Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir. - Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yig`indisi bo`lib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo`li bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamg`armalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni ta`minlashdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bo`lib korxona, birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. - Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bo`lib korxona, birlashma va Xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg`armalari va moliyaviy rusurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog`lik bo`lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
- Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.
Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat. Moliyaviy siyosat - Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta`minlash yuzasidan moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan siyosat. Moliyaning turli darajalari: - Mikromoliya - bu firmalar, davlat va jamoat tashkilotlari moliya tizimini boshlang`ich va asosiy bug`ini hisoblanadi. Mikromoliyaning muhimligi ularda moddiy boylik yaratiladi. Ularning faoliyati jamiyatning iqtisodiy axvolini shakllantiradi. Uning asosiy resurslari bo`lib foyda, ish haqi, aksiya va obligatsiyalar, kredit,sug`urta to`lovi, subsidiya va boshqalar hisoblanadi.
- Korxona qanchalik yaxshi ishlab foydali faoliyat ko`rsatsa,uni moliyaviy faoliyati shunchalik yaxshilanadi, soliqlar va boshqa to`lovlarni to`liq va o`z vaqtida amalga oshirishda har xil fondlarni tashkil etishga, xodimlarni rag`batlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, xayriya va boshqalarga imkoniyat yaratiladi.
- Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi davlat moliyasidan iborat.U umumdavlat moliyasi bo`lib,unga davlat budjeti, ijtimoiy sug`urta jamg`armasi, boshqa maqsadli jamg`armalar kiradi.
- Metomoliya – bu xalqaro doiradagi moliya bo`lib davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |