Moliya va moliyaviy texnologiya
Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya va vazifalari
Download 55.29 Kb.
|
hisobot jamolov
6. Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya va vazifalari.
Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni muhofaza qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 22 ta istirohat bog‘i, 15 ta sayilgoh, 20 ta xiyobon, 136 km piyodalar va 98,7 km velosiped yo‘laklari barpo etildi. Toshkent shahrida qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida tushayotgan ekologik yuklamani pasaytirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taqozo etmoqda. Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, shaharni “yashil shahar”lardan biriga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 2023-yilgacha 30 foizga yetkazish Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra ekilishi lozim bo‘lgan har qanday daraxt ko‘chatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi. 3. Quyidagilar: 2021 — 2023-yillarda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish bo‘yicha manzilli dastur muvofiq; 2021-2022-yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish bo‘yicha muvofiq; 2021-2022-yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish bo‘yicha muvofiq; 2021-2022-yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish bo‘yicha tasdiqlansin. 4. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli bo‘lgan jamoat istirohat bog‘ini (keyingi o‘rinlarda — jamoat istirohat bog‘i) hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘larini barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. Jamoat istirohat bog‘i va kichik yashil istirohat bog‘larni barpo etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi tarkibda tuzilsin. Ishchi guruh uch oy muddatda: - xalqaro mutaxassislar, arxitektorlar va dizaynyerlarni jalb qilgan holda jamoat istirohat bog‘ini va kichik yashil istirohat bog‘larni barpo etish konsepsiyasi ishlab chiqilishini; - jamoat istirohat bog‘i tuzilmasi yuzasidan aholining fikr va mulohazalarini o‘rganib chiqish uchun ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini; - jamoat istirohat bog‘i va kichik yashil istirohat bog‘larni tashkil qilish imkoniyatlariga ega maydonlar va tashkiliy masalalarning o‘rganib chiqilishini hamda taklif kiritilishini ta’minlasin. 6. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahar istirohat bog‘lari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Toshkent shahrida 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan istirohat bog‘larida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiy talablarni belgilash tavsiya etilsin. 7. Toshkent shahrida joylashgan budjet tashkilotlariga o‘zlarining yo‘l yoqasida joylashgan binolari yashil hududlarini shahar obodonlashtirish talablariga mos ravishda saqlab turish majburiyati yuklansin. 8. Toshkent shahar hokimligining Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, huquqiy eksperiment doirasida: Mahalliy budjet parametrlarida ushbu tumanlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga mo‘ljallangan mablag‘lar yo‘naltirilishi inobatga olinadi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini tadbirkorlarga berish natijasida bo‘shaydigan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xodimlarni ishga olish ushbu tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etiladi. 9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ikki oy muddatda Toshkent shahar tumanlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilib, huquqiy eksperiment o‘tkazilgan tumanlar aholisi ishtirokida huquqiy eksperiment natijalari yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazsin hamda natijasi yuzasidan 2023-yil 10-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida Toshkent shahri hududida 1 million tup daraxt ekish bo‘yicha “1 million daraxt” tashabbusiga rozilik berilsin. 11. Toshkent shahar hokimligi: ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 1 million tup daraxtning tarkibini shakllantirsin; bir oy muddatda “1 million daraxt” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha dasturni tasdiqlasin hamda uning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga tavsiya etilsin. 12. Toshkent shahar hokimligi huzurida quyidagi vazifalar yuklatilgan holda xo‘jalik hisobidagi davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Toshkent sayilgohi direksiyasi) tashkil etilsin: Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bog‘lari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini ta’minlash, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ulardan foydalanish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; - ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash bo‘yicha zarur tashkiliy-agrotexnika ishlarini amalga oshirish; - mukammal va joriy ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, shuningdek, sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yo‘llar va yo‘laklar, ko‘chalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta’minlash. 13. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: a) mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlar hududlarida savdo-ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish uchun ularni tadbirkorlik subyektlariga auksion asosida ijaraga berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi Toshkent sayilgohi direksiyasiga qoldirilishi va mazkur mablag‘lar tegishli obyektlar va maydonlarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishi nazarda tutilsin; b) istirohat bog‘larini tadbirkorlarga ishonchli boshqaruvga va ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini o‘rganib chiqsin hamda ularda ko‘kalamzorlashtirish darajasini kamida yigirma besh foizga ko‘paytirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rsin. 14. Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari hamda Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasiga qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari ro‘yxati tasdiqlansin. Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklarini saqlash xarajatlari joriy yilda obodonlashtirish sohasiga ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab Toshkent shahar mahalliy budjetini shakllantirishda nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. 15. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-oktabrga qadar Toshkent sayilgohi direksiyasi tuzilmasining shtatlar jadvalini va biriktiriladigan hududlar manzilli ro‘yxati tasdiqlanishini, malakali xodimlar bilan ta’minlanishini hamda samarali faoliyat olib borishi uchun zarur bino va inshootlarga joylashtirilishini ta’minlasin. 16. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida: Xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlariga — Toshkent shahar va tumanlar hokimliklarining ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan har chorak natijalari bo‘yicha hisobotini eshitib borish tavsiya etilsin; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishi Hukumat majlislarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. Download 55.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling