Moliya mohiyati va vazifalari


Download 38.81 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi38.81 Kb.
#1531619
  1   2
Bog'liq
Moliya mohiyati va vazifalari



Moliya mohiyati va vazifalari
Takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelib, rivojlanadigan turli xil o’zaro bog'liq aloqalar pul vositasida amalga oshiriladi. Pul vositasida takror ishlab chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o'tiladi hamda ma'lum bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy fondlar vujudga keltiriladi. Bu fondlar o‘z navbatida takror ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishini va uning kengaytirilishini ta’minlaydi. Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo'jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy xo‘jaliklari va davlatning pul mablaglari fondini tashkil etadi. Pul fondlarining hosil bo`lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Biz bu bobda moliya tizimi, uning asosiy bo‘g‘ini bo`lgan davlat byudjeti va byudjet mablag‘larining shakllanishida soliqlarning rolini qarab chiqamiz.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo, davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari. ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag`lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog`liq bo'ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar hamda yuridik muassasalar o‘rtasida o'zaro munosabat va aloqalarni o'rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi ustidan o‘zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o'sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini. tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi. Shunga ko`ra, moliya — pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul mablag`lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi
Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu moliya resurslari yoki moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi:
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo`ladi. Milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to`lovIari, aksiz yig‘imlari kabilar orqali davlat qo‘lida to‘planadi. O`z qo‘lida to‘plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, maorif, nafaqa va stipendiyalarni to`lash va boshqalar), daromadlarning me’yordagi darajasini ushlab turish, milliy mudofaani ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni bilan, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo`lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil etadi. Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi. Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo`li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablagMarining asosiy markazlashgan fondi boMmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo`lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti — bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o'tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi tashkiliy tuzilmalar majmui mamlakat byudjet tizimini namoyon etadi. Mazkur tizim eng awalo, mamlakatning davlat tuzilishi xususiyatiga bog`liq boMadi. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda byudjet tizimi ikki darajali - davlat va mahalliy byudjetdan iborat bo`ladi. Federativ davlat tuzilishiga ega bo`lgan mamlakatlarda (masalan, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya) yana oraliq bo‘g‘in - shtatlar, federatsiya subyektlari va boshqa tegishli ma’muriy tuzilmalar byudjetlari mavjud bo`ladi. Davlat byudjetining ikki tomoni bo`lib, bir tomonda byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa, asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan iborat bo‘lib, bunday bo‘linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to`laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o‘z hududidagi korxonalar daromadi. aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Mahalliy byudjet daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar hisobiga ham to`ldiriladi. Mahalliy byudjet mablag‘lari tegishli hududda ta’lim. sog'liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilishi va shu kabilarga sarflanadi. Davlat mol-mulk va shaxsiy sug'urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulk va shaxsiy sug'urtalarga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug'urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil etishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va boshqa ilmiy-ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo`ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai tashkilotga a'zolik to'lovlari va davriy badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, homiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag`lardan iborat bo'ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondlari ham alohida o‘rin tutadi. Bu fondlar turli xo‘jalik subyektlari hamda aholining pul mablag'larini aniq bir maqsad yo`lida birlashtiradi va ishlatadi. Mazkur fondlarga respublikamizda faoliyat yuritayotgan “ Mahalla”, “ Navro‘z”, “Orol”, “ Ulug'bek” singari fondlarini rnisol qilib ko‘rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o'tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug'urta (ijtimoiy sug'urta, tihbiy sug‘urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya, aholini ish bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga ko'mak berish fondlari va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
Davlat byudjet ining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo`lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko'p bo’lib, ularning ichida. davlatning jamiyat hayotini barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Byudjet taqchilligining o'sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YalM)ga nisbatida aniq namoyon boladi.
Byudjet taqchilligining o‘zgarishi xo'jalik kon'yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi. O'rnatilgan xalqaro standartlarga ko'ra, byudjet taqchilligi YalMning 5 foiz darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog'ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug‘urta. ishsizlik bo'yicha sug‘urtalash, pensiya fondlari) dan qarz olish ko’rinishidagi davlatning ichki va tashqi qarzlari hisobiga qoplanadi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko'rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi.

Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling