Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti
Oliy Majlis – О`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi
Download 160.92 Kb.
|
Postnikova 4 — qonun chiqaruvchi
Oliy Majlis – О`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi.
О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan- Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bо`yicha kо`ppartiyalilik asosida saylanishini muhim Konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi. Oliy Majlisga deputatlar saylovini о`tkazuvchi saylov okruglari respublikaning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga tо`g`ri keladigan saylovchilar me`yori Oliy Majlis tomonidan belgilanadi. О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati besh yil. Shuni e`tiborga olish kerakki, uning vakolati tugagan taqdirda Oliy Majlis yangi parlament saylanib о`z ishini boshlagunga qadar о`z faoliyatini davom ettiradi. О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari buyicha kо`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat bо`lib, О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bо`lib,Senat a`zolaridan (senatorlardan)iborat. О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senati a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jо`g`org`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarning tegishli qо`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yо`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – oltti kishidan saylanadi. О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Senatining о`n olti nafar a`zosi fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bо`lgan hamda alohida hizmat kо`rsatgan eng obrо`li fuqarolar orasidan О`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga:О`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga о`zgartirish va qо`shimchalar kiritish, О`zbekiston respublikasining referendumini о`tkazish tо`g`risida va uni о`tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish, О`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yо`nalishlarini qabul qilish, О`zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash О`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan О`zbekiston respublikasining davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish,soliqlar va boshqa majburiy tо`lovlarni joriy qilish, О`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yо`li bilan tartibga solish, chegaralarini о`zgartirish,tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini о`zgartirish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qо`mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish tо`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash, О`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish, О`zbekiston Respublikasi Prezidentining О`zbekiston Respublikasikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zarurati tug`ilganda urush holati e`lon qilish tо`g`risidagi farmonini tasdiqlash,О`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulotdda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish tо`g`risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, sо`ngra Senatida kо`rib chiqiladi. Xulosa. Shunday qilib, hulosa qilib aytadigan bо`lsak, О`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy maqomi, uni tashkiliy tartibi va faoliyatining asoslari Konstitutsiya 18-bobining 76—88-moddalarida, 1994 yil 22 sentyabrdagi "О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tо`grisida"gi Konstitutsiyaviy qonunda va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. Ularga asosan, Oliy Majlis oliy vakillik organi bо`lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis bevosita xalq tomonidan saylanadigan va qonun chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan birdan-bir umummilliy vakillik organi hisoblanadi. О`zbekiston Oliy Majlisi respublikamizda rо`yobga chiqarilayotgan Konstitutsiyaviy islohot mazmuniga kо`ra, davlat hokimiyatini va boshqaruv oliy organlari tizimini demokratlashtirish, vakillik organlarining ijro organlariga nisbatan real mustaqilligini ta`minlash maqsadida tashkil etildi. Oliy Majlis parlament an`analari asosida faoliyat yuritadigan organ bо`lib, qonun loyihalari va boshqa bir qator hujjatlarni atroflicha, batafsil puxta ishlab chiqish, davlat hayotining muhim masalalarini hal qilish uchun keng vakolatlarga ega. Jumladan, u davlat va jamiyat turmushining: davlat qurilishi, iqtisodiy va moliya, ijtimoiy-madaniy, tashqi munosabatlar, mudofaa va davlat havfsizligi sohalarida katta huquqlarga ega. Oliy Majlis davlatning boshqa oliy organlarini tuzishda, ularning shaxsiy tarkibini belgilashda ishtirok etadi. О`tgan yillar mobaynida Oliy Majlis qonunchilik faoliyatini jadal sur`atlar bilan olib borib, mamlakatimiz rivojlanishi yangi bosqichida bozor iqtisodiyoti munosabatlari muammolarini oqilona hal qilish, ma`naviyatni yuksaltirish, chet ellar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy о`zaro aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qо`shmoqda. Download 160.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling