayyyorlash bo‘yicha keng jamoatchilik vakillari, ya’ni ota-onalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar, mutaxassislar mavjud darslik va o‘quv-metodik adabiyotlardagi kamchiliklarni topish, sifatli darslik chop etish borasida taklif va mulohazalarini bildirish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lishdi. 2019-yilda iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi. Kuzatuv kengashi a’zolari 3 yilga saylanib, ular kamida 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak: 2 ota-ona, 2 bitiruvchi, 1 nafaqadagi o‘qituvchi, shuningdek kamida 2 homiy. Kegnashning vazifasiga maktab direktorini saylash, maktabning moliyaviy rejalarini tasdiqlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar monitoringi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, boshqa masalalar kiritildi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar bilimini aniqlash maqsadida Sirdaryo va Surxandaryo viloyatlarida test sinovlari o‘tkazildi. Bu kabi testlar bosqichma-bosqich barcha hududlarda o‘tkaziladi. Maqsad o‘qituvchilar bilimini aniqlash, natijalarga ko‘ra o‘qituvilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishdir. Shu kungacha 12261 nafar o‘qituvchilar o‘rtasidagi test sinovlarining birinchi bosqichi davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgandi. Ayni paytgacha yurtimiz umumta’lim maktablari o‘qituvchilaridan 8000 nafari malaka oshirdi, 27 ta maktabda xalqaro darajaga ega o‘qituvchilar dars beryapti. Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) loyihasining taqdimoti Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi umumta’lim maktablari ingiliz tili fani o‘qituvchilarinig til bilish darajasini aniqlash. Ingiliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘qituvchining “o‘quvchilarga yo‘naltirgan” (learner-centred) pedagogik mahoratni oshirishda ko‘mak berish, trener va mentorlar salohiyatini oshirshga ko‘maklashishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3- maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Xalq ta’limi vazirligida Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Unga iqtidorli o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalarda ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklatildi. Yil davomida respublikamiz bo‘ylab qo‘shimcha fan olimpiadalari o‘tkazildi. Qo‘shimcha fan olimpiadalari: Jizzax viloyatida biologiya fanidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ; Farg‘ona viloyatida kimyo fanidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi ; Buxoro viloyatida matematika fanidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ; Xorazm viloyatida fizika fanidan Ahmad-al Farg‘oniy nomidagi ; Toshkent shahrida informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha Al-Xorazmiy nomidagi ; Termiz shahrida matematika va fizika fanlaridan respublika ochiq olimpiadasi. Xalqaro, asosiy va qo‘shimcha fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ilk bor katta miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar. O‘z navbatida ularning o‘qituvchilari ham munosib rag‘batlantirildi. Xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofoti: 1- o‘rin (oltin medal) uchun – EKIHning 500 (111,5 mln so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravari miqdorida; 2- o‘rin – (kumush medal) uchun – 300 (66,9 mln so‘m), o‘qituvchisiga 250 baravar ( 55,75 mln so‘m); 3- o‘rin- (bronza medal) uchun – 200 (44,6 mln so‘m), o‘qituvchisiga; 150 baravarida ( 33,45 mln so‘m). Asosiy fan olimpiadalari Respublika bosqichi g‘oliblari va o‘qituvchilariga: 1- o‘rin uchun- 11 mln 150 000 so‘m; 2-o‘rin uchun – 7 mln 805 000 so‘m; 3- o‘rin uchun – 3 mln 690 000 so‘m; g‘oliblarning o‘qituvchilariga har oy 100% ustama to‘lash belgilandi. Qo‘shimcha respublika fan olimpiadalari g‘oliblariga: 1 – o‘rin uchun – 22 mln 3000000 so‘m; 2- o‘rin uchun- 18 mln 955 000 so‘m; 3- o‘rin uchun – 15 mln 610 000 so‘m. 2019-yilda xalqaro fan olimpiadalarida jami 8 ta medal qo‘lga kiritildi: 60- Xalqaro matematika olimpiadasi. Britaniya, Bat – 1 ta bronza; 30- Xalqaro biologiya olimpiadasi, Vengriya, Seged- 3 ta bronza; 51- Xalqaro Kimyo olimpiadasi, Fransiya, Parij- 2 ta kumush, 2 ta bronza. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”. “Milliy g‘oya” va “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlarni birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Respublikamizdagi barcha hududlar kesimida maktab bitiruvchilarining OTMga kirish darajasi tahlil qilinib. yaxshi natija ko‘rsatgan ta’lim muassasalari direktorlari rag‘batlantirilib, yomon natija ko‘rsatgan maktab rahbarlari tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limi hamda boshqarmalari rahbarlariga intizomiy chora ko‘riladi. Natijasi past bo‘lgan maktab direktorlariga ham qonunchilik doirasida intizomiy chora ko‘rish vazifasi belgilanadi. “Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi va uning ijrosining asosiy bosqichlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Qurilish: 48 ta yangi maktab quriladi va natijada 18.815 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Rekonstruksiya: 452 ta maktab rekonstruksiya qilinadi, natijada 159.279 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Ta’mirlash: 296 ta ta’mirtalab maktab zamonaviy talablar asosida ta’mirlanadi. 2030–yilgacha 4860 ta maktab “Zamonaviy maktab”ga aylantirilishi rejalashtirilgan. Yil davomida o‘qituvchilarning nufuzini ko‘tarish , ijtimoiy-moddiy ahvolini yaxshilash borasida ham amaliy ishlar qilinadi. “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga katta miqdorda pul mukofoti beriladi: 1 – o‘rin uchun- 10 mln so‘m; 2- o‘rin uchun 5 mln so‘m;
– o‘rin uchun 3 mlnso‘m . Oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan UzAvto Motors kompaniyasi o‘qituvchilarga bayram aksiyasini e’lon qildi. Ushbu bayram aksiyasida 10 323 nafar o‘qituvch mashina xarid qildi. “UMS” kompaniyasi bilan kelishuv asosida “O‘qituvchi” tarif rejalari yo‘lga qo‘yildi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining bir oylik ish haqi o‘rtacha 156 foizga oshdi (o‘rtacha ish haqi 2,04 mln so‘m). Budjetdan qo‘shimcha 3 trln so‘m ajratildi. Xalq ta’limi vazirligi “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi” loyihasini amalga oshirishni boshladi. Umumta’lim maktablari infratuzilmasini rivojlantirish borasida: 2864 ta maktabning isitish qozoni tizimi yanglandi; 138 ta maktabda zamonaviy sport zallari qurildi; 493 ta maktabning atrofi to‘liq o‘raldi; 173 ta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlandi; 579 ta maktabning hojatxonasi yangidan qurildi va mavjudlari ta’mirlandi; 106 ta maktabda ichki hojatxona ta’mirlandi va tashkil etildi; 181 ta maktabning ichki kanalizatsiya tizimi ta’mirlandi; 175 ta maktabda yangi oshxona binolari qurildi va ta’mirlandi. Download 151.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling