Moliya va kredit


Download 1.03 Mb.
bet87/123
Sana03.11.2021
Hajmi1.03 Mb.
#170401
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123
Bog'liq
Investitsiya

Murakkab foizlar. Bir muncha murakkab holatni foizlarning kapitalizatsiyasini hisobga olib ko’ramiz. Shunga o’hshash murakkab antisipativ stavka uchun quyidagi ifodani olish mumkin:

P=S(1-d)n

Bunda orttirish ko’paytiruvchi sifatida quyidagi ifoda bo’ladi:





Agar qimmatli qog’ozlar daromadliliklarini solishtirishda alterna-tiva sifatida bankdagi depozit qo’yilma daromadliligi tanlansa, unda daromadlilikning alternativ metodini hozirgi vaqtgacha keng qo’llanib kelayotgan pul oqimlarini diskontlash metodi bilan mos kelishini ko’rish mumkin. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim66:

• bazaviy sifatda qabul qilingan tijorat banklarining depozit stavkasi miqdori to’g’risida;

• bankda pullarni oddiy yoki murakkab foiz stavkalarda hisoblab borish sxemasi to’g’risida.

Birinchi savolga javobni odatda quyidagicha ifodalaydilar: “bazaviy sifatda ishonchli va barqaror ishlayotgan bank stavkasini tanlash lozim”. Ba’zan bazaviy stavka sifatida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi olinadi. Lekin bu stavka o’zining bozor tomonidan belgilanmas-ligi, balki Markaziy bank tomonidan bozorga ta’siri ko’rsatish uchun qo’llanishi bilan qoniqtirmaydi. Ammo ko’p masalalarni echishda yordamga mahsus belgilanadigan bank stavkasi kelishi tufayli, uni baza sifatida olish lozim.



Daromadlilikning ichki stavkasi. Masalaning qo’yilishi quyidagicha: qo’yilmaning joriy va kelajakdagi bahosi ma’lum; hozirdagi ma’lum investitsiyalar kelajakda belgilangan bahoni ta’minlovchi bank foiz daromadining depozit stavkasi noma’lum. Daromadning ichki stavkasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:



Pul oqimlarini diskontlash. Ma’lumki, pul oqimlari - bu investor-larning pul shaklida qilgan investitsiyalaridan har hil vaqtda olgan daro-madlari. Diskontlash investitsiyalarning kelajakdagi bahosini ularning joriy bahosiga keltirilishini ifodalab, har hil vaqt va turli shartlarda qilingan investitsiyalarning har hil turlarini o’zaro solishtirish imkonini beradi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling