Moliya va moliyaviy texnologiya
Uchquduq tuman Moliya bo`liming namunaviy tuzilmasi
Download 55.29 Kb.
|
hisobot jamolov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mudirning birinchi o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i
- Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti sho‘basi 2
- Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi 1 — 4
- Kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash sho‘basi 1
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha inspektor 1
- Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish bo‘yicha bosh iqtisodchi 1
- Yuriskonsult 1
Uchquduq tuman Moliya bo`liming namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining soni — 10 — 13. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 2108. Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2 — 5. Ishlab chiqaruvchi xodimlarning umumiy soni — 695. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100–moddasida mahalliy hokimiyat organlari vazifalariga quyidagilar kiritilgan: - Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; - Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; - Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish; - Mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; - Atrof – muhitni muhofaza qilish; - Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; -Normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 2. O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-noyabrdagi “Mahalliy davlat Hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni. Unda mahalliy davlat Hokimiyat idoralarining moliyaviy faoliyati asoslari belgilab kuyilgan. Mazkur qonunning “Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining moliyaviy asosi” deb nomlangan 11-moddasida ta’kidlanganidek, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilgan subsidiya va dotatsiyalar tashkil etadi. “Mahalliy davlat Hokimiyati to’g’risida”gi qonunda viloyat, tuman, shahar Hokimlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat bu sohada mahalliy idoralarga berilgan vakolatlar va ularning huquqiy xolati belgilab kuyilgan. 3. O’zbekistonda budjet jarayonining ayri bosqichlari bir nechta qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi, “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunning ayrim moddalari yangi talablarga muvofiq emasligi amaliyotda ba’zi qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda edi. Mazkur holatlarni bartaraf etish, amaliyotda o’zini oqlagan me’yorlar hamda xalqaro tajriba hisobga olingan holda ayni yo’nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida butun byudjet jarayonini tartibga soluvchi yagona hujjat – O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo‘nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013-yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘RQ-360-son Qonuni qabul qilindi, hamda mazkur Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 2014 yil 1-yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonulari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan bo‘lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Xorijdan mablag’ jalb qilish to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Men bu mavzu bo‘yicha tuman hokimiyati qoshidagi moliya bo‘limining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi vazifalari va funksiyalarini o‘rgandim. Shuningdek, moliya bo‘limining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib, barcha bo‘limlarning ish faoliyatini o‘rgandim. Download 55.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling