Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namayon bo`ladi va u asosan qo`yidagilarga bo`linadi
Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Moliya tizimini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi.
Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi:
- Davlat budjeti loyixasini tayyorlash
- Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish.
- Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish.
- Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar
- O`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar hisobiga ;
- Qarzga olingan mablag`lar hisobiga ;
- Boshqa manbalar hisobiga (Davlat budjeti, moliya bozoridan jalb etish va boshqalar).
- Korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lariga qo`yidagilar kiradi:
- Asosiy faoliyatdan foyda
- moliyaviy faoliyatdan foyda
- boshqa operatsiyalardan foyda
- maqsadli tushumlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |