Moliya Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi


Kredit riski tarkibiga quyidagi risklarni kiritish mumkin


Download 16.7 Kb.
bet4/7
Sana03.06.2024
Hajmi16.7 Kb.
#1841955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi

Kredit riski tarkibiga quyidagi risklarni kiritish mumkin:

  • Kreditni o’z vaqtida qaytarmaslik bilan bog’liq risk. Bu risk qarz oluvchining kredit shartnomasining shartlarini bajarmasligi bilan bog’liq.
  • Kredit tanasi va foizlarni muddatida qaytara olmaslik natijasida kredit tashkilotii likvid mablag’larining kamayishiga olib kelishi bilan bog’liq risk.
  • Kreditni ta’minlash bilan bog’liq risk. Bu risk turi kredit uchun qo’yilgan garovni sotishdan tushgan mablag’ ajratilgan kreditni qoplash uchun yetarli emasligi bilan bog’liqdir, natijada kredit tashkiloti o’z talabini to’la qondira olmaydi.
  • Qarz oluvchining ishbilarmonligi bilan bog’liq risklar. Bu risk korxonaning ish faoliyati bilan bog’liq bo’ladi (sotib olish, ishlab chiqarish va sotish). Ammo boshqa risklardan farqli o’laroq bu riskka korxona raxbari bilan bog’liq bo’lmagan omillar ham ta`sir ko’rsatadi, masalan tarmoqning rivojlanishi. Bu riskning hajmini investitsion dastur va ishlab chiqaradigan mahsulot turi hamda sifati belgilaydi.

Valyuta riski

Valyuta riski - tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslarining o’zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar yoki daromad olish tushuniladi.

Valyuta riski doimo tebranib turadi. Bir vaqtning o’zida ham zarar, ham foyda ko’rishimiz mumkin.

Valyuta riskini 3 turga ajratish mumkin, ya’ni:

  • Operatsion valyuta riski;
  • Translyatsion valyuta riski;
  • Iqtisodiy valyuta riski.

Operatsion risk - Asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag’lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Operatsion risk - Asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag’lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Download 16.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling