Topshiriq. Atamalarga izoh: Tizimli islohot
Download 10.64 Kb.
|
Iqtisodiy siyosat topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy bufer
- Byudjet defitsiti
- Infratuzilma
- Iqtisodiy o’sish
Topshiriq. Atamalarga izoh: Tizimli islohot – bu ma’lum bir ishlarni ketma-ketlikda bajarish. Foiz – bu har qanday qiymatning yuzdan bir qismidir. Stavka – bu soliq, ish haqi va boshqa turli xil to’lovlar miqdori, me’yori. Foiz stavkasi – bu qarz olish uchun xarajatlar yoki uni tejash uchun mukofot. U qarzga olingan yoki saqlangan miqdorning foizlari sifatida hisoblanadi. Moliyaviy bufer – bu moliyaviy tizimning, ya’ni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi. Xususiy investitsiya – xususiy korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi. Byudjet defitsiti – bu byudjet xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi. Daromadlar xarajatlardan oshib ketganda byudjet profitsiti yuzaga keladi. Moliyaviy taqchilik – bu pulning kamayishi. Xarajatlarning uning daromadlaridan oshib ketishi. Inflyatsiya – lotincha inflatio so’zidan kelib chiqqan bo’lib shishish, bo’rtish, ko’tarilish degan ma’nolarni anglatadi. Ya’ni pulning qadrsizlanishidir. Infratuzilma – lotincha infra-ostida so’zidan kelib chiqqan bo’lib. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiluvchi turli tuman yordamchi xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmui. Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt uchun mo’ljallangan pul daromadlari va harakatlari majmui. Bazaviy Stavkalar – mulkchilik shakllaridan qat’i nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga to’lanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Iqtisodiy o’sish – bu bevosita yalpi ichki mahsulot va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatining ortishi. Berilgan matnni o’qib chiqdim. Bu ma’lumotda ikki insonning fikrlari berilgan ekan Temur Ishmetov moliya vaziri va Jamshid Qo’chqarov bosh vazir o’rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri. Ular O’zbekiston iqtisodiyoti juda qiyin bosqichda deb takidlashgan ekan. Temur Ishmetovni fikriga ko’ra inflyatsiyani ushlash va xarajatlarni kamaytirish zarurligini bildirgan. Ko’proq u xususiy sektorlarni ya’ni tashkilotlarni rivojlantirib ularni ko’paytirishga urg’u bergan ya’ni xususiy intitutlar, xususiy bank, xususiy ko’plab tashkilotlar ochilib ular chet el tashqi tashkilotlar bilan raqobat darajasiga yetsa bu davlat uchun ham juda foydalidir. Jamshid Qo’chqarov esa narxlar va dollar kursi oshib borayotganini buning oqibatida biz qarz olganimiz uchun dollar kurslarini oshishi bizga ziyon bo’lib turganini takidlab o’tgan. Mening fikrim shundan iboratki hozirda O’zbekiston yopiq iqtisodiyot siyosatida chunki mamlakatimiz juda kotta qarzda shuning uchun ochiq iqtisodiyotga o’talgani yo’q. Bizning mamlakat hozir rivojlanayotgan davlatlar qatorida. Rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun esa erkin iqtisodiyot siyosatiga o’tish kerak deb o’ylayman. Buning uchun avvalo xususiy tashkilotlarni kuchaytirish va ularni tashqi tashkilotlar bilan raqobat qilish darajasiga olib chiqish muhim vazifalardan bo’lib turibdi. Shuningdek mamlakatimiz kotta miqdorda qarzlari bor ushbu qarzlardan qutilish zarur ya’ni ma’mlakatni transformatsiya qilib olish kere deb hisoblayman. Yalpi ichki mahsulotlarni ham bundanda oshirishimiz zarur. Pulning qadrsizlanib borishiga esa yo’l qo’yilmaslik kerak. Tizimli islohotlar ya’ni bosqichma bosqich barcha muammolarni hal qilib barcha ishlarni ketma – ketlikda olib borish maqsadga muvofiq deb o’ylayman. O’zbekiston uchun hozirda inflyatsiya darajasini oshib ketmasligi uchun islohotlar olib borish maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Ya’ni pulni boshqarish orqali iqtisodiyotni boshqarsa bo’ladi. Bu monetar siyosatdir. Bundan tashqari Fiskal siyosat ham davlat uchun muhimdir ya’ni soliq va xarajatlar bilan bog’liq siyosat. Davlat xarajatlarini davlat daromadlaridan oshib ketishi byudjet defitsitini keltirib chiqarishi moliyaviy taqchillik yuzaga kelishi mumkin ushbu muammolar bor O’zbekistonda bunday muammolarni birin ketin hal qilib erkin savdo siyosatiga tezroq o’tishimiz kerak deb o’z fikrlarimni yakunlayman. Download 10.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling