TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 2-KURS TALABASI ERGASHEV SHERZODBEKNING MOLIYA ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI. MAVZU:O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYA TIZIMI. Reja: - Moliyaning mohiyati va funksiyalari.
- Moliya tizimi.
- Moliya tizimini boshqarish.
- Moliyaviy resurslarning mohiyati va ahamiyati.
- Moliya siyosati
Moliyaning mohiyati va funksiyalari - Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida Xalq xujaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
- Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi.
- Moliya lotincha «Finansia» so`zidan olingan bo`lib pul hisob-kitoblarini bildiradi.Moliya so`zi dastlab XIII asrda Italiyada, keyin davlatning daromad va harajatlarini mohiyati sifatida XVI asrda Fransiyada ishlatilgan.
- Hozirgi vaqtda Moliya –Yalpi ichki maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida turli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishdagi pul munosabatlar hisoblanadi.
- Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo o`rtasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.
- Moliyaviy munosabatlar-bu iqtisodiyot subyektlarning moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari.
Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo`lgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta`minlash maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. - Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo`lgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o`z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan ta`minlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta`minlash maqsadida.markazlashgan pul jamg`armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |