Молиявий натижалар хисоби


-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti


Download 170 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi170 Kb.
#1480999
1   2   3   4
Bog'liq
2. Молиявий натижалар хисоби

9300 -«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti
bo‘yicha operatsiyalar





Xo‘jalik muomalalari mazmuni

schyotlar korespondensiya

debet

kredit


Xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilganligi uchun neustoykalarni hisoblash

4800

9330


Neustoyka summasining olinishi

5110

4800


Asosiy vositalarni sotilishidan foyda olindi

9220

9310


Boshqa aktivlarni sotilish va turli chiqimdan olingan foydaning aks ettirilishi

9220

9320


qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlarning hisoblab yozilishi

4820

9350


Ijara daromadining kirim qilinishi

5110

4820


Da’vo qilish muddati o‘tgan kreditorlik qarzi hisobdan chiqarildi

6010

9360


Beg‘araz moliyaviy yordam olindi

5110

9380


Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovarlar kirim qilindi

2910

9390


Hisobot davri oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

9310-9390

9900



Korxonada moliyaviy natijalar tarkibiga davr xarajatlari ham kiradi. Davr xarajatlariga ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Unga sotish bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlar va boshqa operatsion xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar asosiy foyda hisobidan qoplanadi. Davr xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi schyotlardan olinadi:
9410 -«Realizatsiya bo‘yicha xarajatlar»
9420 -«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari»
9430 -«Boshqa operatsion xarajatlar»
9440 -«Keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot davri xarajatlarining hisobvaraqlari (xarajatlarning turlari bo‘yicha)»
Bu schyotlar ham tranzit schyot hisoblanadi. Hisobot davri oxirida yig‘ilgan davr xarajatlari axborotlari 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi. Korxonada sotish xarajatlari bo‘lganda quyidagicha hisobga olinadi:
D-t 9410 «Realizatsiya bo‘yicha xarajatlar»
K-t 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblaganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari»
K-t 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»
Korxonada asosiy vositalarni sotishdan zarar aks ettirilgan:
D-t 9430 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko‘rilgan zararlar»
K-t 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi»
Tovarlar bahosining arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlarga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 9433 -«TMZ larning arzonlashtirilishidan ko‘rilgan zararlar»
K-t 2910 -«Ombordagi tovarlar».
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar bo‘yicha byudjetga penya hisoblanishiga t quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 9438 -«Hisoblab yozilgan jarimalar, ustamalar, penyalar»
K-t 6410 -«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
9440 «Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schyotida «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 2-ilovasida keltirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Bu xarajatlarga quyidagilar kiradi:

  1. Xo‘jalik yurituvchi yangi sub’ektlar ishlab chiqarishlar, sexlar va agregatlarni o‘zlashtirish xarajatlari.

  2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab ko‘rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida, kompleks sinab ko‘rish xarajatlari.

  3. Yangi ishga tushirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari.

  4. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo‘yicha xarajatlar.

  5. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlik, tajriba sinov o‘tkazish va boshqa xarajatlar.

Moliyaviy faoliyatga oid daromad va xarajatlar haqidagi axborotlar quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9510 -«Royaltidan olingan daromadlar»
9520 -«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
9530 -«Foiz ko‘rinishidagi daromadlar»
9540 -«Kurs farqlaridan olingan daromadlar»
9550 -«Moliyalanadigan lizingdan olingan daromadlar»
9560 -«qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»
9590 -«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar»
9610 -«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»
9620 -«Kurs farqlaridan zararlar»
9630 -«qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»
9690 -«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv tavsifiga ega. Ularning kredit oborotida moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi aks ettiriladi.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling