Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Download 151.81 Kb.
bet2/10
Sana04.07.2020
Hajmi151.81 Kb.
#122889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. 1.1. 1-mavzu


2019 yil fevral oyidan boshlab Xalq qabulxonalari muammolarni uyma uy –yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi . Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda demokratik islohotlarni izchil davom ettirishning haqiqiy tashabbuskoriga aylandi.
2017 yilning 7 fevrali Vatanimiz tarixining eng muhim sahifalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu kun-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi “ ishlab chiqilgandan so‘ng umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Turli axborot maydonlarida joylashtirildi 1310 tadan ortiq taklif va mulohaza tushdi va ular strategiyaning 41ta bandiga o‘zgartirish kiritishga asos bo‘ldi.

2017 yilda 23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-harftalik va xalqaro davra suhbati o‘tkazildi va unda 1500 dan ortiq mutaxassis , ekspert jamoatchilik, OAV, xalqaro tashkilotlarning vakillari, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik investorlar ishtirok etdilar.

Harakatlar Strategiyasini ishlab chiqishga 3 ta masala asos bo‘ldi:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida berilgan topshiriqlar;

  3. 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi.

Harakatlar Strategiyasining maqsadi: olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 110000 ta nodavlat , notijorat tashkilotlari, 10000 ta mahalla va 1326 tadan ortiq Ommaviy Axborot Vositalari faoliyat ko‘rsatayapti.

Harakatlar strategiyasining “Xavf­sizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida ham ayni masalalar qamrab olingan. Unda yurtimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan vazifalar belgilangan. Bu borada, xususan, kiberxavfsizlik sohasida axborot, me’yoriy-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, millatlar­aro munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari kontseptsiyasini hamda diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalasiga keng o‘rin berilgani bejiz emas. Chunki Bosh qomusimizning 18-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari o‘zaro inoq, do‘st bo‘lib yashab kelmoqda. Millatlararo totuvlik qaror topgan jamiyatda esa tinchlik va farovonlik bo‘ladi, shu yurtning barcha fuqarosi bir zamin, bir   Vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib harakat qiladi.

2017−2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi beshta ustuvor yo‘nalishdan iborat. Ular:



Birinchisi - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Unda asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish; jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Ikkinchisi - Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhim o‘rin olgan.

Uchinchisi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish; tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojinirag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish; viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalalarining echimi bu yo‘nalishga asos qilib olingan.

To‘rtinchichi - Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olindi.

Beshinchisi - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Aholining turli qatlamlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik tamoyillarining hayotda qaror toptirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim shartidir. Shuningdek Vatanimizning taraqqiyoti, barqarorligi masalalarining echimi ma’lum bir jihatdan chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatga ham bog‘liqdir.

Harakatlar strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat.
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish.

Bu yo‘nalish 3ta ustuvor vazifadan iborat:

1.1. Mamlakatni modernizatsiyalash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish



Bu yo‘nalish 6 ta ustuvor vazifadan iborat:

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash

2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari

Bu yo‘nalish 5 ta ustuvor vazifadan iborat:

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish

3.2. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish, uning etakchi sohalarini modernizatsiya va faol difersifikatsiya qilish

3.3. Xususiy mulk tadbirkorligini yanada rivojlantirish

3.4. Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish .

3.5. Turizm sohasini rivojlantirish

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Bu yo‘nalish 5 ta ustuvor vazifadan iborat:

4.1 Muhandislik kommunikatsiya infra tuzilmasi va aholiga qulay uy joy qurilishini rivojlantirish

4.2 Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish

4.3 Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish

4.4 Ta’lim va fan soxasini rivojlantirish

4.5 YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash , puxta , o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish

Bu yo‘nalish 2 ta ustuvor vazifadan iborat:

5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash

5.2. Puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish

“Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish mexanizmi va moliyalashtirish tizimi aniq ko‘rsatilgani bilan boshqa dasturlardan tubdan farq qiladi. Tinglovchilar tushunib etishlari kerakki, “Harakatlar strategiyasi” har yili yillarga beriladigan nomlar asosida ishlab chiqiladigan Dasturlar orqali amalga oshiriladi. Masalan , “2019 yil –Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ” Davlat dasturi 2019 yil 17 yanvarda qabul qilinib, Dasturni bajarishda umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan.

2019 yildan boshlab 45ta mamlakatning fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilash haqidagi norma kuchga kirdi. Bundan tashqari, 76ta mamlakat fuqarolari 2019 yil fevraldan boshlab elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega .7

2018 yil 28-29 iyun kunlari “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti va “Taraqqiyot strategiyasi ” markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” mavzusida xalqaro forum tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir . 2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki maxsuloti 122 milliard dollarga etkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda YaIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi , aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga olingan . Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan8 . O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi “Harakatlar strategiyasi”ni mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir. “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish davomida to‘plangan tajriba mazkur kontseptsiyaning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Eng muhimi, mamlakatimiz rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalariga erishishni nazarda tutadi. Masalan, 2019 yilning boshida turizm sohasining ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 1,4 foizni tashkil etsa, 2035 yilda uni 28 foizga etkazish rejalashtirilgan. Yoki ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 300mingtaga etkazish, tarmoqdagi bandlikni 1,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda. Shu kabi ko‘plab istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin egallashiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish natijasida O‘zbekiston xalqining farovonligi yanada oshadi. Yurtimiz rivojlangan xorijiy davlatlar qatoriga kirish yo‘lida shaxtam qadamlar tashalaydi.

Xulosa qilib aytganda, Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishi va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning mazmun-mohiyatini tinglovchilar ongi va qalbiga singdirish xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimini topishda dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.

2. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari haqida 2017 yil 30 iyunda “ Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi “ Jismoniy va ma’naviyay barkamol yoshlar - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” nomli nutqlarida atroflicha tahlil qilib berdilar “.... Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan . Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot- mamot masalasiga aylanib bormoqda. Barchamizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf -xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan etiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda”,9 -deb ta’kidladilar Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida so‘zlagan nutqida.

Shu bilan birga 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” tashkiloti yoshlar o‘rtasida ayrim ishlarni amalga oshirgan bo‘lsada, yoshlarning bugungi talab va ehtiyojlarini qondira olmaganligi, etilgan muammolarni echa olmaganligi tanqid qilindi. 2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik , 23 ming 440ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani “Kamolot” tashkilotining yoshlar bilan olib borgan ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatdi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Kamolot” yoshlar tashkiloti o‘rniga yoshlar bilan hozirgi zamon talablari asosida ish olib boradigan, mamlakatimizda yoshlarning chinakkam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot- O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etishni taklif etdilar.

Shuningdek, 30 iyun -mamlakatimizda “ Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida YOshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish taklifi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlar tayorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “ Sotsial lift” vazifasini bajarishi, bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zahirasini yaratishga qaratildi.

Shavkat Mirziyoev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini qayd etgan edi. Ko‘p o‘tmay bu masalaning tag zaminidan o‘rganish va hal etish, yuqri malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.

Avvalo maktabgacha ta’lim tizimi rivojlantirib, poydevor mustahkamlandi. Oliy ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu tizimlarni 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqildi.

Bilimli bolalarni aniqlab, chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish, talab yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab shunday ta’lim maskanlaridan biridir.

Ma’lumki, VIII-IX asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ alloma Muhammad Al-Xorazmiy matematka, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya, va boshqa fanlarga doir ko‘plab risolalar yozigan. U “nol” raqamini va o‘nlik sanoq tizimini hamda qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan va amaliyotga tadbiq etgan. Muhammad Al-Xorazmiy algebra faniga va algoritimlashtirish nazaryasiga asos solgan, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqqan.

O‘nlik sanoq tizimi, algebra va algoritmlashtirish yo‘nalishlarida dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan Sharq olimlari orasida faqat Muhammad Al-Xorazmiyning asarlari va nomi ilmiy davralarda faol qo‘llab kelinayotgan “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari asosida bajarilayotgan barcha hisoblash amallariga buyuk olim Muhammad Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda.



Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mazkur maktabni qurishga doir loyihalar bilan tanishgan edi. Yaqinda poytaxtimiz Toshkentda ushbu zamonaviy dargoh foydalanishga topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 27-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ushbu bilim muassasasi bilan tanishdi.

Maktabda keng sharoitlar, fan kabinetlaridan tashqari darslar hamda fakultativ mashg‘ulotlarni innovatsion usullarda o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Artel, UCell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari ochilgan.
Shavkat Mirziyoev ushbu sinflar, ulardagi muhit, asbob-uskunalar bilan tanishdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
– “Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O‘zbekistonning ertangi kuni uchun. Kelajagimiz zamini esa – siz, yoshlar. Ko‘zlaringdan ko‘rib turibman: sizlar bilimli, Vatanimizga munosib farzand bo‘lib yetishmoqchisizlar. Buning uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz”, dedi Prezident.

Mutasaddilarga shu kabi ilg‘or binolar andozasi asosida maktablarning qurilish loyihalarini o‘zgartirish, metodologiyani mustahkamlash orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

“Al-Xorazmiy bobomizning taffakuriga dunyo hozirgacha qoyil qoladi. Bugungi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarga u yaratgan algoritm asos bo‘lgan. Siz bundan faxrlanishingiz, buyuk ajdodimizdek qunt bilan o‘qib, doim izlanishingiz kerak”, – dedi davlatimiz rahbari yoshlarga.

Maktabda o‘quvchilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini o‘rganishi, o‘z ustida ishlab, tajriba oshirishi uchun robototexnika va sanotexnika xonalari, innovatsion va virtual laboratoriyalar tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu bilim dargohida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-park bo‘linmasini tashkil etish, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham shunday markazlar ochib, bu sohaga qiziqqan yoshlarga keng sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi bilgan bola ko‘chada bekor yurmaydi, o‘zining ishi bo‘ladi. Yoshlarimizni shunday bilimli mutaxassislar etib tarbiyalasak, oilasiga, davlatga nafi tegadi”,-dedi davlatimiz rahbari.

2019 yilda maktabning 5-11-sinflariga 680 nafar o‘quvchi matematika va chet tili sinovlari asosida qabul qilindi. Pedagogik jamoaga Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Hindistondan o‘qituvchilar jalb etilgan.

Keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalasi bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun yoshlar kuni etib belgilandi. Hozirda ittifoqqa a’zo bo‘lgan yoshlar soni 7 mln 690 mingni tashkil etadi.

Bugungi kunda barcha sohalarda bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, halol va jonkuyar yosh rahbarlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyoqarashi keng, kreativ fikirlaydigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yoshlar mas’uliyatli vazifalarga tayinlanayapti. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit va qiz saylangan, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan 84 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Yoshlar orasida “Men sizning yoningizda turib kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir”,- dedi Prezident. Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi qayd etildi.

  • Rahbarlik lavozimlariga har tomonlama munosib, tashabbuskor, menga tayanch va suyanch bo‘la oladigan yoshlarni jamlaydigan “Vatan iftixorlari” institutini joriy etsak, sizlar nima deysizlar,- dedi davlatiiz rahbari. – Bu institutning asosiy vazifasi islohotlarimiz va katta rejalarimizni yoshlarga yetkazish, joylardagi muammolarni ko‘tarish va ularni hal qilishdan iborat bo‘ladi. Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so‘z borar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, - degan so‘zlarini yodga oldi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar hokimlari va boshqa rahbarlar yoshlar siyosati masalasiga e’tiborni yanada oshirishi lozimligi qayd etildi. Jumladan jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay sharoit yaratish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish zarurligi ta’kidlandi.

“Har bir hokim, tuman yoki viloyat hokimi bo‘lishidan qat’iy nazar, sektor rahbarlari bilan birgalikda yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib olmas ekan, joylarda bu boradagi ishlarimizning natijasi samarali bo‘lmaydi”,- dedi Prezidentimiz.

Avvalo, “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tajribasini davom etirib, har haftaning bir kunini Yoshlar masalalarini yechish kuni, har 15 kunda ikki kunni faqat yoshlar bilan ishlash kuni etib, belgilash lozimligi ta’kidlandi.

Hokimlar va mutasaddi rahbarlar yoshlarning muammolari bilan tanishib, har oyda bir marta mahalliy kengashlar sessiyalarida ularni muhokama qilishi, xalq vakillariga hisobot berishi zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilar yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishi, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabini doimo o‘rganib, yechim topishi kerak. Yoshlar murojaatlarini qayd etishi va tahlilini yuritish masalalariga alohida e’tibor berib, aniq choralar ko‘rishi shart.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning har bir yo‘nalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Download 151.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling