Moliya va moliyaviy tehnologiyalar
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi
Download 350.91 Kb.
|
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giffen samarasi
- Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. Taklif
Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo‘lgan, ya’ni ayrim tovar narxining o‘sishi bilan unga bo‘lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham uchraydi. Bu holat Giffen samarasi deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) ataladi. Giffen kambag‘al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko‘rsatgan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining kamaymasdan, aksincha ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi Talab egri chizig‘i
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi. Undagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi. Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i Tovar bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini kuchaytiradi. Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik. Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo tarzida taklif etiladi. Bu yerda narx va miqdor o’rtasidagi bog’lanishini ko’rish mumkin. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi. Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko’proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko’-payishi mumkin. Ayrim bir tadbirkor faoliyatiga to’g’ri keladigan taklif qonuni jami tadbirkorlar, biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Download 350.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling