Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Download 30.94 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi30.94 Kb.
#1303736
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot hisoboti Azizbek Jur\'atbek o\'g\'li


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI


IQTISODIYOT FAKULTETI


MOLIYA KAFEDRASI


MALAKA AMALIYOTI BO‘YICHA


HISOBOT


Amaliyot bazasi:__________________________________________________


_________________________________________________________________
Kafedraga topshirilgan sana ____ _________2021 yil


Himoya qilingan sana ____ _________2021 yil


Hisobot himoyasiga qo‘yilgan baho _________________


Bajardi: “Moliya” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs, M-163-19 guruh talabasi
_____________________________________________________________


Amaliyot rahbari: Moliya kadedrasi katta o’qituvchisi M.Dustova
Qarshi – 2021 yil
Kirish
Qarshi shahar moliya bo’limi haqida statistik ko’rsatkichlar va ma’lumotlar berishdan avval moliya va moliya tizimi haqida tushunchani ko’rsatamiz. Moliya markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan transfertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi.
Moliya tizimi iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taaluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari;

  • korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subʼyektlari ishtirokchilari;

  • moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar);

  • moliya institutlari va davlatning moliya idoralari moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar.

Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-byudjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.
Qashqadaryo viloyat mahalliy byudjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish.
Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish.
Byudjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi.
Berilgan vakolati doirasida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik sub’ktlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi.

Qarshi moliya bo’limining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy byudjetning ahamiyati.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son va “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son farmonlarini ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda Vaqtinchalik nizom deb ataladi) 1-ilova muvofiq;
Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vaqtinchalik nizom talablarining so‘zsiz bajarilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mavjud resurslarni safarbar etish bo‘yicha kunlik monitoring olib borilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishiga, shuningdek davlat maqsadli dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Vaqtinchalik nizom doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari davlat soliq xizmati, moliya organlari va boshqa tegishli mahalliy organlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha manbalarni izlash va shu asosda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha faoliyat muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishning qo‘shimcha zaxiralarini izlash va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalarini hisobga olgan holda soliq tushumlarining aniqlashtirilgan prognozlarini keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga yetkazish uchun vazirlikning markaziy apparatidan malakali mutaxassislarni har oyda joylarga yuborsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini kuchaytirsin, bunda quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tiborni qaratsin:
soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati ustidan joyning o‘ziga chiqib nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarga har kungi yo‘l-yo‘riq berishni o‘z ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
lavozim vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilishning, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar va naqd pul tushumi xronometrajini o‘tkazish davomida funksional vazifalar lozim darajada bajarilmasligining hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslikning oldini olish va buning uchun qonunchilik doirasida qat’iy jazolarni qo‘llash.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hudud va har bir soliq to‘lovchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha doimiy yangilab boriladigan to‘liq ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini, shuningdek tuman (shahar) darajasida axborot tizimlarining samarali va uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hisobot davri yakuni bo‘yicha Vaqtinchalik nizom bajarilishini tanqidiy tahlil qilsin, keyinchalik qo‘shimcha zaxiralarni topish va shu asosda mahalliy budjetning daromad bazasi kengaytirilishini barbod qilgan yoki o‘zini chetga olgan davlat soliq xizmati va moliya organlarining hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni ko‘rsin.
Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari parametrlarining so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorlik qilishini tartibga soladi va vazifalarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari tomonidan har oyda joylarga chiqqan holda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalaridan kelib chiqib qo‘shimcha zaxiralarni izlash natijalari va shu asosda tuman budjetining daromad bazasini kengaytirish hisobga olingan holda budjetlar daromadlarining aniqlashtirilgan prognoz parametrlari shakllantiriladi hamda ijro uchun tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga (keyingi o‘rinlarda moliya bo‘limlari deb ataladi) yuboriladi.
Mazkur Vaqtinchalik nizomning bajarilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi asosiy e’tiborni soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati ustidan nazoratni joyiga chiqqan holda amalga oshiradigan mansabdor shaxslarga har kuni yo‘l-yo‘riq berishni, lavozim vakolatlari shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilinishi, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazishda funksional majburiyatlarga rioya etilmaslik holatlarini bartaraf etish va qonunchilik doirasida qat’iy jazolashni o‘z ichiga qamrab oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda tizimli nazorat qiladi hamda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Mahalliy budjetlar daromadlar qismini shakllantirish masalalari bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari har oyda ishlab chiqarish dinamikasi va tendensiyalariga, hajmlarining o‘zgarishiga, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ochilishiga va soliq to‘lovchilarning sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va majburiy ajratmalar tushumlari prognozining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda moliya bo‘limlari aniqlangan qo‘shimcha tushumlar manbaini, shu jumladan aniqlangan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’lumotlar bazasida hisobga olinmagan soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.
Moliya bo‘limi rahbari har chorakda oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet parametrlari prognozini tasdiqlatish uchun tumanlar hokimlariga kiritadi, keyinchalik tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga ijro etish uchun yetkazadi.
Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, mas’ul xodimlar va oyma oy taqsimlangan mahalliy budjet daromadlari parametrlarining prognozi ilova qilingan o‘zaro hamkorlik natijalari bo‘yicha tayyorlanadigan hujjatlar shakllari belgilangan tuman (shahar) moliya bo‘lim va davlat soliq inspeksiyasining qo‘shma buyrug‘i asosida tashkil etiladi.
Tumanlar moliya organlari va davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro hamkorligi:
jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilarni va tushumlarni to‘liq qamrab olishni;
bozorlar va savdo komplekslari faoliyatidan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq tushumlarini to‘liq qamrab olishni;
investitsiya loyihalarini, Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobidan tushumlarni oshirishni;
faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash hamda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashni;
debitorlik va kreditorlik qarzlarning o‘sishini qisqartirishni va mahalliy budjetlarga tushumlarni oshirishni ta’minlash ishlarini olib borish doirasida amalga oshiriladi.
Tuman moliya bo‘limi va nazorat-taftish boshqarmasi xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha zaxiralar to‘g‘risidagi axborotlarni alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda taqdim etadilar. Bir vaqtning o‘zida soliqlar va to‘lovlar manbalari, to‘lovchilar, hisobga olinmagan soliq solish obyektlari, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha aniqlangan zaxiralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga to‘lovlarni undirish va hisobga qo‘yish choralarini ko‘rish uchun yuboriladi.
Moliya bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi aniqlangan qo‘shimcha manbalarni soliq solish bazasiga kiritish bo‘yicha barcha choralarni ko‘radi va ko‘rilgan choralar bo‘yicha alohida shaklda ma’lumotlarni yozma tarzda yoki elektron shaklda moliya bo‘limiga taqdim etadi.
Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek iqtisodiy kompleksning boshqa bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizom ijrosini ta’minlash uchun har kuni tezkor xizmat yig‘ilishlari o‘tkaziladi.



Download 30.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling