Moliya va moliyaviy texnologiya
Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Download 55.29 Kb.
|
hisobot jamolov
9. Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda Reja-moliya bo‘limlari munosib hissasini qo‘shib kelishmoqda. Reja-moliya bo‘limi universitetning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysunadi va bo’lim boshlig’i, 1- toifali iqtisodchisi tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, universitetning ichki tartib qoidalari va nizomiga, asoslangan holda ish yuritadi. Reja-moliya bo‘limi universitetning iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi. Zero, bo‘limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad universitetimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o‘quv jarayonini yuqori saviyada o‘tishi uchun zaruriy o‘quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, universitetimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Reja-moliya bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o‘tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to‘g‘ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat. Moliya bo’limining asosiy vazifalari: • bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish; • bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish; • o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish; • bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l quygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish; • muassasa rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash bo‘yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish; • byudjet va nobyudjet mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish; • statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash. • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hаmdа yuqori tashkilotlardan kelgan хаt va tоpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish; • yangi o‘quv yili uchun qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish; • shtat intizomini qat'iy nazorat qilib borish; • universitetda ta'lim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi ma’lumotni har оyning 3-sanasiga qadar statistik hisobotlarini topshirish. Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - jamiyatning moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy prognozlash, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish; - buxgalteriya metodologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; - jamiyatning barcha tarkibiy bo'linmalari tomonidan tasdiqlangan hajm va muddatlarga muvofiq tegishli organlarga har chorakda va yillik moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va belgilangan muddatlarda taqdim etishni ta'minlash; - jamiyat mulkining holatinini, tejash rejimiga rioya qilinishini, tashishdan tushadigan daromadlarhisobini olib borishni, hisob-kitoblar holati va hisobotlarning ishonchliligini nazorat qilish; - jamiyatning istiqbolli, yillik va joriy moliyaviy kredit prognozlarini ishlab chiqish, jamiyatning biznes-rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, jamiyat ijroiya organiga bevosita bo'ysunuvchi korxona va tashkilotlar bo'yicha moliyaviy prognozlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; - jamiyat ijroiya organining boshqa bo'linmalari, tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda moliyaviy masalalar va hisob-kitoblar bo'yicha temir yo'l transporti Kengashi yig'ilishlari, konferensiyalari va majlislariga ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish; - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlariga jamiyatning xo'jalik-moliyaviy faoliyati bo'yicha qaror va qarorlar loyihalarini ishlab chiqish bilan bog'liq masalalar bo'yicha tahliliy va ma'lumotnoma-axborot materiallarini tayyorlash; - buxgalteriya hisobi bo'yicha uslubiy qo'llanma tayyorlash; - Jamiyatning buxgalteriya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; - moliyaviy va buxgalteriya ishlarining eng yaxshi tajribasini umumlashtirish va tarqatish, moliyaviy va buxgalteriya xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish; - statistika va buxgalteriya boshqarmasi, axborot-hisoblash markazi bilan birgalikda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish hamda hisobotlarni tuzish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - moliya boshqarmasi va quyi bo'linmalarning vazifalarga muvofiq safarbarlik tayyorgarligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish O’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun moliya boshqarmasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: - Jamiyat tarkibiga kiruvchi, bevosita jamiyatning ijro organiga bo'ysunadigan asosiy va boshqa faoliyat turlarining tarkibiy korxonalarini jamiyatning hisob-kitob hisobidan boshqa hisobvaraqlar bo'yicha tegishli daromad va qarzlar hisobiga belgilangan tartibda moliyalashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha korxonalarini moliyalashtirish; - Jamiyat tizimiga kiruvchi sanoat korxonalari va pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha bajarilgan ishlar uchun kapital qurilish boshqarmasi shuningdek, boshqarma va buyurtmachi korxonalari orqali haq to'lash - sanoat va pudrat korxonalari tomonidan xodimlarga ish haqini o'z vaqtida to'lash bo'yicha majburiyatlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida, istisno hollarda, bajariladigan ishlar hajmlari hisobiga ish haqi va soliqlarni avans bilan moliyalashtirishga yo'l qo'yiladi; - tarkibiy bo'linmalarga ish haqini to'lash uchun qisqa muddatli kredit ajratishni tashkil etish va ularni kredit majburiyatlarini bajarish summasiga moliyalashtirish; - uzoq muddatli investitsiya kreditlariga xizmat ko'rsatish, shuningdek, ushbu kreditlar bo'yicha asosiy qarzni to'lash bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida bajarish; - hisob-kitoblarni amalga oshirish va markazlashtirilgan badallar, soliqlar va majburiy ajratmalarni to'lash (daromad solig'i, QQS, xizmatlar importi bo'yicha QQS, norezidentlardan olinadigan daromad solig'i); - xorijiy yetkazib beruvchilarga jamiyatning tegishli tuzilmalari xatlari asosida moddiy boyliklar va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek xorijiy kreditlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha to'lovlar olish uchun jamiyat shartnomalari va tarkibiy bo'linmalarga muvofiq xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish; - Jamiyatning asosiy faoliyat bo'limi uchun O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi safarlarda chet el valyutasida sayohat xarajatlarini olish uchun bank hujjatlarini tayyorlash; - Jamiyatning tarkibiy bo'linmalarining xatlar va hujjatlar bo'yicha o'zaro qarzdorligini hisobga olish, jamiyatning quyi tuzilmaviy bo'linmalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish; -Jamiyatning tegishli boshqarmalaridan hujjatlarni olishda yuklarni tashish bo'yicha jamiyatning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun korxonalar bilan hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish; - berilgan kreditlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, moliyaviy yordam ko'rsatish; - harakat tarkibini ta'mirlash uchun fabrikalar bilan markazlashtirilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish (modernizatsiyalash, KVR, krp va qayta jihozlashdan tashqari); - investitsiyalar bo'yicha dividendlar bo'yicha jamiyat bilan hamkorlik shartnomalari bo'yicha korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish. Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlarni boshqarishda jamiyatning korporativ saytida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq joylashtirish uchun axborot taqdim etish. Maxfiylikni ta'minlash va maxfiy va xizmat ma'lumotlarini oshkor qilishdan himoya qilish bo'yicha zarur tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish. XULOSA Men ushbu amaliyot davomida Uchquduq tuman moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi, davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha turli takliflar berib borish, xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2013. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 2. OʻzRning 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Byudjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonuni 3. “O'zbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat byudjeti to'g'risida”gi qonun 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni 5. 2017-yil 18-martdagi O’zbekiston Respublikasining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O’zR PQ-2847 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 2020-yilgi Murojaatnomasi 7. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz / Sh.M.Mirziyoyev. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 592 b. 8. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 418- b. 9. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017 100 -b. 10. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 -b. 11. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta`minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, - 2017. 114 -b. 12. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya Darslik. -T.: “Noshir”, 2011. 15. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: “IQT1SOD-MOLIYA”, 2007, 84 b. 16. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007 , 245 b. Internet saytlari: http://www.prezident.uz (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti). http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti). https://mehnat.uz/ (O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari rasmiy sayti). http://old.mehnat.uz/ (O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari avtomatlashtirilgan ichki tizimi). http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi hujjatlari rasmiy sayti). http://www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti). Download 55.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling