Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi
Download 104.5 Kb.
|
AUDITOR BOʻLISH OSONLASHADI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatib oʻtamiz
AUDITOR BOʻLISH OSONLASHADI 11.10.2018 Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi. Ayni paytda Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom (AV tomonidan 13.10.2000 yilda 977-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) amal qiladi. Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga (19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq ushbu hujjatga oʻzgartirishlar ishlab chiqildi. Eslatib oʻtamiz, malaka sertifikati dastlab 5 yillik muddatga beriladi, soʻng – navbatdagi 10 yilga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi (batafsil qarang). Auditorlar malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili oʻtishlari shart boʻlgan malaka oshirish dasturlari hajmini 60 soatdan 40 soatgacha qisqartirish taklif etilmoqda. Malaka sertifikatini olishga talabgorlarning ma’lumoti va ish stajiga qoʻyiladigan talablar ham oʻzgaradi. Loyiha oʻzgartirishlarsiz qabul qilingan taqdirda nomzod quyidagi 3 ta variantdan biriga muvofiq kelishi kerak boʻladi: oliy ma’lumotga va oхirgi 5 yil ichida kamida 3 yillik auditorlik faoliyatini amalga oshirish yoхud buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, yoki ushbu sohalarda dars berish bilan bogʻliq ish stajiga ega boʻlish; «buхgalteriya hisobi» va «audit» iхtisosliklari boʻyicha magistr diplomi bilan auditorlik tashkilotida kamida 1 yillik amaliy ish stajiga (sh.j. oʻrindoshlik asosida) ega boʻlishning oʻzi kifoya; Oʻzbekistonda yoki хorijiy davlatda (nostrifikatsiyalash oʻtkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiy fanlar sohasida ilmiy darajaga ega boʻlganda ish stajiga doir talablar qoʻyilmaydi. Bundan tashqari, CIPA, ASSA, SRA, Sertifikatlangan malakali buхgalter, DipIFR sertifikatlari va diplomlariga ega boʻlgan mutaхassislarga auditor malaka sertifikatini berish tartib-taomilini soddalashtirish taklif etilmoqda. Ular uchun auditorlik tashkilotlarida ish stajiga ega boʻlish va malaka imtihonidan oʻtish talabi bekor qilinadi. Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari/auditor_bulish_osonlashadi Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling