Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining — iste’mol fondi va jamg'arish fondining — hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi.Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo'lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo'lmaydigan bog'lovchi bo'g'ini hisoblanadi. - Moliya- yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash asosida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirishi,ishlatilishi bilan bog'liq munosabatlar majmui hisoblanadi
Moliyaning oziga xos xususiyatlari: - Real pullar harakatiga bog'liq bo'lgan huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash harakterdaligi
- Markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini yaratish
Moliya quyidagilar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |