Moliyani o‘rganishning zarurligi Fanning maqsadi va vazifalari Moliyaning mohiyati va zarurligi


Download 118.5 Kb.
bet2/8
Sana22.04.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1381629
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA VA KREDIT

Fanning maqsadi va vazifalari

Bozor munosabatlari sharoitida pul va moliya-kredit dastaklarining roli va ahamiyati sezilarli ravishda ortib boradi. Pul va moliya-kredit tizimi bozor mexanizmi samarali ishlayotgan asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridan hisoblanadi.


«Moliya» fanini o‘qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi haqida nazariy bilimlar berish, ularda iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida davlat moliya siyosatining yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o‘z predmetini o‘rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
- moliyaning mohiyati, funksiyalari, tamoyillari va rolini o‘rganish;
- moliya tizimi va uning bo‘g‘inlarini o‘rganish;
- moliyani boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini o‘rganish;
- mikro va makro darajada moliyaning amal qilishi xususiyatlarini o‘rganish;
- iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida moliyadan foydalanish asoslarini yoritish;

  • jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaning rolini yoritish va tahlil qilish.

Fanni o‘rganish predmeti bo‘lib O‘zbekistonda moliya tizimi va moliya munosabatlari hisoblanadi.
Fanning asosiy maqsadi moliyaning funksiyalarini, moliyani boshqarishni, davlat va korxonalar moliyasini, xalqaro moliya va uning jahon taraqqiyotidagi o‘rnini ochib berish va o‘rganish hisoblanadi.
Korxonalar va davlatning sanab o‘tilgan moliyaviy faoliyati sohalari bo‘yicha olingan bilimlar bo‘lajak moliyachilarga mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini yuqori darajada yechish imkonini beradi. Mazkur fan “Davlat budjeti”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori”, “Sug‘urta ishi”, “Moliyaviy menejment” va sh.k. fanlarni o‘rganishda tayanch hisoblanadi.
Fan “G‘aznachilik ishi” yo‘nalishida III semestrda o‘qitiladi.


  1. Download 118.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling