Moliya tizimi. Moliya mexanizmi
Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati
Download 11.97 Kb.
|
Moliya tizimi. Moliya mexanizmi-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi
Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati
Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir. Moliyaviy resurslar mikro va makro resurslarga bo`linadi. Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi. Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish subyektlariga tegishli bo`lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag`laridan iborat. Moliyaviy resurslar shakllanishiga ko`ra guruxlanadi : O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ; Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ; Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va boshqalar). Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga qo`yidagilar kiradi: Asosiy faoliyatdan foyda moliyaviy faoliyatdan foyda boshqa operatsiyalardan foyda maqsadli tushumlar va boshqalar. Korxonaning qarzga olingan mablag`lari jumlasiga bank kreditlari va boshqa ayrim qarzlar kiradi. Korxonaning moliya bozoridagi ishtiroki asosida aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotish orqali mablag`lar kelib tushadi. Bundan tashqari moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash natijasida, sug`urta kompaniyasi va boshqalardan pul resurslari, budjet subsidiyalari va boshqa resurslar ko`rinishida ham kelib tushadi. Xo`jalik yurituvchi subyektlar mavjud moliyaviy resurslardan qanchalik samarali foydalanishni ta`minlasa shunchalik yuqori natijalarga erishish imkoniyati yaratiladi. Resurslarni iqtisod qilish muammolari to`g`risida gapirganda, moliyaviy resurslarni tejash, berilgan kreditlarni o`z vaqtida qaytarilishi masalasiga ham aloxida e`tibor qaratish xarur – degan edi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 fevraldagi yig`ilishidagi ma`ruzasida. Download 11.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling