Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi
Investitsiya loyihalarini va Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga tushumlarni ko‘paytirishni ta’minlash chora-tadbirlari
Download 30.94 Kb.
|
Amaliyot hisoboti Azizbek Jur\'atbek o\'g\'li
Investitsiya loyihalarini va Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga tushumlarni ko‘paytirishni ta’minlash chora-tadbirlari
Investitsiya loyihalari va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik doirasida davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari tegishli yil uchun tasdiqlangan investitsiya loyihalari va Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalarning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tuman (shahar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga har tomonlama ko‘maklashadilar. Davlat soliq xizmati organlari va moliya bo‘limlari xodimlari investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishga ko‘maklashish doirasida bir ish kuni davomida o‘rtacha 2 ta obyektlarni o‘rganadi. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari investitsiya loyihalari va mahalliylashtirish loyihalarining bajarilmayotganligi, ortda qolayotganligi sabablarini o‘rganadilar va o‘rganish yakunlari bo‘yicha qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniq takliflar kiritadilar. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari loyiha tashabbuskorlari, shuningdek tuman (shahar) tijorat banklari, moliya bo‘limlari, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda aniqlashtirilgan tarmoq jadvallarining bajarilishi, shuningdek tegishli quvvatlarning ishga tushirilishi ustidan ta’sirchan monitoring o‘rnatadi. Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bir ish kuni davomida faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarga (kamida 2 ta) boradilar va o‘rganadilar hamda o‘rganish yakuni bo‘yicha mazkur korxonalarning ro‘yxatini tuzadilar, ularning faoliyati bo‘yicha materiallarni yig‘adilar va tuman (shahar) moliya bo‘limlariga hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga taqdim etadilar. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari korxonalarning faoliyat yuritmaslik sabablarini aniqlaydilar va ular faoliyatini tiklash bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniq takliflar kiritadilar. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari korxona muassislari, shuningdek bank, iqtisodiyot va moliya organlari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash chora-tadbirlarini tashkil etadilar va ularning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan monitoring o‘rnatadilar. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlariga qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlarini aniqlashda, keyinchalik ularning ro‘yxatini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qarori bilan tashkil etilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) kiritishda ko‘maklashadilar. Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari mulkdorlari tomonidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida Komissiya xulosasi asosida: soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari — yuridik shaxslarning soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tishini; o‘zlariga tegishli qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘ini va yer solig‘ini ikki karra oshirilgan stavka bo‘yicha to‘lashlarini ta’minlaydilar. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tegishli tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yakunlari bo‘yicha past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning ro‘yxatini tuzadilar, ularning faoliyati bo‘yicha materiallarni yig‘adilar va tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlariga axborot taqdim etadilar. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha korxonalar faoliyatining past rentabelligi va zarar ko‘rib ishlashi sabablarini o‘rganib, keyinchalik tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritadilar. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning muassislari va rahbariyati, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini ko‘radi. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari tomonidan har kunlik asosida: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holati tahlil qilinadi va ularni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi; ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzlarini qisqartirish ishlari amalga oshiriladi; yetkazib berilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni to‘liq undirish va noreal qarzlar hosil bo‘lishi holatlarining oldini olishga qaratilgan korxonalarning o‘zaro hisob-kitoblari tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha ma’lumot va takliflar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 182-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash hududiy komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Tegishli muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash hududiy komissiyasi har oyda tarmoqlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarning holatini, shuningdek tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari takliflarini ko‘rib chiqadi. Tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari, moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlarni o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘li bilan budjet parametrlari ustidan monitoring olib boradi. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘li bilan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam beradilar. Soliq to‘lovchilarga soliq solish va soliq majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, mavjud soliq imtiyozlari va pereferensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan keng tushuntirish ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar orqali yetkaziladi. Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari va davlat soliq inspeksiyalari mahallalarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga soliq solish masalalari yuzasidan maslahatlar beradilar, soliq tushumlari mohiyatini va soliq majburiyatlari bajarilishini tushuntiradilar. Download 30.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling