Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: - Davlat budjeti loyixasini tayyorlash
- Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish.
- Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish.
- Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar.
Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati. - Moliya o`z vazifalarini ma`lum moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bu vositalarning asosini moliyaviy resurslar tashkil etadi. Korxonaning modiyaviy resurslari bu pul daromadlari va mablag`larining tushumi bo`lib, xujalik subyektining har xil moliyaviy majbutriyatlarni bajarish, xarajatlarni moliyalash, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, korxona xodimlarini moddiy rag`batlantirishni ta`minlash uchun manba`dir.
Moliyaviy resurslar mikro va makro resurslarga bo`linadi. - Makroresurslar umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet tarkibida yoki budjetdan tashqari jamg`armalar tarkibida tashkil topadi.
- Mikroresurslar markazlashmagan resurslar hisoblanib, ular korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida bo`lib, xo`jalik yuritish subyektlariga tegishli bo`lgan yoki ular tomonidan qarzga olingan pul mablag`laridan iborat.
Moliya siyosati - Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.
- Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |