Moliyaning mohiyati va vazifalari
Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi
Download 416.5 Kb.
|
XURSAND BIZNES
2. Davlat byudjeti. Uning shakllanishi va taqsimlanishi
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o`rinni egallaydi. Byudjet tizimi murakkab mexanizm bo`lib, u muayyan mamlakatning o`ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi, shuningdek davlat qurilishini aks ettiradi. Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liqdir. Davlat byudjeti mamlakat pul resurslarining markazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va miqdori belgilab beriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti iqtisodiyotni tartibga solish, xo`jalik konьyukturasiga ta`sir ko`rsatish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning qudratli vositasi bo`lib xizmat qiladi. Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog`liq bo`lib, u daromadlar va xarajatlar qismlaridan iboratdir. Byudjetning daromad qismini shakllantirishda, mulk shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ishtirok etadi. Ularning ishtiroki asosan soliqlar to`lash shaklida yuz beradi. O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining shakllanish manbalari 1-jadvalda keltirilgan. 1 - jadval O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar tarkibi 1
Download 416.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling