Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarning mazmuni moxiyati


Download 0.69 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1587753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jumayev Shodmon

Moliyaviy oqimlar budjeti. Malum bir aniq sanada istiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkonyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar budjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi.Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining xarajatini nazorat qilish, ular dinamikasini baxolash va bashoratlash imkonini beradi.
Moliyaviy oqimlar budjeti bu korxona to’lovga qobilligining kengaytirilgan koeffisenti,demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi)o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa,unda korxona to’lovga qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar qismi)chap tomonidan oshsa,u holda korhona to’lovga qobil emas xisoblandi. Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi Moliyaviy resurslar fondining nimaga mо‘ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli Moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi Moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir.

Moliyaviy oqim sifat jihatidan boshqarish metodlari o‘zining sifat mazmuniga kо‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq



byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga kyeladi



tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xо‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi





nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi



    1. chizma. Moliyaviy oqim sifat jihatidan boshqarish metodlari 3


  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling