Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo’jalik sub’ektlari qat’iy yo’riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy hujjatlar bo’yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o’ylashga to’g’ri kelmagan. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko’rish mumkinligi aniq bo’lgan. Ko’rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi hollarda turli xil yo’qotishlar bilan birga byudjet mablag’lari hisobidan qoplangan. - Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo’jalik sub’ektlari qat’iy yo’riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy hujjatlar bo’yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o’ylashga to’g’ri kelmagan. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko’rish mumkinligi aniq bo’lgan. Ko’rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi hollarda turli xil yo’qotishlar bilan birga byudjet mablag’lari hisobidan qoplangan.
- Hozirgi zamonaviy xo’jalik yurutuvchi korxonalar faoliyatini risksiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo’q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog’liq bo’lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Moliya amaliyotida riskni umuman yo’q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko’ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko’rish lozim.
Moliyaviy risklarning tasniflanishi: - Bozor riski;
- Kredit riski;
- Valyuta riski;
- Inflyatsiya riski;
- Investitsiya riski;
- Foiz riski;
Bozor riski Bozor risklari mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va bozoridagi ishbilarmonlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Bozor riski o’z tarkibiga valyuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini o’z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o’zgarishlar natijasi hisoblanadi. Bozor risklarini keltirib chiqaruvchi risklarga quyidagilar kiradi: - Iqtisodiy va siyosiy risk;
- Qonunchilik bilan bog`liq risklar;
- Valyuta riski;
- Tovar narxi risklari;
- Foiz riski;
- Moliya bozori riski.
Do'stlaringiz bilan baham: |