Moliya va kredit


-rasm. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari


Download 1.03 Mb.
bet74/123
Sana03.11.2021
Hajmi1.03 Mb.
#170401
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
Investitsiya

9.1-rasm. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari63
Investitsiya loyihalarini qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish moliyalashtirishning ssuda vositalaridan foiz to’lash hisobiga foydalanishni xususiyatlovchi usulga asoslanadiki, uning miqdori mahsulot hajmi va korxona foydasi bilan bevosita bog’langan. Ssuda yordamida moliyalashtirish olinadigan qarz qaytarilishi ta’minlanishi uchun mulkiy aktiv bo’lishini talab etadi. Aksiyalar chiqarish yordamida moliyalashtirish uning oldindan ta’minlanishini talab etmaydi, biroq, sarmoyachi uchun korxona mulkiga ma’lum miqdorda egalik qilish huquqini beradi. Investor o’z ulushiga mos tarzda korxona foydasida va aktivlarni boshqarishda qatnashadi.

Ko’pincha, korxonani moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.

Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo’lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bu usulda amalga oshirishda kredit uchun foiz to’lovlari, kreditlarning qaytarilish muddati va tartibini hisobga olish lozimki, bu omillar o’ta qattiq shartlarda qo’yiladi.

Qarz mablag’larini banklardan tashqari yana turli moliya-kredit institutlari (lizing kompaniyalari, ipoteka banklari, ishlab chiqarish zaxiralari yoki debitorlik qarzlari evaziga moliyalashtirish bilan shug’ullanuvchi ulgurji mol etkazuvchi tashkilotlar yoki faktoring kompaniyalari) ham berishlari mumkin.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning umumiy summasi asosiy (loyiha-qidiruv ishlari, maydon tayyorlash, qurilish, texnologiya hamda uskuna-jihozlar sotib olish, montaj, xodimlarni o’qitish va boshqalar) va aylanma (xom ashyo, materiallar, chetdan xarid qilinadigan yarim fabrikatlar, yoqilg’i, energiya, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlari va boshqalarni) kapitalga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi.

Shunday qilib, investitsiya faoliyati o’zining aniq tasniflash mezonlari va yo’nalishlariga ega bo’lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:



– qimmatli qog’ozlar bozori orqali moliyalashtirish;

– xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;

– tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag’lari hisobidan ulush qo’shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;

– sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;

– investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;

venchurli moliyalashtirish;

– korporativ moliyalashtirish;

– lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish – yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) – kapital qo’yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar – ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday moliyalashtirish, asosan, innovatsion banklar va venchur firmalari (fondlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlariga xos bo’lgan aralash shakldagi moliyalashtirish, xo’jalik sub’ektlari va aholining bo’sh mablag’larini to’g’ridan-to’g’ri investitsiya ob’ektiga yo’naltirish, byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari evaziga moliyalashtirish kabilarni ham kiritish mumkin.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling