Moliyaning mohiyati va funksiyalari Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Moliyaning funksiyalari


Download 82.8 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi82.8 Kb.
#1799155
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU


Moliyaning mohiyati va funksiyalari
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
2. Moliyaning funksiyalari
3. Takror ishlab chiqarish va moliya
4. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
5. “Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ajdodlarimiz xizmatlari


1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo‘llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag‘lari ham bo‘lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o‘z navbatida jamiyatda moliya paydo bo‘lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo‘lishi uchun asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.


Moliya haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo‘lgan, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
• maqsadli pul fond1larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
• moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv tilida)
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir.
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug‘aviy ma’nosi jihatidan o‘zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvivalentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari qachon va qayerda paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lgan va dastlab “pul to‘lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg‘a surishadi.
Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo‘lgan. XY asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi.
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o‘rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko‘rinishdagi shaxsiy to‘lanmalar xarakteriga ega bo‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o‘zgarishiga olib keldi – ular ko‘proq ravishda pul xarakteriga ega bo‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati prinsipial jihatdan o‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo‘lgan. Bir paytning o‘zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo‘lishi o‘z-o‘zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi.
Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo‘lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko‘rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib yetilgan bo‘lishi kerak.
Ular quyidagilar:
1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig‘iladigan barcha pul mablag‘larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag‘lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig‘ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emasday tuyular edi.

Download 82.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling