Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi
Download 104 Kb.
|
alijan moliyaaa.
Sug‘urta – bu uning qatnashchilari o‘rtasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug‘urtani moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi. Sug‘urtaning to‘rta funksiyasi mavjud:
Tavakkalchilik. Oldini olish. Jamg‘arma. Nazorat.
Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug‘urtaviy tavakkal zarar ehtimolligi sifatida talofat ko‘rgan xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha sug‘urtaning asosiy yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisalari oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. Oldini olish funksiyasi sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismi hisobidan sug‘urta tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Hayot sug‘urtasida sug‘urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum muddatgacha sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arishda ancha yaqinlashadi. Hayot sug‘urtasi orqali pul mablag‘larini jamg‘arish oilaviy sharoitda sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini ham bajarishi mumkin. Sug‘urtaning nazorat funksiyasi sug‘urta fondini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi uch spetsifik funksiyalardan kelib chiqadi va konkret sug‘urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo‘ladi. Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv hujjatlar asosida sug‘urta amallarini to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazorati amalga oshiriladi. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling