Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi
Sug‘urta bozori va uning mohiyati
Download 104 Kb.
|
alijan moliyaaa.
2. Sug‘urta bozori va uning mohiyati
Sug‘urta bozori – bu sug‘urta holatlari ro‘y berganda jismoniy va huquqiy shaxslarni mulkiy mafaatlarini sug‘urtalanuvchilarning pul mablag‘lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. Sug‘urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug‘urtalovchilarning mavjudligidir. Sug‘urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy aspektlari bo‘yicha bo‘linishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksioner, birgalikdagi, xususiy va davlat sug‘urta tashkilotlaridan iborat bo‘ladi. Hududiy jihatdan esa milliy, mintaqaviy va xalqaro sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini qamrab oladi. Bunga O‘zbekiston sug‘urta bozorini misol qilib olishimiz mumkin, Hozirgi kunda milliy sug‘urta bozorimizda o‘ttizdan ortiq sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yiriklari davlat mulki ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular «O‘zbekinvest» EIMSK, «O‘zagrosug‘urta» DASK, «Kafolat» DASK va «Madad» sug‘urta agentliklaridir. Bulardan tashqari bir nechta chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, xususiy sug‘urta kompaniyalari ham o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Jahondagi eng yirik sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma Shtatlarinikidir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining kariyib qirq foizdan ortig‘i AQSh xissasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo-iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi bozor tushuniladi. Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug‘urta bozori tushuniladi. Sug‘urta bozori bozor munosabatlari subyektlarining mustaqilligini, ularning sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha teng huquqli hamkorligini ko‘zda tutadi. Sug‘urta bozorining subyektlari quyidagilardan iborat: O‘z manfaatlaridan kelib chiqib sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni sotib oluvchilar (sug‘urta qildiruvchilar). Bunday xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar (sug‘urtalovchilar). Mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (Sug‘urta agentlari va brokerlari). Sug‘urtalangan shaxslar (sug‘urtalanuvchilar). Manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar). Uchinchi shaxslar. Ichki sug‘urta bozorini moliyaviy tarkibini sug‘urta tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. Sug‘urta bozorining asosiy vazifasi sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish (marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini sotish, maqsadga muvofiq va egiluvchan tarif siyosatini olib borish, o‘z infratuzilmasini tartibga solish hisob-lanadi. B Reklama ozorning tashqi o‘rami bu – bozorning ichki tizimini qamrab turuvchi va unga ta’sir o‘tkazuvchi birgalikda harakat qiluvchi kuchlar tizimi (davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaning inflyatsion holati, valyuta kursi va b.). Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling