Moliya va moliya tizimi


Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi


Download 175.22 Kb.
bet3/3
Sana03.06.2020
Hajmi175.22 Kb.
#113609
1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu (Lotincha)


Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. SHu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanish foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi:

,

bu erda:


r’ – foiz normasi;

r – foiz summasi;

Kssud– qarzga berilgan pul (kapital) summasi.
5. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda

ularning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rolь o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.

Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.

Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.

Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.

Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.



Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank “banklar banki” deyiladi.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.

1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash;

2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlash va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish;

3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish;

4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish;

5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash;

6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish.

Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi.



Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin.

Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi.

Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.

Xalq banki - mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta’minlaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi.

Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo‘yicha investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko‘rsatish lozim.



Investitsion banklar – maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.

Investitsion kompaniyalar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to‘playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to‘liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo‘yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.

Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.

Barcha tijorat banklari zahira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan ma’lum talablarga javob berishi zarur.



Mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatining kengayib borayotganligini quyidagi jadval ma’lumotlaridan kuzatish mumkin (22.2-jadval).

22.2-jadval

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Tijorat banklari aktivlari, mlrd. so‘m

3198,0

3918,2

4419,0

6400,0

6630,6

7208,0

9276,2

12065,0

Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi, mlrd. so‘m

602,0

714,7

791,0

824,0

930,9

1250,0

1502,6

2104,0

Faoliyat ko‘rsatayotgan mini-banklar soni, birlik

309

530

795

1122

1450

1800

2038

2161

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd. so‘m

206,0

256,0

294,0

353,9

419,9

547,0

743,7

1251,0

Tijorat banklarida aholi omonatlari qoldig‘i, mlrd. so‘m

91,5

170,1

245,0

323,0

449,5

975,0

994,6

1724,0

O‘rta va uzoq muddatli kreditlarning jami kredit qo‘yilmalaridagi ulushi, foiz

74,0

81,0

81,1

82,8

81,0

85,0

86,7

-

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ko‘rsatib o‘tdilar.

«Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, soda qilib aytganda, pul mablag‘larining etishmasligi bilan izohlanadi» 2.




1 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.

2 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 8-9-б.

Download 175.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling