Moliya va kredit
Download 1.03 Mb.
|
Investitsiya
Depozit sertifikati (ingl. Certificate of deposite) – bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz.
O’zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin 1994 yildan boshlab sertifikatlar ikki turda chiqarila boshlandi: depozit sertifikatlari – yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga; depozit (jamg’arma) sertifikatlari – jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga. Veksel (nemischa Wechsel so’zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko’rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to’lash majburiyatini ifodalovchi hujjat. Oddiy vekseldan farqli o’laroq, o’tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:
veksel beruvchi (trassant); veksel bilan birga u bo’yicha to’lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki haridor (yoki veksel egasi); to’lovchi (trassat), unga veksel egasi to’lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to’lang" degan so’z bilan ifodalanadi). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling