Moliya va moliyaviy texnologiyalar
II. Bakalavriat ta’lim yo’nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining
Download 448.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Suhbat savollari
II. Bakalavriat ta’lim yo’nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining
mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko’rsatish) 1. Moliya institutini tanlashdan maqsad. 2. Iqtisodiyot va moliyaning o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari 3. Moliyaviy savodxonlikda jamg’arish muhimmi yoki to’g’ri sarflash? 4. Tadbirkorlik subyektini boshlash sizningcha qanday amalga oshiriladi? 5. Nima uchun biznes reja tuziladi? 6. Agar sizda 5000 AQSh dollari bo’lganda uni qanday sarflagan bo’lar edingiz? 7. Agar sizda mablag’ bo’lsa uni jamg’armaga (bankka yoki investitsion fondga) qo’ygan bo’larmidingiz yoki o’z biznesingizni boshlarmidingiz? (nimaga javobingizni asoslab bering) 8. Moliya deganda ko’z oldingizga nima keladi? Uni qanday tushunchalar bilan bog’laysiz? 9. Maqsadni belgilashda nimalarga e’tibor qaratish kerak? 10. Moliya mexanizmi tarkibi nimalardan iborat ekanligiga to’xtaling 11. Pul va uning turlari aytib bering 12. Korxonangiz yil yakuni bo’yicha balansi zarar bilan chiqdi, bunday holatda qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz? 13. Korxonangiz qo’shimcha daromadini zaxira (korxona takibidagi) fondiga yuborarmidingiz yoki investittsiya qilishga yo’naltirarmidingiz? Javobingizni asosllab bering. 14. Moliya sohasida risk tushunchasini qanday tushunasiz? 15. Korxonalarning soliq to’lashlari nima uchun muhim? 16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat iqtisodiyotidagi ahamiyati qanday? 17. Markaziy bank qanday funktsiyani bajaradi? 18. Soliqlar davlatning funktsiyalarini bajarishda nima vazifani bajaradi? 19. Byudjet taqchilligi nima uchun hosil bo’ladi va uni qanday bartaraf etish mumkin? 20. Davlatning iqtisodiyoti uchun (normadan oshmagan holda) byudjet taqchilligi, profitsit (ortiqcha) yoki balans holati yaxshimi? Nima uchun? 21. Pensiya va nafaqalar qanday belgilanadi? 22. Davlat soliq qo’mitasining vazafalari nimadan iborat? 23. Korxonada moliyachining roli nimalardan iborat hisoblanadi? 24. Kredit, ssuda va investitsiyaning farqi, o’xshashliklari nimalardan iborat? 25. Bugungi kundagi valyuta kurslarining tebranishi nimalarga bog’liq? 26. Dunyoda sodir bo’layotgan iqtisodiy-siyosiy jarayonlar bitta kichik korxona moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? 27. Yirik investorlar davlat iqtisodiyotiga ta’sir eta oladimi? Nimaga? 28. Qanday xorijiy korporatsiyalarning O’zbekistondagi filiallarini bilasiz? Ularning faoliyati qanday? 29. Bankka omonatga pul qo’yilaganda (bank uchun va omonatchi uchun) uning foizi optimal bo’lishi uchun qanday bo’ladi? 30. Lotareyada katta pul yutib olsangiz uni qanday sarflagan bo’lar edingiz? 3 31. Korxonangiz bankrot holatga tushib qolsa, qanday qilib bu xolatdan chiqib ketar edingiz? 32. Agar 2009-yilga kaytib qolganingizda Bitcoin (1$=1300₿) sotib olgan bo’larmidingiz? Javobingizni asoslab bering! 33. Islom banklari tashkil etilishi tadbirkorlik subyektlariga qanday ta’sir etadi? 34. Pandemiya davlatlar iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 35. O’zbekiston fond bozoridagi qaysi kompaniyalar aktsiyalarini olgan bo’lar edingiz? 36. Xalqaro moliya bozorida qaysi indekslarni bilasiz va ular nimani anglatadi? 37. Siz tanigan va xurmat qilgan mashxur tadbirkor kim? Nima uchun uni xurmat qilasiz? 38. Biznesga oid qanday kitoblarni o’qigansiz va nima xulosaga kelgansiz? 39. Sizning fikringizcha O’zbekistonda eng doromadli soha qaysi? 40. Aktiv daromad bilan passiv daromadning nima farqi bor? 41. Sizningcha aktiv daromad olib pul topgan yaxshimi yoki passib daromad olgan yaxshimi? 42. Bugungi kunda qaysi sohaga tikilgan investitsiya kelajakda katta daromad keltiradi? 43. Fikringizcha O’zbekistonda qaysi sohani rivojlantrish muhim ahamiyatga ega? 44. Biror sohaga investitsiya kiritmoqchisiz. Uning ishonchliligini qanday aniqlaysiz? 45. O’zbekistonda moliya sohasiga raqobat muhiti qanday shakllangan? 46. Monopoliya hamda oligopoliya orasida nima o’xshashlik va farqlar mavjud? 47. Investitsiya kiritishda nimalargan ahamiyat qaratish kerak? 48. Sarmoya kiritilayotganda sarmoyadorga qaytayotgan foizlari uchun inflayatsiyaning ahamiyati qanday? 49. Tovarning narxiga qanday faktorlar ta’sir etadi? 50. Talab va taklif nimalarga bog’liq? Download 448.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling