Moliya” yo’nalishi bha 90K-2 guruhi talabasi hasanov Shuhratning “Boshqaruv hisobi” fanidan mustaqil ishi toshkent-2023 boshqaruv hisobini amalga oshiruvchi buxgalteriya-tahlilning vazifalari reja


Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan vaziyatlari


Download 199.77 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi199.77 Kb.
#1384591
1   2   3
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI FANI

Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan vaziyatlari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini rivojlantirish ularda boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqbolli usullaridan foydalanishga bevosita bog‘liq.
Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikki tizimi mavjud:
- avtonom;
- integratsiyalashgan.
Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularni kompyuterlashtirilish darajasi korxonaning yagona hisob yuritish siyosatida belgilab qo'yiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan bo’ladi. Bunga ko‘ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100 - «Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmatjlar tannarxi hisobi schotlari», 9400 — «Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schotlardan foydalaniladi.
Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularni paydo bo‘lish jarayonini hisobga olmaydi.
Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.Savdo korxonalarida avtonom hisob tizimini tashkil etishda mahsulot sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham boshqaruv hisobida ham aks ettiriladi. Bunda moliyaviy hisob xarajat va daromadlar hisobini olib boradi. Bu holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq to'lovlari haqidagi m a’lumotlami olishga yordam beradi.
Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizim ida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schotida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija marjinal foyda va daromad ko‘rinishida hisobga olinadi.
Moliyaviy hisobda 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schotida balans foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki boshqa faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda tovar-moddiy zaxiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o ‘tkazilgandan so‘ng ro‘yxatga olinadi. Moliyaviy natijani aniqlashda esa sotishdan olingan sof tushumga yil oxiridagi TMZlar qiymati qo‘shilib, sarflangan barcha xarajatlar ayiriladi. Integratsiyalashgan hisob tizim ida xo‘jalik muomalalarini ifodalashda tranzit schotlardan emas, balki yagona schotlar tizimidan foydalaniladi. Bunda qoldiqqa ega bo‘lgan schotlar bir vaqtning o‘zida ham moliyaviy hisobga, ham boshqaruv hisobiga tegishli bo‘ladi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar qo'yiladi:

  • buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimini yaratish;

  • moliyaviy, boshqaruv va ishlab chiqarish hisobini yuritish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish;

  • tezkor boshqaruv axborotlarini olish uchun hujjatlar aylanishini tashkil etish;

  • hisob tizimini avtomatlashtirish;

  • boshqaruv axborotlarining maxfiyligini ta’minlash;

  • samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan hisobotlar tizimini ishlab chiqish;

  • korxona iqtisodiy, ishlab chiqarish bohinmalari faoliyatini budjetlashtirish va moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish;

  • moddiy, moliyaviy va' m ehnat resurslaridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish.

Korxonalarda buxgalteriya hisobi xizmatining markazlashgan tizimi quyidagicha bo‘ladi.
Amaliyotda korxonalarda tijorat sirining maxfiyligini ta’minlash uchun moliyaviy hisob schotlarida faqat qoldiqlar ko‘rsatilib, boshqaruv hisobi schotlarida esa xo'jalik muomalalari to‘lig‘icha aks ettiriladi.
Korxonalarda o‘zaro iqtisodiy aloqadorlikda bo‘lgan javobgarlik markazlari va biznes segmentlari o‘rtasida yagona axborotlar bazasini shakllantirish, quyi bo‘linmalar (sexlar, omborlar) o‘rtasida axborot almashinuvi hamda oqilona huijatlar aylanmasini ta’minlash choratadbirlarini ishlab chiqish integratsiyalashgan hisob tizimini shakllantirishga bog'liq.


Download 199.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling