Молиявий натижалар хисоби


Sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi


Download 170 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1480999
1   2   3   4
Bog'liq
2. Молиявий натижалар хисоби

Sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9110 -«Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi»
9120 -«Sotilgan tovarlar tannarxi»
9130 -«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi»
9140 -«Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish»
9150 -«Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar»
Korxonada yuklab jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmatlar)larni tannarx summasi tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan 9110, 9130 -schyotlar debetiga o‘tkaziladi.
Misol. Tayyor mahsulot sotilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9110 «Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi»
K-t 2810 «Ombordagi tayyor mahsulot»
qurilish tashkilotlarida bajarilgan ish va xizmatlarni tannarxi 9130 «Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi» schyotida hisobga olinadi. qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlar tannarxi hisobdan chiqarilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 9130 -«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi»
K-t 2010 -«Asosiy ishlab chiqarish».
Savdo ta’minot va sotish korxonalarida sotilgan tovarlar tannarxi 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» schyotida hisobga olinadi. Savdo korxonalarida sotilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9120 -«Sotilgan tovarlar tannarxi»
K-t 2910 -«Ombordagi tavarlar»
Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130 -schyotlarining debet oboroti uning kreditidan chiqarilib 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga yoziladi.
Korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi»
9220 «Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»
9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotida asosiy vositalarning sotilishidan va hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Bu schyot tranzit schyotdir. Asosiy vositalarning sotilishidan kredit oboroti debet oborotidan ko‘p bo‘lsa, aktivni sotilishidan daromad olinganligini bildiradi. Agarda debet oborot kredit oborotdan ko‘p bo‘lsa sotish zarari bilan yakunlanganligini ko‘rsatadi.
Asosiy vositalarning sotilishi yoki chiqib ketishi bo‘yicha misolni ko‘rib chiqamiz. Korxonada asosiy vositalarni sotilishi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

    • boshlang‘ich qiymati 140000 so‘m bo‘lgan dastgoh sotilgan;

    • eskirish 30000 so‘m;

    • shartnoma bahosi 200000 so‘m.

Ushbu ma’lumotlarga quyidagi buxgalteriya provodkalari beriladi:

  • Asosiy vositalarni sotilishi:

D-t 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» -200000.
K-t 9210 -«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» -200000.

  • Asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9210 -«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» -140000
K-t 0130 -«Mashina va uskunalar» -140000.

  • Hisoblab yozilgan eskirish hisobdan chiqarilgan:

D-t 0230 -«Mashina va uskunalarning eskirishi»-30000
K-t 9210 -«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» -30000.

  • Asosiy vositalar sotilishida ularga qqS hisoblab yozilgan bu yerda qqS so‘mmasi asosiy vositalarning shartnoma bahosi bilan qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Ya’ni . qqS .

D-t 9210 -«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»-25000.
K-t 6410 -«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar » -25000.

  • Asosiy vositalar sotilishidan moliyaviy natija aniqlandi:

D-t 9210 -«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»- 5000.
K-t 9310 -«Asosiy vositalarning sotilish va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»- 5000.
9220 «Boshqa aktivlarni chiqib ketishi» schyotida nomoddiy aktiv, qimmatli qog‘oz va boshqa mol-mulklari realizatsiyasi bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi.
Misol. Korxonaning 100000 so‘mlik qimmatli qog‘ozlari 110000 so‘mga sotilgan qimmatli qog‘ozini sotilishining aks ettirilishi:
D-t 5110 «Hisob-kitob schyoti» -110000
K-t 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» -110000
qimmatli qog‘ozning balans qiymati hisobi chiqariladi:
D-t 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» -100000
K-t 0610 «qimmatli qog‘ozlar» -100000
qimmatli qog‘ozlarni sotishdan moliyaviy natija aniqlanadi:
D-t 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» -10000
K-t 9320 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» -10000
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar haqidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9310 -«Asosiy vositalar realizatsiyasidan olingan foyda»
9320 -«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9330 -«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizlik»
9340 -«O‘tgan yil foydasi»
9350 -«Operativ lizingdan olingan daromad»
9360 -«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromad»
9370 -«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari»
9380 -«qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»
9390 -«Boshqa operatsion daromadlar»
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning tarkib topishi Buxgalteriya hisoboti Milliy Standartining «Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar» 2-soniga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling