Moliya va kredit


Yetkazilgan moddiy zararning o’rni


Download 0.84 Mb.
bet5/12
Sana15.04.2020
Hajmi0.84 Mb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moliya va kredit


Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.

1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa,

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



1928-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish

Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

1.3. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 184-moddasi to’rtinchi qism bilan to’ldirilib, unga ko’ra birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi belilandi.

2. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlarni tashkil etish va o’tkazish borasida qonun hujjatlariga quyidagicha o’zgartirishlar kiritildi:

2.1. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 39-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

Kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta, faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan o’tkazilishi mumkin.

Хususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo’jaliklarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilmaydi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish muddatlari o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlarni o’tkazish muddatlari o’n kalendar kundan oshmasligi kerak.

Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv o’tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o’tkazish boshlanishidan kamida o’ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruv o’tkazish muddatlari va predmetini ko’rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, ular tekshiruvlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya


va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining o’tkazilayotgan tekshiruvlari ularning to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun to’siqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining so’roviga ko’ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Qo’zg’atilgan jinoyat ishlari bo’yicha tekshiruvlar ularni o’tkazishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ushbu huquqning rad etilishi hollari bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Tekshirish boshlanishidan oldin, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tadbirkorlik sub’ektining vakolatli vakiliga uning tekshirishda ishtirok etish uchun advokatni jalb etish yoki uning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntiriladi, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat xizmatlaridan foydalanish huquqining rad etilishi tadbirkorlik sub’ekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlariga jalb etish uchun monelik qilmaydi.

Qo’zg’atilgan jinoyat ishining mavjudligi O’zbekiston Respublikasining prokuratura, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o’tkazish uchun asos bo’ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektining faqat qo’zg’atilgan jinoyat ishi bilan bog’liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tekshiruv o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarning tekshiruv o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning o’z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo’yicha qo’ygan talablarini bajarmaslik hamda tekshiruv predmetiga taalluqli bo’lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.

Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektida qoldiriladi.

2.2. O’zbekiston Respublikasining «Хususiy korxona to’g’risida»gi Qonunining 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

Хususiy korxonalarning – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini rejali tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa xususiy korxonalarning faoliyatini tekshirishlar esa ko’pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.

Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalarning – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o’tkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Aksiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining byudjet mablag’laridan hamda markazlashtirilgan mablag’lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o’tkazilmaydi.



2.3. Soliq kodeksining:

- 89-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirildi:

Soliq tekshiruvini tayinlash to’g’risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to’xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o’tkazish muddatini hisoblash ham to’xtatiladi.

91-moddasining o’n birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirildi:

Bunda tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o’tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko’p bo’lmagan davrni qamrab oladi.



3. Tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etilgan imtiyozlar (preferensiyalar) foydalanishni yengillashtirish va nazorat qilishning yagona mexanizmini belgilash maqsadida:

3.1. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 5-moddasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga ko’ra:

kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo’llaniladi.

Shuningdek, Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’ektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

O’zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’ektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3.2. Mazkur Qonunning 301-moddasiga muvofiq davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llash tartibini o’z vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qo’llanilishini ta’minlashi shartligi belgilandi.

4. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bo’yicha:

4.1. Kodeksning 44-moddasida Soliq hisobotini tuzish soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u kichik tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan yuridik shaxs bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanishi, agar hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi belgilandi.

4.2. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun dumaloq muhrga ega bo’lish majburiyati bekor qilinganligi munosabati bilan, Soliq kodeksning 64-moddasi yettinchi qism oltinchi xatboshiga kiritilgan o’zgartirishda, soliq to’lovchi bilan uning debitori o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak: soliq to’lovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan tasdiqlangan (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) imzolari, ushbu moddaning to’rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno degan mazmunda;

4.3. Soliq kodeksning 95-moddasiga kiritilgan o’zgartirishda ham hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish to’qqizinchi qism hujjatlar asl nusxa yoki soliq to’lovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) ko’chirma nusxalar ko’rinishida olib qo’yilishi degan mazmunda qo’shimchalar kiritildi.

4.4. Kodeksning 108-moddasining

- sakkizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etildi:

Soliq to’lovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha og’ir bo’lmagan moliyaviy sanksiyani og’irroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni to’liq yoki qisman qo’shish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo’yicha qo’llaniladi. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng ko’p miqdordan oshishi mumkin emas.

- quyidagi to’qqizinchi qism bilan to’ldirildi:

Agar soliq to’lovchi birinchi ish bo’yicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish bo’yicha qaror chiqarilganidan so’ng aniqlansa, ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha jarima qo’llaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui bo’yicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror bo’yicha to’langan jarimaning summasi hisobga olinadi.

4.5. Kodeksning 112-moddasiga kiritilgan to’rtinchi qismga muvofiq, qo’llaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib bo’lgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud ushbu Kodeksning 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta ko’rsatgan holda moliyaviy sanksiya qo’llashga haqli ekanligi belgilandi.

4.6. Kodeksning 114-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirildi:

Kirim qilinmagan tovarlar qo’zg’atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o’tkazilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sanksiya qo’llanilmaydi.

4.7. Kodeksning 180-moddasi 9-bandiga muvofiq Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lganlar – yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko’ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo’yicha, soliq solishdan to’liq ozod qilinadi.

4.8. Soliq kodeksining 276 va 291-moddalariga kiritilgan o’zgartirishlarda jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan yoki yer uchastkasidan unda istiqomat qilish bilan birga tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun ham foydalangan taqdirda, mol-mulk va yer soliqlarini jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to’lash belgilandi.

4.9. Kodeksning 311-moddasiga muvofiq Sug’urta badallari soliq to’lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to’lanishi belgilandi:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda;

2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) – oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi tomonidan – oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar bundan mustasno) – oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.



Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari sug’urta badallarini ixtiyoriylik asosida yiliga eng kam ish haqining to’rt yarim baravaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydi. Belgilangan miqdordagi sug’urta badallarining to’lanishi dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko’rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo’lgan shaxslar uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo’lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo’lgan taqdirda, sug’urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan yoki bekor bo’lgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Sug’urta badallarini to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan – har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay;

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari tomonidan – hisobot yilining 1 oktabrigacha. Bunda sug’urta badallarining miqdori to’lov kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug’urta badallarini to’lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.

Sug’urta badallarini to’lash majburiyati quyidagilarning:

yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun – oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining;

yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun – ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.

To’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to’lov to’lanayotgan davr albatta ko’rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari – oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo’yicha to’lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko’rsatilmagan bo’lsa, to’lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo’jaliklari a’zolari uchun – yil) uchun to’langan deb hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sug’urta badallarini jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyada ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug’urta badallarini to’lash haqida jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to’laydi.

Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar tomonidan sug’urta badallarini to’lash jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo’yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash muddatlarida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug’urta badallarini to’lash bo’yicha majburiyati O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug’urta badallarini to’lash ushbu Kodeks 310-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

4.10. Kodeksning 329-moddasi 37-band bilan to’ldirilib, unga ko’ra mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to’lashdan ozod qilinishi belgilandi.

4.11. Kodeksning 330-moddasi 30 va 31-bandlar bilan to’ldirilib:

30) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;

31) arizachi va javobgar – huquqiy ta’sir choralarini qo’llash to’g’risidagi ishlar bo’yicha Хo’jalik sudlarida davlat bojini to’lashdan ozod qilindi.

5. O’zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi Qonunining 6-moddasiga kiritilgan o’zgartirishga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi ro’yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo’lgan shaxslar davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana olishi belgilangandi.

Demak, mazkur qonun bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar sug’urta faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik shaxslar faoliyatini ham ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ushbu faoliyatni rivojlantirish yo’lidagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

2015 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”gi O’RQ-392-sonli qonuni qabul qilingan bo’lib, ushbu qonunning maqsadi investitsiya va pay fondlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2455-sonli qarori bilan Soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgartirishlar.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling