Moliya va kredit
Hosilaviy moliyaviy vositalar
Download 1.03 Mb.
|
Investitsiya
Hosilaviy moliyaviy vositalar - o’z egalarining boshqa qimmatli qog’ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog’ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar.
Hosila qimmatli qog’ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko’pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida Aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosila qimmatli qog’ozlar optsionlar, fyucherslar va varrantlar ko’rinishida chiqarilishi mumkin. Optsion (nemischa option co’zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarini optsionda ko’rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz. Optsionning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog’ozning o’zini harid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo’ladi. Bunda u o’zining harid qilish yoki sotish xuquqidan foydalanishi yo bo’lmasa, undan voz kechishi mumkin. Optsionning turlaridan biri varrant (varrant ) hisoblanadi. fyuchers (futures) - o’zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz. Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog’ozlarga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin. Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo’yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo’ldan boshqa qo’lga zudlik bilan o’tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyuchersning o’ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuvchilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo’qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin.
10.3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni va roli tahlili Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o’rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali echim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog’liq bo’ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling