Moliya tizimi reja: Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari


Moliya – bu pul mablag’larining harakatini, ya’ni turli darajada pul fondlarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonini ifodalaydi


Download 24.96 Kb.
bet2/8
Sana29.03.2023
Hajmi24.96 Kb.
#1306837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklar-fayllar.org

Moliya – bu pul mablag’larining harakatini, ya’ni turli darajada pul fondlarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonini ifodalaydi.



Moliyaviy munosabatlar – bu pul mablag’larining harakati bilan bog’liq ravishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir
.
Moliyaviy munosabatlar ko’p qirrali bo’lib, pul mablag’larining harakatida turli daraja va shakllarda ishtirok etuvchi iqtisodiyotning barcha sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Bular:
davlat bilan turli mulkchilikka asoslangan korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
davlat bilan aholining turli qatlamlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
korxonalar bilan korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
korxonalar bilan uning xodimlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
davlat bilan ijtimoiy, jamoat va xayriya tashkilotlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar.
Moliyaning asosiy belgilari
pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar shaklida ifodalanadi
ekvivalent ayirboshlashsiz va qaytarilishsiz taqsimlanadi
YaMM (YaIM, milliy daromad)ni omilli daromadlar va maxsus fondlarga taqsimlaydi hamda qayta taqsimlaydi
Moliyaviy ta’minlash .
1. Bunda moliya takror ishlab chiqarishni iqtisodiy jarayonlarni va tadbirlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi
Taqsimlash
2. Bu vazifasi orqali moliya milliy daromadning bir qismini soliqlar, renta, boj to’lovlari, aktsizlar va boshqa yig’inlar shaklida birlamchi taqsimlaydi hamda ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar, daromadlar darajasini ushlab turish, mudofaa, boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlari uchun qayta taqsimlaydi.
Rag’batlantirish
3. Bunda moliya iqtisodiy faollikni soliq imtiyozlari, subsidiya, dotatsiya va subventsiyalar yordamida rag’batlantiradi.
Nazorat qilish
4.Bu vazifa moliyaviy resurslardan foydalanish va moliyaviy intizomga rioya qilish moliyaviy muassasalar nazorati ostida bo’lishini anglatadi.

Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling