Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti


Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi


Download 160.92 Kb.
bet2/5
Sana01.05.2023
Hajmi160.92 Kb.
#1418525
1   2   3   4   5
Bog'liq
Postnikova 4 — qonun chiqaruvchi

Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi.

О`zbekiston mustaqil taraqqiyot mobaynida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an`analar bilan yо`g`rilgan о`ziga hos rivojlanish yо`lini aniqlab oldi. Shu asosda siyosiy-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika Konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bо`linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantiriladi. Insoniyat taraqqiyot tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomida tarixga ega va uning ildizlari ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament sо`zining lug`aviy ma`nosi fransuz tilidan olingan bо`lib, "gapirmoq" ma`nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib о`tdi va uning chinakam tarihi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta`kidlab о`tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi — parlamentlar bor.


O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi» deb ko’rsatilgan (7-modda).
Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi.
Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi.
Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan o’rni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ko’rinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o’z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linish principlariga asoslangan davlat organlarining tizimi shakllantirilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’qrisida»gi 1994 yil 22 sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun Oliy Majlis faoliyati mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis o’z vakolatiga berilgan har qanday masalani o’z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. Oliy Majlis o’z faoliyatida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish principiga asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan fuqarolar ega bo’lishi mumkin degan qoida belgilab qo’yilgan. AQh Konstitutsiyasida 25 yoshga to’lmagan shaxs Kongressning vakillari palatasi a`zo bo’lishi mumkin emas, deb ta`kidlanadi. Yaponiya parlamentining vakillari palatasiga 25 yoshga to’lgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to’lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin.
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar tushunchasiga «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’qrisida» gi qonunda aniqlik kiritilgan.

Konstitutsiyaning 10-moddasida, “davlat hokimiyatining birdan-bir manbai — xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. Oliy Majlis О`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi vakillik organidir. Oliy Majlis bevosita xalq tomonidan saylanadigan va qonun chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan birdan-bir umummilliy vakillik organi hisoblanadi.


"О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tо`g`risida"gi 1994 yil
22- sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis о`z vakolatiga berilgan har qanday masalani о`z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etadi. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо`linish prinsipiga asoslanadi. Unga kо`ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ — Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari — О`zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati о`rtasida taqsimlanadi. О`zbekiston Oliy Majlisi esa davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.



Download 160.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling